Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi. Reja
Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi.
Reja:
1. Applikatsiya va mozaika ishlarini tashkil etish.
2. Qanday applikatsiya turlari o‘rgatish.
3. Qog‘ozning turlari va xususiyatlari haqida tushuncha
Applikatsiya - tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ulami fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko‘rgazmali qurollar, turli o‘yinlar uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar va hokazolarni bezashda ishlatiladi.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi, tasavvumi boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko‘rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyalar muvaffaqiyatining garovidir.
Tasvirlash lozim bo‘lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak.
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylashtiriladi va o'ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma’qui bo‘lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishdajoyni adashtirmaslik uchun ularning o‘mini qalam bilan belgilab qo'yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl - kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va elementlami shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko‘pincha ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmigako‘ra eng katta element asosiy tematik element bo‘lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o'quvchilari 8-Mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko‘nikmalarini sinaydilar va rangli qog‘ozdan ingichka oq va sariq to‘g‘ri chiziqlami qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog‘ozdan doira qirqsa bo‘ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo‘lishi mumkin. Novdalar ham qo‘lda qirqiladi.
Suhbatni o'qituvchi “8-Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg‘a masalasini eslatib o'tadi. Eng yaxshi sovg‘a o‘z qo‘li bilan yasagan sovg‘adir. Suhbat mehribon buvijonlarimiz, onajonluriml/.. opa-singillarimiz haqida bo‘lishi mumkin.
Shundan keyin na’muna ko‘rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun rangli qog‘oz tayyorlanib, u ikkiga buklanadi;
2. Ko‘k rangdagi qog‘ozga to‘g‘ri burchak chiziladi, uning o‘lchami uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarmidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko‘k qog‘ozdan qirqilgan to‘g‘ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, bunda ko‘k qog‘oz taklifhomani bo‘yashda halaqit bermasligi uchun bukish chizig’ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi qog‘ozni kerakli o‘lchamda qirqiladi;
5. Na’muna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko‘k va jigar rang qog'ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;
7. Gull^f gii||ib yopishtiriladi. Ish ijodiy tarzda bo‘lganligi uchun o‘quvchilar gullami shoxlarga o‘zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglami o‘qituvchi tarqatgan andoza bo‘yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so‘zi yoziladi.
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materialiga ko‘ra ham, naqsh va rasmlariga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Olrta Osiyo madrasalari, masjidlar, hukmdorlaming saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga aylangan. Mozaika bilan binolaming tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sopol plitalaridan foydalaniladi. Mohir ustalar rangli ko‘zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratishadi, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathiga ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sopol, gul tojibarglari, tuxum po'sti va shu kabilar)ni qo‘yib chiqishdir.
1. Tuxum po'stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum po‘sti mo‘yqalam yordamida akvarel bo‘yoqlari bilan kerakli ranglarga bo‘yaladi.
2. Bo‘yoq qurigandan keyin tuxum po‘stini tanlangan rasmga ko‘ra may da va yirik bo‘laklarga bo‘linadi.
3. Tuxum po‘stidan mozaika qilishda shunday tasvimi tanlash kerakki, ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda, egri-bugrilari bo‘lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog‘oz orqali o‘tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po‘sti terib chiqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza mato bo‘lagi bilan artib tozalanadi, po‘st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari, danak, baliq tangalari, chig‘anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash ke ladigan materiallar bilan ham tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari: daftarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari bosiladigan qog‘oz turlari - yozadigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan kitob va gazeta qog‘ozlaridir. Qog‘oz va karton boshlang‘ich sinflar mehnat darslarida eng ko‘p qo‘llanadigan materiallardir. O‘quvchilar bu materiallarga kundalik hayotda ham ko‘p marta duch keladilar.
Boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’limi dastur materiallarini tahlil qilar ekanmiz, barcha sinflardagi ish turlaridan biri “Qog‘oz va karton bilan ishlash” ekanligini ko‘ramiz. Boshlang‘ich sinfo‘quvchilari qog‘oz va kartonga ishlov berishning quyidagi usullarni o‘rganadilar:
1. Qog‘ozni turi, navi, rangi, o‘lchamiga ko‘ra tanlash.
2. Qog‘ozdan maketlar yasaganda qog‘ozga ishlov berishning eng oddiy usullari sifatida qog‘ozni o‘rtasidan buklab va to‘rtburchak qilib buklash (uzunasiga va ko‘ndalangiga).
3. Ingichka qog‘oz parchalarini to‘g‘rilash, bukilgan joylarini ikki tomonidan buklash. 4.45-90 gradus burchak qilib buklash.
5. Qog‘ozni buklab belgilangan chiziq bo‘yicha qaychi bilan qirqish, asbobni ushlash, xavfsizlik choralarini qo‘llash.
6. Qog‘ozni andoza bo'yicha belgilash. Qalam bilan chiziq bo‘yicha oddiy belgilash.
7. Qaychi bilan kvadratlar, turli burchaklar, uchburchaklar, doiralar qirqish.
8. Qaychi bilan murakkabroq shakllar. barglar, qo‘ziqorinlar, mevalarni qirqish.
9. Qog‘ozdan qirqilgan applikatsiya detallariga yelim surtish usullari.
10. Applikatsiya detallarini yelimlab yopishtirish. Tayyor mahsulotlarni quritish.
11. Qog'ozning yelim surtiladigan qismlarini oldindan ko'chirib buyum detallarini bir-biriga yopishtirish.
12. Turli o‘yinchoqlami kvadrat asos va to‘g‘ri burchak asosldttn bukib yasash.
13. Daftar, kitoblarni muqovalash.
14. Qog‘ozni buklash va turli shakllar yasash.
O‘quvchilar ishlov berilayotgan materiallaming xususiyatlarini hisobga olib, ish usullaridan ongli foydalanishlari, mehnat jarayonida fan asoslarini o‘rganish vaqtida egallagan bilimlarini qo‘llashlari lozim.
Birinchi sinfda o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari: daftarlar, kitoblar, o‘quv qo‘ llanmalari, bosiladigan qog‘oz turlari - yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va ro‘znoma qog‘ozlaridir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli qog‘ozlaming asosiy jismoniy xususiyatlari, rangi, qalinligi, zichligi, siyohni singdirish xususiyati, sathining xarakteri - silliq, g‘adir-budirligi bilan tanishadilar.
O‘quvchilar mashg‘ulotlarda qog‘oz varaqlarini buklaydilar va to‘g‘rilaydilar, ulami qismlarga bo'lib yirtadilar va qirqadilar, bo‘yaydilar. Shu bilan birga qog‘ozni buklash yo‘l bilan turli xil narsalarning shaklini yasaydilar. “Qog‘oz va karton bilan ishlash” o‘quvchilami garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, rangli qog‘oz bian ishlash ijodni rivojlantirshga yordam beradi fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘uiotlariga oldindan quyidagicha tayyorgarlik ko‘riladi: stolning ustiga qog‘oz yozib, o‘ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, avtoruchka, old tomonlariga yelim, qiyqimlar uchun quti chap tomonlariga, ish vaqtida xaiaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plamini qo‘yadilar. Har bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerak bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o‘qituvchi ko‘rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashg‘ulotdan so‘ng sinfni tozalab qo'yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo‘llanilgani kabi mehnat darslarida ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm., chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika vositalaridan foydalaniladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qog'oz va karton bilan ishlash mashg‘ulotlarida o‘quvchilar qog‘ozni buklash yoii bilan turli xil narsalaming shaklini yasashni ham o‘rganib boradilar. Ana shunday mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi quyidagi ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin. Shu bilan birga o‘quvchilar bu ko‘rgazmalaming yasalish bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida o‘zlari yasashlari ham mumkin.
Qog‘oz va karton faqat poligraf san’atidagina emas, balki, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo‘Ilaniladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish sanoatida qog‘oz va kartonning ikki yuzga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda. Turli xii qog‘ozlardan kitoblar, oynomalar, ro‘znomalar chiqarish uchun foydalanishini barcha o‘quvchilar yaxshi biladilar.
Shuning uchun ham mehnat ta’limi darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini ular foydalanadigan qog‘ozning turmushda tez-tez uchraydigan va qo‘1 mehnati darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib borishi lozim.
Bu qog‘ozlarning turlari quyidagilardan iborat: