Reja: 1. Umumiy talablar 2. Elektr xavfsizligi qoidalari 3. Ultratovushli defektoskopiyadagi xavfsizlik talablari 4. Radiatsion defektoskopiyadagi xavfsizlik talablari 5. Kapillar nazorat usullaridagi xavfsizlik talablar 6. Sizishni izlash bilan sinashdagi xavfsizlik talablari
Umumiy talablar Buzmaydigan nazorat ishlarini bajarishga, tasdiqlangan dasturga muvofiq, o‘qigan va mehnat xavfsizligining umumiy hamda max- sus masalalari bo4yicha sinovlardan muvaffaqiyatli olgan shaxslar qo‘yiladi. Agar ishlar kasbiy zararli sharoit, masalan, ionlovchi nurlanishlar bilan bog'liq boisa, u holda xodimlar tibbiy ko‘rik- dan o‘tishlari va salomatligi haqida ijobiy xulosaga ega bo‘lish- lari kerak. Ularning sogdigi har yili tekshirib turilmog‘i lozim. Noqulay joylarda va balandlikda ishlashda mamlakatda va ushbu korxonada amal qiladigan xavfsizlik qoidalari hamda yo‘riqnoma- larga rioya etilishi zarur. Nazorat qilish paytida nazorat qilinayot- gan buyumlaming, defektoskopik uskunalarning turg‘un holatda turishi hamda operator uchun qulay sharoit ta’minlanmogd darkor. Balandlikda nazorat qilish uchun ish o‘rnida, nazorat qilinayotgan buyumning istalgan nuqtasiga yaqinlashish qulay bodishini ta’minlovchi ko`prikcha yoki havozalar qurilishi kerak. Defektoskopchi operator balandlikda maxsus bosh kiyimini kiyib ishlashi va ehtiyot kamaridan foydalanishi lozim. Nazorat olib boriladigan xonalar amaldagi sanoat korxonalarini loyihalash me’yorlari va qoidalariga javob bermog‘i zarur.
Elektr xavfsizligi qoidalari Buzmaydigan nazorat vositalarining aksariyati (defektoskoplar, qurilmalar, asboblar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari) ish jarayonida to‘liq yoki qisman kuchJanish ostida bo‘ladi. Shu sababli ulami ishlatish vaqtida amaldagi «Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari», «Iste’mol- chilarning elektr qurilmalaridan fondalanishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari»ga qat’iy amal qilinmog'i lozim.
1000 V dan ortiq kuchlanishda ishlaydigan uskunalar bilan bajariladigan ishlar eng xatarli ishlar guruhiga kiradi. Eng avvalo, bu rentgen (trubkasiga) 10-400 kW va bundan katta kuchlanish uzatiladigan renten apparatlariga xizmat ko4rsatish ishlaridir. Ana shu qurilmalarga xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilinadigan xodim- lar ulami belgilangan tartibda ishlatish yuzasidan ishlab chiqarish ta’limini o`tashlari va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan keyin tegishli guvohnoma olishlari kerak. Guvohnomada ular- ga xodimlarning malaka guruhiga muvofiq xavfsizlik texnikasidan berilgan malakasi ko‘rsatilmog‘i lozim.
Ishlab chiqariladigan barcha defektoskopik qurilmalar va asboblardagi izolatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlar har qanday kuchlanishda ham tasodifan tegib ketishdan himoyalangan bo‘lishi zarur. Izolatsiyalanmagan simlar va elektr sxemalari korpuslar bilan ixotalanmog‘i darkor. Qurilma va asboblar korpuslari majburiy ravishda yerga ulanishi kerak. Rentgen apparatlarida 1000 V dan katta kuchlanishli zanjirlar mavjud bo'lib, bu kuchlanish rentgen trubkalariga uzatiladi.
Ulami almashtirishda, shuningdek, elektr sig‘imlari bo`lgan apparatlarni ko`zdan kechirish va oldini olish maqsadida ta’mirlashda tok uzib qo'yilib, sig‘imlardagi qoldiq zaryad ulami yerga ulagichga zaryadsizlagan holda yo‘qotilmog‘i lozim. Rentgen apparatlarini boshqarish pultlari oldiga izolatsiyalovchi rezina poyandozlar to`shalishi zarur.
Elektr qurilmalarining nosozligi va tok o‘tkazuvchi qismlarning izolatsiyasi shikastlanishi tufayli o'tkazgichlar qizishi hamda uchqunlanish yuzaga kelishi mumkin, bu esa yonib ketishga sabab bo‘ladi. Elektr qurilmalaridagi yong4inni o‘chirishdan oldin ular tarmoqdan uzib qo‘yilmog‘i darkor. Uncha katta boimagan alanga karbonat kislotali o‘t o‘chirgichlar bilan o'chirilishi mumkin. Bunday o‘t o'chirgichlar bilan yonayotgan, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarini ham o‘chirsa bo‘ladi, chunki karbonat angid- rid elektr tokini o‘tkazmaydi. lshlami bajarish chog‘ida amaldagi «Sanoat korxonalari uchun yong'in xavfsizligining namunaviy qoidalari» ga, shuningdek, tarmoq yong4in xavfsizligi qoidalariga muvofiq yong'in xavfsizligi ta’minlanishi kerak.