Mavzu: “avesto” – Zardushtiylikning muqaddas kitobi sifatida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/2
tarix24.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#121374
  1   2
Kurashda harakatlar jarayonida himoya vositalaridan foydalanish

SIRTQI TA`LIM SHAKLI SPORT FAOLIYATI YO’NALISHI 202-GURUH 2-BOSQICH TALABASI VOYITOVA DAVLATOYNING SPORT PEDAGOGIK MAXORATINI OSHIRISH FANIDAN “Kurashda harakatlar jarayonida himoya vositalaridan foydalanish” mavzusida tayorlagan mustaqil ishi


Kurashchining jismoniy tayyorgarligi undagi maxoratning tarkib topishida, hayotiy muhim sifatlar hamda Vatanni ximoyalashda zarur bo‗ladigan malakalarni hosil bo‗lishida asos bo‗lib hisoblanadi. Sport kurashchining xususiyatlarini, sportchilarning individual qobilyatini va ularni texnik-taktik tayyorgarligini hisobga olgan holda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni maqsadga muvofiq qo‗shib olib borishi yuksak sport mahoratini ta‘minlaydi. Hozirgi vaqtda sportning hamma turlarida jismoniy tayyorgarlik ikki, umumiy va maxsus qismdan iborat bo‗ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. Bu esa o‗z navbatida, texnik tayyorgarlikni o‗zi ham sportchi 33 organizmining hamma tizimlarini maxsus jismoniy tayyorlash uchun qudratli vosita hisoblanadi.
Kurashchilar uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarini tayyorlashda quyidagi muhim qonun qoidalarni e`tiborga olish lozim. Mashqlar kurashchini asab mushaklarini zo‗r bera olish xarakteriga va organizmdagi barcha tizimlarning ish kun tartibiga yaqin bo‗lishi kerak. Mashqlar maxsus sifatlarni rivojlantirishga yordam berishi lozim. Masalan, yakkama-yakka kurash elementlari bo‗lgan ba`zi bir akrobatik mashqlar, sherigi bilan qarshilik ko‗rsatgan holda juft-juft bo‗lib bajariladigan mashqlar va hokozo.


Yakka holda bajariladigan yiqitish, yiqilish va umbaloq oshish mashqlari. Cho‗kkayib o‗tirgan holatdan orqaga yiqilish. yelkani bukish va qo‗llar bilan tizzaning pastini siqib ushlash, orqaga, oldinga tebranish va orqaga yotish, qo‗llarni yon tomonga uzatish. Mashqni 5-6 marta takrorlash. So‗ngra tik turgan holatdan cho‗qqayish va oxirgi holatgacha yiqilish. Mashq 5-10 marta takrorlanadi. Cho‗qqayib qo‗llarni oldinga tirab turish. Boshi bian oldinga umbaloq oshish. Umbaloq oshganda, yelkani iloji boricha bukib olish. Shundan keyin tik turgan holatdan 1-2 qadam tashlab, va harakat qilib turib bosh orqali oldinga umbaloq oshish. Xuddi shunday boshi orqali orqaga umbaloq oshish. Bunda bosh bir oz engashtiriladi. yelka har doim bukilgan bo‗ladi. Trenirovka mashg‗ulotlari jarayonida oldinga va orqaga umbaloq oshish mashqlari 57 dastlab oldinga bir qadam tashlab, turgan joydan bajariladi, keyinchalik esa to‗shakning markazdan 2-3 kishi bo‗lib ketma ketlik metodi bilan bir yo‗la 4-5 marta umbaloq oshib bajariladi. Bunda intervalning albatta bir 1m bo‗lishiga birbirining orasidagi masofa esa 3m bo‗lishiga rioya qilish kerak. O‗ng va chap tomonlarga yiqilish xuddi shunday bajariladi. Yon tomonga yiqilish ikki kolonaga saflangan holda bajariladi. Sheriklardan biri ikkinchisidan 1m masofada bo‗ladi. Bir kolona bilan ikkinchi kolona oralig`idagi masofa 3m. Bir qo‗lga tayanib turib boshi orqali oldinga umbaloq oshish–oldinga engashish, o`ng qo‗lining panjalarini chapga qaratib aylantirish va boshini engashtirib, yelkani bukib, boshi orqali umbaloq oshish va tik turish. Bu mashqni bajarishga o‗rgatish mashq turgan joydan bajariladi, keyin oldinga 1-2 qadam tashlab va yurib keta turib bajariladi. Shug‗ullanuvchilarni uyushtirish usullari, turgan joydan va 1-2 qadam tashlab umbaloq oshish mashqi bir-biriga orqasi bilan ikki shiringa bo‗lib turgan holatda bajariladi. Distansiya va intervalllar bir qadam. Ikkitadan kolonna bo‗lib ketayotganda umbaloq oshish mashqi kurash to‗shagining o‗rtasida bajariladi. Mashq uzluksiz ketma-ketlik metodi bilan o‗tkaziladi, shug‗ullanuvchilar orasidagi masofa 3-4 qadam

Ikki oyoqni orqaga chalish texnikasi Dastlabki holat, ikkala kurashchi o‗ng stoykada. Hujum qiluvchi o‗ng qo‗li bilan sherigining to‗nini yoqasidan ushlab oladi. Hujum qiluvchi sherigining gavda og‗irligini o‗ng oyoqqa o‗tkazishga majbur etish uchun uni o‗ziga, chapga tortadi va shundan keyin o‗ng oyog‗i bilan ikkala oyog‗ini chaladi va uni orqasiga yiqitadi. Bu usulni o‗rganishda, hujumchi sherigini chap qo‗l yengidan ushlash ehtiyot qiladi. Himoya: A. Qo‗llari bilan hujum qiluvchining o‗ng yoniga tiralish; B. O‗ng oyog‗ini orqaga-o‗ngga qo‗yish; V. Hujum qiluvchi orqadan chalish uchun o‗ng oyog‗ini ko‗targan vaqtda o‗ng oyog‗i turgan yo‗nalishda o‗zidan chapga tortish; G. Hujum qiluvchi orqadan chalish uchun oyog‗ini orqaga qo‗yib ulgursa, uning oyog‗idan xatlab o‗tish. Qarshi usullar: A. Yiqilish vaqtida chap oyogini mumkin qadar ko‗proq chapga-orqaga olib borish va chap tizzasini hujum qiluvchining chap oyog‗iga yaqinroq qo‗yish, o‗ng oyog‗ini esa oldinda chalishga qo‗yish va hujum qiluvchini oldinga tortish hamda orqasiga yiqitish; B. Uni ushlab, quchoqlab olish.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin