Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati



Yüklə 21,29 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü21,29 Kb.
#79758
moliya


Sherqulov Laziz
Fayziyev Sadriddin
Xo`shimqulov Alibek

Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati


REJA:
1.Moliyaviy nazorat deganda nimani tushunasiz?


2.Maqsad va vazifalar
3. Moliyaviy nazorat o'z ichiga qanday tekshiruvlarni oladi?

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, awalambor, respublika va mahalliy byudjetlami, davlatning maqsadli byudjetdan tashqari fondlarining loyihalarini ko'rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-bandiga rriuvofiq O'zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo'yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o'matadi.Moliyaviy hujjatlarning yuritilishini, uning belgilangan meʼyorlar va kridalarga muvofiqligini nazorat qilish; Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, biti-shuvlarni amalga oshirishda qonunlar va meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish.


Moliyaviy boshqaruv tizimining elementlaridan biri. Barcha iqtisodiy subyektlar (davlat, hududiy-ma’muriy bo'linmalar, korxona va tashkilotlar)ning moliyaviy faoliyati moliyaviy-xo'jalik qonunchiligiga rioya etilishi, amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi, moliyaviy-xo'jalik operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligi ustidan amalga oshiriladigan qiymatiy nazoratning alohida sohasi. Davlat budjeti va nobudjet fondlar, soliqlar, davlat korxona va tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, pul hisob-kitoblarini tashkil etish, hisob va hisobotni yuritish sohalarida qonunchilikka rioya etilishini mamlakat hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek, maxsus tuzilgan nazorat organlari (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. Davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish.

2. Moliyaviy nazoratning maqsadi - pul mablag'lari bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning muvofiqligini tekshirish. Asosiy vazifalarni ajratib ko'rsatish kerak.


Fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hududiy o'zini o'zi boshqarish organlari va davlat oldidagi majburiyatlarning bajarilishini tekshirish.
Pul operatsiyalarini amalga oshirish, hisob-kitoblar va pul mablag'larini saqlash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Munitsipal va davlat korxonalari tomonidan o'zlarining tezkor boshqaruvi yoki xo'jalik yurisdiktsiyasidagi moliyaviy resurslardan to'g'ri foydalanishni tekshirish.
Qoidalarning buzilishining oldini olish va bartaraf etish.
Ichki ishlab chiqarish zahiralarini aniqlash.
Bu vazifalarning amalga oshirilishi intizomning mustahkamlanishini ta’minlamoqda, bu esa, o‘z navbatida, qonun ustuvorligining taraflaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Moliyaviy nazorat samarali vosita bo'lib, u orqali sub'ektlarning faoliyati jarayonida belgilangan huquqiy tartibga rioya etilishi tekshiriladi. Bu harakatlar samaradorligi va asosliligini, ularning davlat manfaatlariga muvofiqligini baholash imkonini beradi.

3. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqaiarga ajratiladigan byudjet mabiag'iaridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetiarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohaiarda byudjet mabiag'laridan foydalanish ustidan nazoratni amaiga oshirish yuklatilishi mumkin. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga daviat va ijroiya hokimiyat boshlig'I sifatida katta vakoiatlar beriigan. Respublika Konstitutsiyasi 93-moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob paiatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi. Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan.


U mustaqil va ob'ektiv organ bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Hisob palatasi to'g'risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish yuklatilgan:
• makroiqtisodiy kO'rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametriarining shakllanishjarayonlarini tizimli o'rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish;
• davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o'rnatish;
• davlat byudjetini ijro etish, soliq tushumlari va pul ko'rsatkichIari bo'yicha tasdiqlangan parametrlarni tuzatish bo'yicha taldiflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'sirini ko'rib chiqish;
• mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar o'rtasidagi o'zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bo'yicha takliflarni tahli1 qilish va baholash;
• mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bo'yicha tasdiqlangan parametrlar hisobidan davlat mablag'larini xarajat qilish bo'yicha chetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar o'tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suiste'molliklarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bo'yicha manbalar, soliq va bojxona organlaridan to'lovlarning kelib tushishi to'liqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
• byudjetjarayonida chetga chiqishlarni tahlil qilish va o'rganish, ularni bartaraf etish va byudjet qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
• milliy valyutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy o'sish va narxlar barqarorligi ko'rsatkichlarining optimal birligiga erishish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish va baholash;
• oltin-valyuta zaxiralari, shujumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni nazorat etish, yo'qotishlar va suiste'molliklar kanallari va imkoniyatlarini yo'qotish maqsadida davlat oltin-valyuta zaxiralarining butun harakati tiniqligini
ta'minlash;
• tashqi aktivlarni boshqarish bo'yicha hisobot va balans hisobkitoblarini tahlil etish, oltin-valyuta zaxiralarini chet el banklarida joylashtirish va qaytajoylashtirishning asoslanganligi va samaradorligini nazorat qilish;
• davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring o'matish va ularga birinchi navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bo'yicha o'z vaqtida xizmat ko'rsatilishini nazorat etish;
• eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti bashoratlarini bajarish, mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va to'lov balanslari ijobiy qoldig'ini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish;
• chet davlatlarda davlat mulkini realizatsiya qilish bilan bog'liq masalalar bo'yicha tahlil o'tkazish va ulaming nazorat etilishini ta'minlash;
• respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan foydalanish yuzasidan chet el kompaniyalarining takliflarini ko'rib chiqish;
• Q'zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chet el kreditlari va qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro moliya bozorlariga respublika qarz majburiyatlari chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish;
• olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosatiga ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspertiza qilish;
vazirliklar, qo'mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlaming Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish;
• Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bo'yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va o'tkazish, ular asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Q'zbekiston Respublikasi Qliy Majlisiga taqdim etish.
Ko'rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar berilgan:
• davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qo'mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, banklardan o'z vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha axborot, ma'iumotiar va huijatlarni belgilangan tartibda so'rash va olish;
• zarur bo'lgan hollarda o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bo'yicha ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalarni jo'natish;
• o'z vakolati doirasida tekshiruvlar o'tkazish vaqtida davlat organlari va ulaming vakillari, nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish;
• Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bo'lgan barcha masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish;
• qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bo'yicha taklitlar kiritish.
Yüklə 21,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin