62-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 433-modda. Soliq to‘lovchilar



Yüklə 90,84 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü90,84 Kb.
#202337
  1   2   3   4   5
Soliq kodeksi yangi tahrir


62-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i
433-modda. Soliq to‘lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
(433-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.
434-modda. Soliq solish obyekti
Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir:
Oldingi tahrirga qarang.
1) jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
(434-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
(434-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;
(434-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
Oldingi tahrirga qarang.
6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
(434-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilganlar va ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari mustasno.

Yüklə 90,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin