Mavzu: BUXGALTERIYA AXBOROT TIZIMLARI
REJA:
1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi.
2. Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar.
3. Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasi.
4. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil
qilish.
1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi
Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda
ishlab chiqishni
tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta o`zgarishlarga uchragan. Hisobchidan
korxona moliyaviy holatining obyektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini
egallash, qimmatli qog`ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul
mablag`lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.
Hozirgi davrda hisobchini «moliyaviy menejer», «hisobchi-tahlilchi» deb
atash
ham
mumkin.
Yangi
usullarni
egallashni
axborot
tizimlarini
takomillashtirishmay va ularni zamonaviy shaxsiy
kompyutersiz tasavvur etish
mumkin emas. Har qanday iqtisodiy obyektni boshqarish faoliyatining asosini
murakkab qurilishga ega bo`lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi,
faoliyat turi va korxona, tashkilot, firmaning ko`lamiga bog`liq.
Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda
ishlab chiqishni tayyorlash,
rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini
olib borish va buxgalteriya, faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni
sotish hamda kadrlar masalasini hal kilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish
nazariyasiga binoan ular
vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayonlarida
buxgalteriya hisobi katta rol o`ynaydi (bu yerda barcha axborotlarning 60%ga
yaqinini).
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan,
hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini
hisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash,
tasdiqlangan sintetik
schyotlarni olib borish, birlamchi va yig`ma hujjatlar,
hisoblash algoritmlarining o`zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining
uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning
quyidagi majmualarini o`z ichiga oladi:
asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar
hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy
hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig`ma hisob
va hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir
turli resurslari haqidagi
axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo`ljallash an’anaviy
ravishda hisobni qo`lda olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash
axborotlarining hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o`z
qo`llanishini topgan.
Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil
qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash
tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini
tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar mazjmuasini shakllantirishda yangi talablarni
ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish,
turli
foydalanuvchilar o`rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang`ich
hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo`ldi.
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o`rtasidagi aniq
chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot baza-
sida namoyon bo`ldi. Uqoridagi 1-rasmda buxgalteriya hisobining AAT sharoitida
faol ko`rsatish tamoyillari keltirilgan.