Elektr xavsizligi bo'yicha umumiy talablar Reja: Umumiy talablar Elektr xavfsizligi qoidalari



Yüklə 21,99 Kb.
səhifə1/3
tarix13.06.2023
ölçüsü21,99 Kb.
#129426
  1   2   3
Elektr xavsizligi bo\'yicha umumiy talablar


Elektr xavsizligi bo'yicha umumiy talablar
Reja:
1. Umumiy talablar
2. Elektr xavfsizligi qoidalari
3. Ultratovushli defektoskopiyadagi xavfsizlik talablari
4. Radiatsion defektoskopiyadagi xavfsizlik talablari
5. Kapillar nazorat usullaridagi xavfsizlik talablar
6. Sizishni izlash bilan sinashdagi xavfsizlik talablari

Buzmaydigan nazorat ishlarini bajarishga, tasdiqlangan dasturga muvofiq, o‘qigan va mehnat xavfsizligining umumiy hamda max- sus masalalari bo4yicha sinovlardan muvaffaqiyatli olgan shaxslar qo‘yiladi. Agar ishlar kasbiy zararli sharoit, masalan, ionlovchi nurlanishlar bilan bog'liq boisa, u holda xodimlar tibbiy ko‘rik- dan o‘tishlari va salomatligi haqida ijobiy xulosaga ega bo‘lish- lari kerak. Ularning sogdigi har yili tekshirib turilmog‘i lozim. Noqulay joylarda va balandlikda ishlashda mamlakatda va ushbu korxonada amal qiladigan xavfsizlik qoidalari hamda yo‘riqnoma- larga rioya etilishi zarur. Nazorat qilish paytida nazorat qilinayot- gan buyumlaming, defektoskopik uskunalarning turg‘un holatda turishi hamda operator uchun qulay sharoit ta’minlanmogd darkor. Balandlikda nazorat qilish uchun ish o‘rnida, nazorat qilinayotgan buyumning istalgan nuqtasiga yaqinlashish qulay bodishini ta’minlovchi ko`prikcha yoki havozalar qurilishi kerak. Defektoskopchi operator balandlikda maxsus bosh kiyimini kiyib ishlashi va ehtiyot kamaridan foydalanishi lozim. Nazorat olib boriladigan xonalar amaldagi sanoat korxonalarini loyihalash me’yorlari va qoidalariga javob bermog‘i zarur.


Buzmaydigan nazorat vositalarining aksariyati (defektoskoplar, qurilmalar, asboblar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari) ish jarayonida to‘liq yoki qisman kuchJanish ostida bo‘ladi. Shu sababli ulami ishlatish vaqtida amaldagi «Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari», «Iste’mol- chilarning elektr qurilmalaridan fondalanishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari»ga qat’iy amal qilinmog'i lozim.
1000 V dan ortiq kuchlanishda ishlaydigan uskunalar bilan bajariladigan ishlar eng xatarli ishlar guruhiga kiradi. Eng avvalo, bu rentgen (trubkasiga) 10-400 kW va bundan katta kuchlanish uzatiladigan renten apparatlariga xizmat ko4rsatish ishlaridir. Ana shu qurilmalarga xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilinadigan xodim- lar ulami belgilangan tartibda ishlatish yuzasidan ishlab chiqarish ta’limini o`tashlari va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan keyin tegishli guvohnoma olishlari kerak. Guvohnomada ular- ga xodimlarning malaka guruhiga muvofiq xavfsizlik texnikasidan berilgan malakasi ko‘rsatilmog‘i lozim.
Ishlab chiqariladigan barcha defektoskopik qurilmalar va asboblardagi izolatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlar har qanday kuchlanishda ham tasodifan tegib ketishdan himoyalangan bo‘lishi zarur. Izolatsiyalanmagan simlar va elektr sxemalari korpuslar bilan ixotalanmog‘i darkor. Qurilma va asboblar korpuslari majburiy ravishda yerga ulanishi kerak. Rentgen apparatlarida 1000 V dan katta kuchlanishli zanjirlar mavjud bo'lib, bu kuchlanish rentgen trubkalariga uzatiladi.
Ulami almashtirishda, shuningdek, elektr sig‘imlari bo`lgan apparatlarni ko`zdan kechirish va oldini olish maqsadida ta’mirlashda tok uzib qo'yilib, sig‘imlardagi qoldiq zaryad ulami yerga ulagichga zaryadsizlagan holda yo‘qotilmog‘i lozim. Rentgen apparatlarini boshqarish pultlari oldiga izolatsiyalovchi rezina poyandozlar to`shalishi zarur.
Elektr qurilmalarining nosozligi va tok o‘tkazuvchi qismlarning izolatsiyasi shikastlanishi tufayli o'tkazgichlar qizishi hamda uchqunlanish yuzaga kelishi mumkin, bu esa yonib ketishga sabab bo‘ladi. Elektr qurilmalaridagi yong4inni o‘chirishdan oldin ular tarmoqdan uzib qo‘yilmog‘i darkor. Uncha katta boimagan alanga karbonat kislotali o‘t o‘chirgichlar bilan o'chirilishi mumkin. Bunday o‘t o'chirgichlar bilan yonayotgan, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarini ham o‘chirsa bo‘ladi, chunki karbonat angid- rid elektr tokini o‘tkazmaydi. lshlami bajarish chog‘ida amaldagi «Sanoat korxonalari uchun yong'in xavfsizligining namunaviy qoidalari» ga, shuningdek, tarmoq yong4in xavfsizligi qoidalariga muvofiq yong'in xavfsizligi ta’minlanishi kerak.
Ultratovushli defektoskoplar, asboblar va qurilmalar bilan ish- layotganda barcha elektr xavfsizligi qoidalariga arnal qilinmog‘i hamda yuqorida bay on etilgan talablar bajarilmog‘i lozim. Idish- lar ichidagi nazorat 12 V kuchlanishdan ta’minlanuvchi defektoskoplar bilangina amalga oshiriladi. Defektoskopni har gal ishga tushirishdan oldin operator asbob yerga kamida 2,5 mm2 kesimli mis sim vositasida ishonchli ulanganligiga ishonch hosil qilishi zarur. Defektoskoplar kam yuklangan elektr liniyalariga (yoritish tarmoqlariga) ulanmog'i darkor. Bunday imkoniyat bo‘lmaganida esa, defektoskop tarmoqqa stabilizator orqali ulanishi kerak. Ish o‘rnida rozetkalar bo‘lmaganida, defektoskopni elektr tarmog‘iga ulash va uzish ishlarini navbatchi elektrik bajarmog‘i lozim. Operatorlarning olinadigan mexanizmlar tagida, noturg‘un konstruk- siyalar ustida va defeksokoplarni elektr bilan ta’minlovchi simlar shikastlangan bo'lishi mumkin bo'lgan joylarda ishlashi qat’iyan taqiqlanadi. Nazorat qilish jarayonida defektoskopni ochish va ta’mirlash man etiladi. Operator loydalanadigan jihozlar, may- donlar, artish materiallari, latta-puttalar metall qutilarda saqlanishi zarur. Nazorat joy lari amaldagi sanoat korxonalarini loyihalashning sanitariya me’yorlari (CH 245-71)ga muvofiq tashkil etilmog`i darkor. Epoksidli smolalar qoilaniladigan ishlar amaldagi «Epoksidli smolalar bilan ishlagandagi sanitariya qoidalari»ga mu- vofiq bajarilishi kerak.
Nazorat joyi payvandlash postidan yiroqda va nur energiyasi tushishidan himoyalangan bo4lmog‘i lozim. Nazorat qilinayotgan konstruksiyada defektoskopiya amalga oshirilayotgan vaqtda teb- ranishga sabab bo'ladigan mexanik ishlar bajarilmasligi zarur. Kun- duzi yoki kuchli sun’iy yorug4likda ochiq joyda nazorat qilishda defektoskop ekranini qorong'ilashtirish choralari kocrilmog‘i darkor. Ultratovush bilan nazorat qiladigan MTX va operatorlarning zarur ish sharoitini yaratishga doir talablari ma’muriyat tomonidan majburiy tartibda bajarilishi kerak.
Radiatsion defektoskopiyani amalga oshirish paytida ionlovchi nurlanishdan himoyalanish chora-tadbirlari ko‘rilmog‘i lozim. Ionlovchi nurlanish tirik opganizmga ta’sir qilar ekan, to‘qima hujayralarida maxsus kimyoviy va biologik jarayonlami keltirib chiqaradi va agar tegishlicha himoya yaratilmasa, organizm turli darajada shikastlanishi mumkin. Radiatsion defektoskopiyadagi xavfsizlik talablari amaldagi «Radioaktiv moddalar va ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlashning asosiy sanitariya qoidalari» (OCIl-72)ga hamda «Radiatsion xavfsizlik me’yorlari» (НРБ- 69) ga rioya qilish orqali bajariladi.
НРБ-69 ga muvofiq chekli joiz nurlanish dozalari va doza chegaralari belgilangan. Chekli joiz doza (ChJD) deb, xodimlar nurlanishining yillik miqdoriga aytiladi. Bu miqdor doza 50 yil mobaynida bir tekis to‘planib borganida, ishchining o'zining va av- lodlarining sog`lig‘ida noxush o‘zgarishlami keltirib chiqarmaydi.
Aholi ichidan ayrim shaxslaming joiz yillik o`rtacha nurlanish darajasi dozaning chegarasi deb ataladi, u tashqi nurlanishning o'rtacha dozalari, radioaktiv chiqindilar va tashqi muhit obyekt- lari bilan radioaktiv ifloslangan darajasi bo4yicha nazorat qilinadi. Amaldagi me’yorlar va qoidalarga ko‘ra, nurlanadigan shaxslar- ning quyidagi toifalari belgilangan: A toifa - xodimlar, В toifa aholining ayrim shaxslari va D toifa - urnuman, aholi.
В toifaga A toifadagi xodimlar ishlaydigan xonalar bilan yonmay on joy lagan xonalarda ishlovchi shaxslar, shuningdek, korxo- naning sanitariya-himoya zonasida turgan yoki sanoat korxonalari atrofida joylashgan, kuzatib boriladigan hududda yashovchi shaxslar kiradi. Butun organizm uchun A toifadagi xodimlaiTiing chekli joiz nurlanish dozasi 5 ber/yilga, D toifadagi shaxslar uchun doza chegarasi 0,5 ber/yilga teng. Ber (rentgenning biologik ekvivalenti) deb 1 g to‘qimiga singigan energiyaning shunday miqdoriga ayti- ladiki, bunda singigan 1 rad rentgen va у - nurlanish dozasida kuzatiladigan ekvivalent biologik effekt kuzatiladi. Rad - 1 g istalgan moddaga singigan 100 erg energiyaning tizimdan tashqari birligi.
A toifadagi kishilar ichidan ikki guruh shaxslar ajratib ko‘rsatilgan: 1) nurlanish. dozalari yillik ChJDning 0,3 qismidan ortib ketishi mumkin boigan sharoitda ishlaydigan shaxslar; 2) nurlanish dozalari ChJD ning 0,3 qismidan oshmaydigan sharoitda ishlovchi shaxslar. 2- guruhga sanitariya-himoya zonasida ishlaydigan katta yoshdagi odamlar, shuningdek, nazorat qilinadigan zonaga vaqti-vaqtida kelib turadigan kishilar kiradi. Bu shaxslar uchun, nazorat qilinadigan zonada ishlaydigan kishilardan farqli o‘laroq, yakka tartibdagi dozimetrik nazorat va maxsus tibbiy kuzatuv talab qilinmaydi.
Falokat (nosozlik) yuz berganida tashqi nurlanishni va odam or- ganizmiga radioaktiv moddalar kirishini kamaytirish uchun ham- ma amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmog4i zarur. Zararsizlantirishning yuksak samaradorligini ta’minlash uchun radioaktiv manbalami saqlashga gamma-qurilmalami zaryadlash kerak hamda qayta zar- yadlashga mo‘ljallangan xonalar devorlari moybo`yoq yoki boshqa moy yig4uvchi material bilan qoplanadi. Bu xonalarning poliga plastik yoki linoleum qoplanadi.
Radioaktiv moddalar ishlatiladigan korxonalar va qurilish maydonchalarida falokat natijasida xodimlaming nurlanishi hamda tashqi muhitning ifloslanishi bilan bogiiq falokat va yong‘inlarni bartaraf etish yuzasidan yo‘riqnoma ishlab chiqilib, mahalliy Sane- pidxizmat (SES) va Davyong`innazorat organlari bilan kelishil- mog'i lozim. Ushbu yo‘riqnoma radioaktiv manbalar bilan ishlay- digan hamma shaxslar uchun majburiy hujjat bo‘lishi kerak. Nft- roselluloza asosdagi radiografik plyonkalar o‘z-o‘zidan yonib ket- masligini, ammo olovdan alanga olib, bo‘g`uvchi va zaharli gazlar ajratib chiqarishini yodda tutish zarur. Nazorat olib boriladigan xonalarda eski havoni chiqarib, yangi havo kiritadigan shamollatish qurilmasi va kunduzgi yoritkichlar bo‘lmog‘i darkor.
Nazorat olib boriladigan joylarda ionlovchi nurlanishdan himoyalanish uchun nurlanishdan himoyalash chora-tadbirlari nazarda tutilishi kerak. Ionlovchi nurlanishdan himoyalanishning eng keng tarqalgan usuli ekranlash, ya’ni nurlanishni og‘ir material qatlami bilan susaytirishdir. Bu maqsadda xonalarning devorlari, pollar orayopmasi og‘ir mctallar bilan himoyalanadi, shuningdek, eshik- lar, eshiklar o‘rni, kuzatish darchasining himoyalanishi ta’minlanadi. Nurlanish manbalari - izotoplar va rentgen trubkalarining o‘zi maxsus gciloflarga joylanadi, radioaktiv moddalar bilan zararlash va qayta zararlash ishlari esa maxsus omoborlarda bajariladi.
Himoya quiilmalari uchun material sifatida qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshinli shisha, volfram, barit, beton, g‘isht va boshqalar ishlatiladi. Biron-bir materialdan qilinadigan himoya qatalamining qa- linligini hisoblashda avval berilgan ish sharoiti uchun qo‘rg‘oshin- ning kerakli qalinligi aniqlanadi, key in esa ushbu materialdan qilinadigan himoya qatlamining ekvivalent qalinligi topiladi. Himoya ish o‘rinlarida downing 2,8 mber/soatgacha kamayishini ta’min- lamog‘i lozim. Qo‘shni xonalarda nurlanish dozasi 0,28 mber/soatdan oshmasligi darkor.
y-nurlanish manbalarini zaryadlash va qayta zaryadlash ishlari maxsus tashkilot tomonidan amalga oshirilishi zarur. Bu ishlarni bajarishga radiografik nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotning xodimi SES organlarining roziligi bilan va qayta zaryadlash uchun maxsus jihozlangan xona mavjud bo4lgandagina qo4yiladi. Radio- aktiv manbalarni tashish vaqtida «Radioaktiv moddalarni tashishdagi xavfsizlik qoidalari» (ПБТРВ-73 №1139-73) talablariga rioya qilinmog`i lozim. Defektoskopni ikki kishi tashishi kerak.
Ionlovchi nurianish manbalari bo‘lgan defektoskoplar maxsus jihozlangan xona - omborda saqlanmog‘i zarur. Ish tugaganidan keyin, zaryadlangan defektoskoplarni duch kelgan xonalarda qoldi- rish taqiqlanadi. Defektoskoplarni saqlash, berish tartibi va butligi zavod yo‘riqnomalariga muvofiq belgilanadi.
Nurlanishdan himoyalanishning yuqorida aytilgan chora-tadbirlaridan tashqari, chekli joiz dozalami kamaytirishga ionlovchi nurlanishlarning ta’sir zonasida boiish vaqtini qisqartirish yoki operator bilan nurianish manbayi o‘rtasidagi oraliqni oshirish yo‘li bilan ham erishish mumkin.
Radiatsion defektoskopiya ishlarining bexatar bajarilishi ular- ning turli tashkil etilishi va ish sharoiti o‘z vaqtida nazorat qilib turilishiga ko‘p darajada bog‘liq. Bu masalada ionlovchi nurianish manbalari bilan ishlashda dozimetrik nazorat amalga oshiriladi. Bunday nazorat himoyaning ishonchliligini va defektoskopik laboratoriya xodimlari oladigan nurianish dozasini aniqlash imkonini beradi. Nurianish dozalarining qiymati va quvvati dozimetr, radiometr va hokazolar bilan o‘lchanadi. Ayni asboblar vazifasiga ko‘ra ikki guruhga: yakka tartibda dozimetrik nazorat qilish asboblari va nurianish dozalari quwatini o`lchash asboblariga bo‘linadi.
Yakka tartibda nazorat qilish asboblaridan xodim ish kuni yoki ish haftasi mobaynida oladigan jami nurianish dozasini o‘lchash uchun foydalaniladi. Ish kuni yoki haftasi oxirida xodimning yakka tartibdagi dozimetri bilan to‘plangan doza oichanib, maxsus daftarda qayd etiladi. Amaliyotda ko‘pincha yakka tartibdagi КИД-2, ИФКУ-1, ДК-0,2 va boshqa dozimetrlar ishlatiladi. Xo- nalar КУРА-1 turidagi asboblar bilan dozimetrik nazorat qilina di. Bokslar, kameralar va ish xonalari masofadan boshqariladigan ИСИТ-2 signal o‘lchash asboblari bilan jihozlanadi, ular nazorat qilinayotgan joyda dozalarning chekli joiz quvvatlari oshib ketgan- ligi haqida signal beradi (ogohlantirdi).

13. 5.


Yüklə 21,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin