Mavzu: auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash



Yüklə 8,9 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü8,9 Kb.
#168602
  1   2   3
Mavzu auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va ba-genderi.org


Mavzu: auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash

Mavzu:AUDITORLIK TEKSHIRUVLAR NATIJALARINI UMUMLASHTIRISH VA BAHOLASH

REJA:


  • REJA:

  • 1.Auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash. 2.Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi. 3.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.


1.Auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash
Auditorlik hisoboti va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
auditorlik dalillarning etarliligini baholash;
buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash;
tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar. Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.

Auditor quyidagi katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:


  • Auditor quyidagi katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;

  • tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalalari;

  • mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;

  • inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;

  • katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi;

  • tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari.

Yüklə 8,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin