Mavzu: Axborot texnologiyalari; ta'limiy va nazorat qiluvchi dasturlar. Reja: Zamonaviy texnologiyalarning ta'lim jarayoniga kirib kelishi
Mavzu: Axborot texnologiyalari; ta'limiy va nazorat qiluvchi dasturlar.
Reja:
1.Zamonaviy texnologiyalarning ta'lim jarayoniga kirib kelishi.
2.Ta'lim jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati.
3.O'sib kelayotgan yosh avlodning axborot vositalaridan to'g'ri foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Oliy talim oquv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy talimning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda talim olish mumkin. Zero ananaviy talim oz mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy oqitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-talim muhitiga integrallashishga yonaltirilgan talim tizimi barpo etilmoqda. Bu talim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli ozgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining talim sohasiga kirib kelishi talim usullari va oqitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, ozgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari talim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy taminotga ega bolgan kompyuterlar va malumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi «Talim togrisidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga talim, tarbiya berish, kasb-hunar orgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini taminlashga qaratilganligi takidlandi. Hozirgi davr talim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini korsatmoqda. Bunda masofaviy talim texnologiyalarini talim jarayonida qollash va uni boshqarish ham muhim orin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
2012-yildan boshlab Ozbekiston Respublikasi barcha oliy talim muassasalari (OTM) ortasida yagona videokonferensiya talim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron talimga katta etibor qaratilmoqda. Bunda OTMlarga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bola oladi. Elektron yoki masofaviy talimning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qollash, balki elektron shakldagi talim manbalarini bilan taminlashni kozda tutiladi.
Elektron va masofaviy texnologiyalar — talimning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qollangan variantlaridir.
Elektron talim (E-Learning) — avval «Elektron talim» atamasi kompyuter yordamida oqitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron talim kopgina talim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, yani sinxron va asinxron turlarga bolish mumkin.
Sinxron elektron talim — masofaviy talim hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga oshiriladigan talimdir. U oddiy kunduzgi talimga oxshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada boladi. Kundan-kunga keng tarqalib borayotgan vebinarlar mazkur talim shaklining eng yorqin korinishidir. Maruzalarni tashkillashtirishda maxsus dasturiy taminotlar qollaniladi.
Asinxron elektron talim — bu talaba barcha kerakli malumotni onlayn-manbalardan yoki elektron axborot tashish vositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan olishi va materialni ozlashtirish surati va jadvalini ozi mustaqil tashkil etishdir. Asinxron elektron talim tizimiga barcha turdagi CD-kurslar va elektron oqitish kurslari, ostkastlar vaskrinkastlar kiradi. Bugungi kunda elektron talim kopchilik OTMlarda talim jarayonining ajralmas qismi bolib qolgan, u shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil etishda ham oz ornini topgan, bazi korporatsiyalarda bolinmalar mavjud bolib, ularning vazifasi xizmatchilar uchun elektron kurslar tashkil etishdir.
Masofaviy talim texnologiyalari — masofaviy talim bu E-Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil talimning va qollab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron talim masofaviy talimning bir bolagi hisoblanadi. Masofaviy talim asosiy oquv materialini oquvchilarga yetkazib berish va oquv jarayonida oquvchi va oqituvchi orasida interfaol ishlashni taminlaydi. Bunda qollanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin.
Masofaviy talimning afzalliklari Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oqitishning juda kop ijobiy tomonlari mavjud.
Yashash joyidan turib, oqish imkoniyati — chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-oqish imkoniyati har doim ham bolavermaydi. Masofaviy talim texnologiyalari ularga oz shahridan ketmasdan turib, oqish imkoniyatini yaratib beradi.
Oqish va ishni birga qoshib olib borish — oquvchilar ishdan ajralmagan holda talim olish imkoniga ega boladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy malumot oluvchilarga juda qol keladi.
Sifatli texnologiyalar va oquv mazmunini egallash — talaba sifatli oquv materiallari yordamida oqitilishi, oqituvchi bilan muloqat qilishi va oz individual oquv rejasini tuzishi mumkin.
Baholashning xolisligi — masofaviy talim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bolgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yoqotishni kozda tutadi.
Talimda individual yondashuv — ozgaruvchan grafik, ish va oqishni birga qoshib olib borish, shuningdek, ozlashtirilayotgan materialni malumotni individual ozlashtirish tezligiga moslash masofaviy talimni barcha uchun qulay qilib qoymoqda.
Zamonaviy gumanitar akademiya — masofaviy talimdagi yetakchilardan biridir. Bu innovatsion OTM bolib, u dunyoning turli burchaklarida talabalarga oz yashash tarzini ozgartirmasdan, arzon narxlarda sifatli elektron talim olish imkonini beruvchi elektron talimdir.
Innovatsiyalar bilan hamqadam Zamonaviy gumanitar Akademiya (ZGA) 1992-yil 23-noyabrda tashkil etilgan. Bugungi kunda u Rossiya va Yevropadagi eng yirik OTMdir, unda 100ga yaqin talaba tahsil olmoqda. 22 yil davomida 300 mingdan ortiq talaba oliy malumot haqida diplom olishga muvaffaq boldi. Hozirgi kunda akademiya kopgina talim dasturlarini taklif etmoqda:
bakalavr tayyorlash yonalishlari boyicha («Lingvistika», «Yurisprudentsiya», «Boshqaruv», «Iqtisodiyot», «Informatika va VT», «Psixologiya», «Falsafa», «Pedagogik talim», «Politologiya», «Sotsiologiya», « Sanat tarixi», «Tijorat», «Ijtimoiy ishlar», «Davlat va mahalliy boshqaruv»);
mutaxassisliklar («Soliq va soliqqa tortish», «Tarjima va tarjimashunoslik», «Ijtimoiy ishlar»);
magistrlarni tayyorlash mutaxassisliklari boyicha («Yurisprudentsiya», «Iqtisodiyot», «Boshqaruv», «Informatika va VT», «Falsafa», «Psixologiya», « Kadrlarni boshqarish», «Davlat va mahalliy boshqaruv»).
Orta maxsus talim mutaxassisliklari boyicha
Orta maxsus talim mutaxassisliklari boyicha — orta bogindagi mutaxassislarni tayyorlash («Iqtisodiyot va buxgalterlik hisobi (tarmoqlar boyicha)», «Boshqaruv (tarmoqlar boyicha)», «Huquqshunoslik»).
orta maxsus talim mutaxassisliklarini tayyorlashda ZGA — aslida, yagona OTM bolib, u E-Learningning tamoyillarini ishlatibgina qolmasdan, balki butunlay yangi talim mahsulotlarini yaratish bilan shugullanadi.
Masofaviy talim texnologiyasi ZGA elektron axborot talim muhitiga keng spektrli vositalari kiritilgan, yani maruzalar, supertyutorlar, mantiqiy sxemalar, moslashuvchi test-treninglar, testlovchi va baholovchi dasturlar, ZGA xizmatchilarning bu individual ish rejalari tuzuvchi, mashgulotlarga, baholashga, rejalar bajarilishini nazorat qiluvchi, moliyaviy hi-soblarni amalga oshiruvchi va reyting daftarchalarni shakllantiruvchi tashkiliy didaktik robotlardir.
Elektron talimiy manbalarga kirish talabaning saytdagi «Shaxsiy studiya» orqali amalga oshiriladi. Oquv jarayonini mamurlash IIS «Nur» intellektual axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim har bir talabaning oqishga kirganidan to diplom olgungacha qadar bolgan vaqtdagi oqishini kuzatib boradi va nazorat qiladi, baholash va akademik mamurlashda talabani elektron tarzda identifikatsiyalaydi. Respublikamiz talim muassasalarining barcha boginlarida takomillashgan tamoyillarga asoslangan yuqorida keltirilgan tizimlarni joriy etsak, oylaymanki talim jarayonida olib borilayot-gan islohatlarning namunali, samarali ijrosining bir bolagi bolib xizmat qiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmogi integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va talim samaradorligining muhim omili bolmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa ozgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bogliq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bogliqdir.
Oquv fanlari boyicha elektron oquv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni oqitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu oz navbatida, talabalarning mazkur fanlar boyicha bilimlarini chuqur ozlashtirishlarining asosiy omili bolib, talim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Ayni shunday say-harakatlar amalga oshirilishi talim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-oqituvchilarni ilgor pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy talim muassasalari tajribasini chuqur organish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy talim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari
muayyan vaqtdagi ish, oz tabiatiga kora statik bolgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning malum oraligida korib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, malumotlarni uzatish shinasining otkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari boyicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi,
inson-kompyuter interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat talim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
multimedia vositalari asosida oquvchilarga talim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yolga qoyish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning ozi nima degan savol tugladi? Kopgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida oquv materiallarini oquvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi korinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda oqitishning usuli hozirgi kunda talim sohasi yonalishlari boyicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bolib qoldi. Multimedia vositalarining 81- yildagi yalpi oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bolsa 94-yil esa 16 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda talim sohasida keng qollash yolida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bogliq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida oquvchilarni oqitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bolib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar oquvchilar berilayetgan materiallarni kurish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv materiallari audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.
Multimedia vositalari asosida oquvchilarni oqitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor;
b) talim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) talim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan obektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan taminlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shugullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri axborot tizimlari nima, ular qanday orinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bolishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yonalishlarni ajratib korsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sugurta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot tizimlari.
Multimedia tizimining paydo bolishi talim, fan, sanat, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion ozgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi.
Kompyuterlarni talim tizimida qollash goyasi ancha ilgari paydo bolgan bolgan bolsada, talim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qollash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bolgach toliq manoda amaliyotga joriy etilib boshlandi.
Multimedia vositalarini talimda qollash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
talimning gumanizasiyalashuvini taminlash;
oquv jarayonining samaradorligini oshirish;
talim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (ozlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil talim olish, ozini ozi tarbiyalash, ozini ozi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qollay olishi, organishga bolgan qiziqishi, mehnatga bolgan munosabati);
talim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
kompyuter vositalari va axborot elektron talim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) talim olishi hisobiga ochiq va masofaviy talimni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
talim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan olish;
talim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
mustaqil oquv faoliyatini olib borish, bunda talim oluvchi mustaqil oqib va rivojlanib boradi;
talim oluvchilarda, ozlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez ozgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy talim texnologiyalaridan foydalanish konikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yonaltirilgan talimni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, koptarmoqli, predmetga yonaltirilgan multimediali oquv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng malumotlar bazasi, talim yonalishi boyicha bilimlar bazasi, suniy intellekt tizimlari, ekspert-orgatuvchi tizimlar, organilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bolgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.
Talim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga komaklashish imkoniyatlariga kora, shuningdek, har xil turdagi multimediali oquv axborotlarining uygunlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga kora multimedia foydali va mahsuldor talim texnologiyasi hisoblanadi.
Interfaollikning taminlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik talim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik malum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: talim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda ozgartirishi, natijalarini organishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur soroviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin.
Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni etiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan oquv materiallari tushunish uchun qulay bolishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini toliq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun talim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) oqituvchining komagi zarur boladi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |