1-amaliy mashg’ulot. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja



Yüklə 414 Kb.
səhifə1/13
tarix02.01.2022
ölçüsü414 Kb.
#42387
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 amaliy mashg'ulot Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish


1-amaliy mashg’ulot. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish.
Reja:

1. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillarini tahlil qilish.

2. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullarini o’rganish.

3. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari va ulardan foydalanishni organish.
1. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari.

Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi:

1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyil

2. Texnik tamoyil

3. Tashkiliy tamoyil

4. Boshqaruv tamoyili



Taxminiy tamoyillar o‘zida xavfsiz yechimlarni topuvchi yo‘nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib, xizmat qiluvchi, asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi tamoyillar kiradi: operatorning aktivligi, faoliyatni inson talablariga moslashtirish, strukturani o‘zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish, tizimlilik va boshqalar.

Texnik tamoyil xavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga yo‘naltirilgan. Texnik tamoyillar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan. Bunga quyidagilar kiradi: masofadan himoyalash, ekranlashtirish, qattiqligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, havo kirmaydigan qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizatsiyalash va yeta olmaslik tamoyillari.

Boshqaruv tamoyillari deb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi tamoyillarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali, javobgarlik, rag‘batlantirish, ierarxik, bir ma`noli, adekvatli tamoyillar kiradi.

Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik tamoyillari kiradi.

Bir vaqtda ayrim tamoyillar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari tizimlarni xosil qiladi va bir vaqtning o‘zida har bir tamoyil nisbatan mustaqillik kashf qiladi.




Yüklə 414 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin