MAVZU: AZOT guruhchasi elementlari
302 ko’m Azimova Nafosat
SO`Z BOSHI
“Faqatgina chinakam ma`rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlari, bir so`z bilan aytganda, o`zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib obro`li o`rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A Karimov
Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi.
Kimyoviy elementlar davriy jadvalining V guruhi asosiy guruhchasi elementlari azot N, fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi lar hisoblanadi. Bu elementlarning tashqi energetik qavatida elektronlar soni 5 ta bo’lib, energetik qavatchalarda quyidagicha joylashgan ns2np3nd0. Bu elementlarning barchasi tashqi energetik qavatini tugallash uchun 3 ta elektron yetishmaydi. Shuning uchun 3 ta elektron biriktirib olib manfiy 3- oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Tashqi energetik qavatda joylashgan elektronlar qo’zg’algan holatida (azotdan tashqari) s1p3d1 ko’rinishda bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |