Mavzu: Bir urug‘ pallali o‘simliklarni gidroponika usulida o‘stirish Darsning maqsadi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#105071
  1   2
8- amaliy o\'simliklar fiziologiyasi



8-AMALIY MASHG‘ULOT 
Mavzu: Bir urug‘ pallali o‘simliklarni gidroponika usulida o‘stirish 
Darsning maqsadi. Talabalarni bir urug‘ pallali o‘simliklarni gidroponika 
usulida o‘stirish usullari bilan tanishtirish. 
Nazriy ma’lumot. Issiqxona xо‘jaliklarida о‘simliklarni tuproqsiz sharoitda, 
ya’ni gidroponika (gidro- va yun.ponos – mehnat, ishlash) usulida о‘stirish tobora 
keng qо‘llanilmoqda. Gidroponikaning bir necha usuli bor: suvda о‘stirish, shag‘al 
(kerazmit, vermikulit) muhitda о‘stirish, torfda о‘stirish va qumda о‘stirish.  
О‘simliklarni suvda о‘stirish uchun quyidagi tayyorgarlik ishlari amalga 
oshiriladi: 
1. Urug‘larni undirish; 
2. О‘simliklarni о‘stirishda ishlatiladigan idishlarni tayyorlash; 
3. Ozuqa eritmalarini tayyorlash; 
4. Undirilgan urug‘larni ozuqa eritmasiga о‘tkazish. 
О‘simliklarni suvda о‘stirilganda о‘rganiladigan о‘simlik turiga qarab 
asosan Knop, Gelrigel, Pryanishnikov va Belousov eritmalaridan keng 
foydalaniladi. Ma’lumki, Knop eritmasi universal eritma hisoblanadi. Chunki, 
uning tarkibida deyarli hamma о‘simliklarning о‘sishi uchun zarur bо‘lgan asosiy 
makroelementlar bor. Undan tashqari, bu eritmaning osmotik bosimi kichik 
bо‘lishi bilan bir vaqtda undagi bir va ikki valentli ionlar muvozanat holatda 
bо‘ladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Petri idishi, filtr qog’oz, o’simlik urug’i, suv, 
oyna, 1-3 l li shisha idishlar, qora qog’oz, parafin.
Ishni bajarish tartibi: Petri idishiga filtr qog’oz yozib, ustiga yirik – 
maydaligi bir xil bo’lgan va zararlanmagan urug’ joylanadi. Usti filtr qog’oz bilan 
yopiladi va 10-20 ml distillangan suv purkab undiriladi. 
Shisha idishlarni tayyorlash. Bir pallali о‘simliklarni suv sharoitida 
о‘stirishda 0,5 litrli shisha idishlardan foydalaniladi. Tajriba uchun ishlatiladigan 
idishlarning og‘ziga ularga mos keladigan qopqoqlar bо‘lishi kerak. Buning uchun 
yog‘ochdan, karton qog‘ozidan yoki polietilendan qopqoqchalar tayyorlanadi. 


О‘stiriladigan о‘simlik turlariga qarab qopqoqchalarga ma’lum о‘lchamdagi 
teshiklar ochiladi. Boshoqli о‘simliklar (bug‘doy, arpa, suli, javdar) dan tajriba 
uchun olinganda 8-10 tadan tirqish ochilishi kerak. Qopqoqchalarga tirqishlar 
ochilib bо‘lgach, ularning ustki qavati yupqa parafin qavati bilan qoplanadi. 
Buning uchun qizdirib orntilgan (suyultirilgap) parafinga qopqoqlar botirib olinadi. 
Qopqoqlarni 
yupqa 
parafin 
qavati 
bilan 
qoplashdan 
maqsad, 
ularda 
mikroorganizmlarning kо‘payib ketishiga yо‘l qо‘ymaslikdir. 
Hajmi 0,5 l li bankaga suv tо‘ldirilib, usti parafin shimdirilgan teshikli 
qopqoqcha bilan yopiladi. Yuqorida aytilgandek undirilgan urug‘lardan ildizi 1-2 
sm о‘sgan urug‘lar tanlab olinadi va teshikchalarga avaylab о‘rnashtiriladi. Ungan 
bu urug‘lar qopqoqchalar ustida о‘sa boshlaydi. О‘simliklar 3 tadan chinbarg 
chiqarguncha shu holda о‘stiriladi. О‘simliklarni suvda о‘stirishda quyidagi 6-
jadvalda berilgan aralashmalardan biri ishlatiladi (g hisobida). 
Ish vaqtini tejash maqsadida tajriba uchun ishlatiladigan Knop eritmasining 
konsentratsiyasini olinadigan tuzlarning suvda erish darajasiga qarab bir necha 10 
martalab (konsentrik holda) kо‘p miqdorda olib, hajmini esa 100 martalab kо‘proq 
tayyorlash kerak. Tayyorlangan konsentrik eritmalarni og‘zi berkitilgan katta 
shisha ballonlarda saqlash mumkin. Ozuqa eritmasi uchun olinadigan tuzlarni 
alohida-alohida olingan idishlarda distillangan suvda eritiladi. Sо‘ngra bu eritmalar 
tajriba boshlashdan oldin bir-birlari bilan qо‘shiladi va olingan tuzlar miqdoriga 
qarab, ular ma’lum hajmga keltiriladi. 
6–jadval 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin