8-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Bir urug‘ pallali o‘simliklarni gidroponika usulida o‘stirish
Darsning maqsadi. Talabalarni bir urug‘ pallali o‘simliklarni gidroponika
usulida o‘stirish usullari bilan tanishtirish.
Nazriy ma’lumot. Issiqxona xо‘jaliklarida о‘simliklarni tuproqsiz sharoitda,
ya’ni
gidroponika (
gidro- va yun.
ponos – mehnat, ishlash) usulida о‘stirish tobora
keng qо‘llanilmoqda. Gidroponikaning bir necha usuli bor: suvda о‘stirish, shag‘al
(kerazmit, vermikulit) muhitda о‘stirish, torfda о‘stirish va qumda о‘stirish.
О‘simliklarni suvda о‘stirish uchun quyidagi
tayyorgarlik ishlari amalga
oshiriladi:
1. Urug‘larni undirish;
2. О‘simliklarni о‘stirishda ishlatiladigan idishlarni tayyorlash;
3. Ozuqa eritmalarini tayyorlash;
4. Undirilgan urug‘larni ozuqa eritmasiga о‘tkazish.
О‘simliklarni suvda о‘stirilganda о‘rganiladigan о‘simlik turiga qarab
asosan Knop, Gelrigel, Pryanishnikov va
Belousov eritmalaridan keng
foydalaniladi. Ma’lumki, Knop eritmasi universal eritma hisoblanadi. Chunki,
uning tarkibida deyarli hamma о‘simliklarning о‘sishi uchun zarur bо‘lgan asosiy
makroelementlar bor. Undan tashqari, bu eritmaning
osmotik bosimi kichik
bо‘lishi bilan bir vaqtda undagi bir va ikki valentli ionlar muvozanat holatda
bо‘ladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Petri idishi, filtr qog’oz, o’simlik urug’i, suv,
oyna, 1-3 l li shisha
idishlar, qora qog’oz, parafin.
Ishni bajarish tartibi: Petri idishiga filtr qog’oz yozib, ustiga yirik –
maydaligi bir xil bo’lgan va zararlanmagan urug’ joylanadi. Usti filtr qog’oz bilan
yopiladi va 10-20 ml distillangan suv purkab undiriladi.
Shisha idishlarni tayyorlash. Bir pallali о‘simliklarni suv sharoitida
о‘stirishda 0,5 litrli shisha idishlardan foydalaniladi. Tajriba
uchun ishlatiladigan
idishlarning og‘ziga ularga mos keladigan qopqoqlar bо‘lishi kerak. Buning uchun
yog‘ochdan, karton qog‘ozidan yoki polietilendan qopqoqchalar tayyorlanadi.
О‘stiriladigan о‘simlik turlariga qarab qopqoqchalarga ma’lum о‘lchamdagi
teshiklar ochiladi. Boshoqli о‘simliklar (bug‘doy, arpa, suli, javdar) dan tajriba
uchun olinganda 8-10 tadan tirqish ochilishi kerak. Qopqoqchalarga tirqishlar
ochilib bо‘lgach, ularning ustki qavati yupqa parafin qavati bilan qoplanadi.
Buning uchun qizdirib orntilgan (suyultirilgap) parafinga qopqoqlar botirib olinadi.
Qopqoqlarni
yupqa
parafin
qavati
bilan
qoplashdan
maqsad,
ularda
mikroorganizmlarning kо‘payib ketishiga yо‘l qо‘ymaslikdir.
Hajmi 0,5 l li bankaga suv tо‘ldirilib, usti parafin
shimdirilgan teshikli
qopqoqcha bilan yopiladi. Yuqorida aytilgandek undirilgan urug‘lardan ildizi 1-2
sm о‘sgan urug‘lar tanlab olinadi va teshikchalarga avaylab о‘rnashtiriladi. Ungan
bu urug‘lar qopqoqchalar ustida о‘sa boshlaydi. О‘simliklar 3 tadan chinbarg
chiqarguncha shu holda о‘stiriladi. О‘simliklarni suvda о‘stirishda quyidagi 6-
jadvalda berilgan aralashmalardan biri ishlatiladi (g hisobida).
Ish vaqtini tejash maqsadida tajriba uchun ishlatiladigan Knop eritmasining
konsentratsiyasini olinadigan tuzlarning suvda erish darajasiga qarab bir necha 10
martalab (konsentrik holda) kо‘p miqdorda olib, hajmini esa 100 martalab kо‘proq
tayyorlash kerak. Tayyorlangan konsentrik eritmalarni og‘zi
berkitilgan katta
shisha ballonlarda saqlash mumkin. Ozuqa eritmasi uchun olinadigan tuzlarni
alohida-alohida olingan idishlarda distillangan suvda eritiladi. Sо‘ngra bu eritmalar
tajriba boshlashdan oldin bir-birlari bilan qо‘shiladi
va olingan tuzlar miqdoriga
qarab, ular ma’lum hajmga keltiriladi.
6–jadval