Mavzu: Soliq tizimida tog'ri va egri soliqlar



Yüklə 70,79 Kb.
səhifə1/3
tarix02.03.2023
ölçüsü70,79 Kb.
#86190
  1   2   3
AHRORGA BUDJETDAN

Mavzu: Soliq tizimida tog'ri va egri soliqlar

Reja:

1 . To’g’ri va egri soliqlar

2 . Jismoniy shaxslarni soliqga tortish

3 . Egri soliqlarning stavkalari

4 . Xulosa

1 . To’g’ri va egri soliqlar

  • Soliqlarni to’g’ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish ob’ektiga,to’lovchi bilan davlatning o’zaro munosabatlariga bog’liq bo’ladi. To’g’ri soliqlar to’g’ridan-to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita
  • shakli).
  • Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va
  • xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o’tkazadi.
  • Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar to’g’ri soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo’yiladigan tovarning iste’molchisi esa egri soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi.
  • Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to’g’ri soliqlarni ham
  • iste’molchilar zimmasiga o’tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to’laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko’pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi.
  • To’g’ri soliqlarga tortishda mablag’larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o’z huquqlarini da’vo qiladi.
  • Soliq to’lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning
  • mol-mulkining (er, uylar, qimmatli qog’ozlar va hokazo) qiymati to’g’ri soliqlar ob’ekti bo’ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to’lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to’g’ri soliqlarga tortishda soliq to’lovchi o’z solig’ining summasini aniq biladi.

Tarixiy jihatdan olganda to’g’ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi. To’g’ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo’linadi.
Real soliqlar soliq to’lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to’lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o’rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli
qog’ozlardan olinadigan soliqlar.
Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo’yicha aniqlanadigan o’rtacha daromadliligi bo’yicha amalga oshiriladi. O’z mohiyatiga ko’ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi
shaxsiy soliqlarga o’tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo’lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo’yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob’ekt (daromad, mol-mulk) har bir to’lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) e’tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob’ektiga qarab shaxsiy soliqlarning quyidagi turlari farqlanadi daromad solig’i, pullik sarmoyalardan
tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o’sishidan olinadigan soliq,korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovg’a qilishdan olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliq va
hokazo.
Tovarlar, odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari, shuningdek xizmat ko’rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko’rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob’ekti bo’ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda. Xaridor-iste’molchi egri soliqlarning to’lovchisi bo’ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko’rsatadigan shaxs aslida soliqni yig’uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo’shiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo’yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo’lganida va talab barqaror bo’lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to’lanadi. Egri soliqlarning asosiy to’lovchisi pirovard oqibatda iste’molchilar bo’ladilar.
Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o’z daromadlarining miqdoridan qat’iy nazar, bunday soliqlarni to’laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo’lgan tovarlarni iste’mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.
Egri soliqlarning stavkalari qat’iy (tovar o’lchamining birligiga) va foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) bo’ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko’proq foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko’payadi. Soliq
stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarning narxidagi hissasining ortishiga olib keladi. Egri soliqlar aktsizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona bojlarini o’z ichiga oladi. Aktsizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga,
shakarga, benzinga va hokazo) va universal (qo’shilgan qiymat solig’i va boshqalar) turlarga bo’linadi. Ular asosan xo’jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi.
So’ngi yillardanto’g’ri soliqlarning salmog’i yalpi ichki mahsulot qiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmog’i oshgan. Bu erda hozirgi sharoitda to’g’ri tendendiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to’g’ridan- to’g’ri korxonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi.
To’g’ri soliqlar salmog’i YaIM qiymatida pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishiga imkon yaratadi. Keyingi yillarda resurs soliqlarining salmog’i ham ancha oshmoqda.
Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik xususiyatiga egadir. Lekin ayrim soliqlar va to’lovlar ham mavjudki, ular maqsadli xarakterga egadir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda soliqlar, ulardan foydalanish xususiyatiga ko’ra ham ikki guruhga bo’linadi:
1. Umumiy soliqlar-respublika hamda mahalliy byudjetlarga tushadi va qayta taqsimlanadi;
2. Maqsadli soliqlar-bevosita biror bir soha, tarmoq yoki ob’ektni rivojlantirish uchun sarflanadi va taqsimlanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlarning o’rni va ahamiyatini quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ifodalash mumkin. Yagona davlat byudjeti daromadlari tarkibida ularning salmog’i yuqoridagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi. Yuqoridagi ma’lumotlar tahlil qilinganda yuridik shaxslar soliqlari va boshqa to’lovlari byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etishi ko’rinadi. Bu soliqlar davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishda mustahkamlikni, uzviylikni ta’minlaydi. Bu soliqlarsiz byudjetni rejali moliyalashtirishning iloji yo’qdir. Shuning uchun ularning ahamiyati byudjet daromadlarini shakllantirishda beqiyosdir. Mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab, demokratik davlat qurish yo‘lidan borayotgan respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tishi sharoitida Ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi soliq tizimida ham chuqur o‘zgarishlami amalga oshirish hozirgi kunning asosiy talabidir. Zero, 0 ‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinla- shuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni budjet-soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliq siyosati soliq tizimi islohotlarining muhim yo'nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo‘lib bormoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ushbu masala xususida alohida to‘xtalib o‘tgan edilar: “..Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko‘rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o‘sdi. Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

2 . Jismoniy shaxslarni soliqga tortish

  • Jismoniy shaxslar to‘Iaydigan soliqlar va ularni guruhlarga ajratilishi.
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ulaming tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar tizimini tashkiletadi. Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir.
  • Bunday shaxsiarga 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganiar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat budjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi.
  • Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar budjetga naqd va naqdsiz pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
  • Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o‘z daromadlaridan, mol-mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig‘imlar to‘laydilar.
  • Jismoniy shaxsning huquq layoqati - bu fuqarolik huquqlari, burchlariga ega bo‘lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 yoshda, ya’ni fuqaro balog‘at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda).
  • Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ulaming obyektiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo‘lishiga (subyektiga), budjetga yo‘naltirilishiga va boshqa belgilariga ko‘ra ulaming tasniflanishidir.

Soliqlami bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ulami taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ulaming soliq funksiya va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat budjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlaming tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo‘ymasdan faoliyat ko‘rsatishi uchun soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariyjihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.
Tarixan soliqlar ijtiraoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbaiga qarab ikki guruhga - to‘g‘ri va egri soliqlarga boiinadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag‘ni tasarruf etishiga, ya’ni budjetga o‘tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Shuningdek, soliqlar paydo bo‘lish manbaiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajratib o‘rganishni alohida kengroq yoritishga harakat qilamiz.
Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bo‘linadi: 1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi subyektlaming bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig'i, aksiz solig‘i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlar va boshqalar kiradi. 2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar
soliq to‘lovchi subyektlar tasarrufida mavjud boigan mol-mulkdan, yerdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari korxonalar xo'jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan budjetga to'lana- digan aksariyat soliqlar va majburiy to‘lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi (yer solig'i, mol-mulk solig'i va boshqalar).
1. Tovar (ish, xizmat)lar oborotidan to'lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.
3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.
4. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar: foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig1i va boshqalar.

Yüklə 70,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin