Tayyorladi: TOLIPOVA KAMOLA
Mavzu: «DAVLAT BOJI» AXBOROT TIZIMI.
Reja
«Davlat boji» axborot tizimida foydalaniladigan ma’lumotlar.
«Davlat boji» axborot tizimidan olinadigan ma’lumotlar.
Tayanch iboralar: davlat boji, elektron hujjat, elektron raqamli imzo, axborot tizimida foydalaniladigan ma’lumotlar, axborot tizimidan olinadigan ma’lumotlar, hisobot, tushumlar, tuzilgan hisob-kitoblar.
«Davlat boji» axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 apreldagi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi 612-II-son 2003 yil 11 dekabrdagi «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi 562-II-son Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2014 yil 25 fevraldagi 505-if va 3 apreldagi 848-if-sonli topshiriqlariga asosan ishlab chiqildi.
«Davlat boji» axborot tizimi davlat boji undiruvchi vakolatli organlari va tashkilotlarini (bundan buyon matnda vakolatli organ yuritiladi) to‘liq hisobini yuritish, ular tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va ayrim turdagi faoliyatlarni litsenziyalash uchun undiriladigan davlat boji bo‘yicha hisobot shakllarini elektron shaklda qabul qilish tartibini joriy etish hamda vakolatli organlarga hisobotlarni taqdim etishda qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.
«Davlat boji» axborot tizimida foydalaniladigan ma’lumotlar
«Davlat boji» axborot tizimi Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 4 martdagi «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 23,2013-8-son qarorining 12-ilovasidagi «Davlat boji bo‘yicha soliq hisoboti shakllari»dan foydalaniladi (1 va 2-varaqda hisobot shakllari ilova qilinadi).
Davlat boji undiruvchi vakolatli organlar va tashkilotlar taqdim etiladigan boj bo‘yicha elektron hisoboti shakllari 2 (ikki) varaqdan iborat bo‘lishi kerak:
- davlat boji undiruvchi organ (tashkilot) to‘g‘risida ma’lumotlar Titul varag‘i (01-varaq);
- davlat boji tushumlari bo‘yicha hisobot (02-varaq).
Soliq hisobotining to‘ldirilayotgan varag‘ining yuqori qismida soliq to‘lovchining identifikatsion raqami ko‘rsatilishi shart.
Elektron soliq hisobotining titul varag‘i (01-varaq) boj undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan to‘ldirib, unda davlat boji undiruvchi organ (tashkilot) to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar to‘ldirilishi lozim:
- STIR
Dostları ilə paylaş: |