Mavzu: ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida elou avt qurilmasi yordamida neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish’
Diplom loyiha
Farg’ona Neftni Qayta Ishlash Zavodi
Mavzu: ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida ELOU AVT qurilmasi yordamida neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish’
KIRISH
“…O’zbekiston amalda fors ko’rfazi, Kasbiy
dengizi havzasi va Tarim havzasining
neft va gazga juda boy konlari joylashgan
yarim xalqaning strategik markazidir”.
I.A.Karimov.
Jahondagi ilg’or iqtisodiy tadqiqot markazlarining ma’lum qilishicha, XXI-asrda dunyo bo’yicha resurslar iste’moli sezilarli ravishda o’sishi, bu birinchi navbatda iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilishi mumkinligi haqida bashorat qilinmoqda.Bu holat jahon energetika resusrlari bazasini qo’shimcha ravishda rivojlantirishni talab etmoqda. Shu bilan bir qatorda mustaqillikka erishganimizdan so’ng prezidentimiz tashabbusi bilan neft mustaqilligiga erishildi.Shundan so’ng bu sohaga alohida, chuqur e’tibor berila boshlandi.Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo’jaligining asosiy bo’g’ini bo’lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil bo’lgandan neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Ilgarigi o’z holicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq – “O’zbekneftgaz” milliy holding korporatsiyasiga birlashtirildi. Bukorporatsiyaningtarkibidaneftvagazniqaytaishlashbo’yichauch tayirikkorxonaishlabturibdi. Bular : “O’zneftni qayta ishlash” davlat sanoat birlashmasi, Sho’rtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodlari, “O’zneftni qayta ishlash” birlashmasi tarkibiga Farg’ona, Oltiariq va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari kiradi. Bu korxonalar uchun xomashyo neft, gaz kondensati va tabiiy gaz hisoblanadi. Gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga o’xshash bo’lib, faqat qaynash tempuraturasining oxiri bilan farqlanadi. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi. Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi yoqilg’i yo’nalishi. Buna neft va gaz kondensatini atmosfera bosimining 360° C gacha qizdirib, ulardan benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini ajratib olinadi. Qolgan og’ir qismi-mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki gidrokreking qurilmalariga berilib, qo’shimcha ravishda benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi olinadi. Ikkinchi yo’nalish- yoqilg’i moylar olish yo’nalishdir. Bu yo’nalishda neft va gazokondensatni yengil fraksiyalar olingandan so’ng, qoldiq vacuum qismi- mazut ostida ishlovchi qurilmalarda turli fraksiyalarga ajratilib ulardan har xil neft moylari olinadi. Farg’on shahridagi zavod 1959-yilda ishga tushirilgan.Zavod yoqilg’i –moy yo’nalishida ishlaydi. Yengil fraksiyalar ajratib olingandan so’ng, og’ir qoldiq mazut vacuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil fraksiyalarga ajratiladi. Har qaysi fraksiya aloxida – aloxida tozalanib, ulardan turli moylar olinadi. Hozirgi kunda zavvodda 30 dan ortiq texnologik qurilmalar ishlab turibdi. Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni haydaydigan AVt qurilmasi ishga tushirilgan, AVT qurilmalari foydalanishga topshirildi. 1965-1968 yillarda yiliga 300 va 600 ming tonna benzinni reforming etuvchi qurilmalar ishga tushirildi. Zavodda Markaziy Osiyoda yagona moy ishlab chiqaruvchi blok qurilgan. Yiliga 500 tonna tirli xildagi moylar, zarur moy mahsulotlari bilan to’la ta’minlanadi. Katalitik reforming qurilmalarida AП-56, AП-64 markali alyumoplatina katalizatori ishtirokida benzinni oktan soni ko’tarilar edi. 1995-1997 yillarda ЛЧ-35\11-600 qurilmasi Fransiyaning “Prolaktizin” firmasi bilan hamkorlikda qaytadan ta’mirlangan. Alyumoplatina katalizatorini o’rniga tarkibida reniy v aboshqa metallar qoshilgan. H-582 va h-482 markali katalizatorlar joylandi. Qurilmaning gidroochistka blokida ya’ni benzinni oltingugurtli birikmalardan tozalash uchun alyumokobaltmolibden katalizatori o’rniga HK-306 katalizatori joylanadi.Buning natijasida zavod tarkibiga tetraetilsvint (TEC) qo’shilmagan turli xil uiqori oktan sonly ekologik toza avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi. Zavodda dizel yoqoilg’isini gidroochistka etadigan qurilm ayo’q edi. 1997-1999 yillarda Yaponiyaning “EKDKO, LTD” va “Toyo injiriring korporeshn” firmalari bilanhamkorlikda yangi qurilma ishga tushirildi. Hozir zavod kam oltingugrtli ekologik toza dizel yoqilg’isi ishlab chiqarmoqda. Shunday qilib, Respublikamizning “O’zneftgaz” holding shaklidagi milliy korporatsiyaning korxonalari mamlakitimizning xalq xo’jaligining tarmoqlarining sifatli neft va gaz mahsulotlari bilan to’la ta’minlanmoqda. Chetdan bu mahsulotlar olib kelinmaydi. Yuqorida neft va gz kondensati bir xil texnologik qurilmalarda qayta ishlanadi deb aytib o’tgan edik. Shu sababli bizning loyiha ishimiz farg’ona neftni qayta ishlash zavodining asosiy texnologik qurilmalariga asoslangan.Oltiariqdagi zavodda mazutni termik kreking jarayoniga berilib mazutdan qo’shimcha ravishda yengil fraksiyalari olinadi. Neftdan olingan benzin fraksiyasini oktan soni 55-60 ga teng.Uni avtomobilllarda ishlatib bo’lmaydi. Benzinni katalitik reforming qilish qurilmalarida oktan sonini oshirilib, undan sifatli mahsulot olinadi. Neftdan olingan kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini tarkibida oltinguggurt birikmalari ko’p. ularni gidroochistka jarayoniga berilib, merkaptanlar va boshqa birikmalardan tozalanadi. Vacuum sharoitida ishlaydigan kolonnadan olinadigan moy fraksiyalarini har qaysisini alohida –alohida qayta ishlanadi. Birinchi navbatda ularnitarkibidagi aromatic uglevodlardan va smolasimon birikmalar ajratib olinadi. Keyin yuqori molekulali qattiq parafinlar ajratib olinadi
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan 1992 yil 8 iyun kuni «Neft va gaz sanoati kontserni» tashkil etildi. 1993 yil kontsern «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasiga aylantirilib, ishlab chiqarish tarmoqlari ixtisoslashtirilib, davlat hissadorlik birlashmalari tashkil etildi. 1999 yilda «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasi «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga, davlat hissadoralik birlashmalari aksiyadorlik kompaniyalariga aylantirildi. O’sha yillarda asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi muassasalar tashkil etildi: «O‘zgeoneftgazqazibchiqarish» AK, «O‘zgeoburneftgaz» AK, «O‘ztransgaz» AK, «O‘zneftgazqurilish» AK, «O‘zneftmahsulot» AK, «O‘zneftniqaytaishlash» AK, «O‘zneftgazmash» AK, «O‘zneftgazta’minot» AK, korxona, tashkilotlar va «o‘zLITIneftgaz», «IGIRNIGM» ilmiy tekshirish institutlari va boshqalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5646-son farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining boshqaruv xodimlari, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zneftgazinspeksiya» va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining faoliyati ushbu vazirlikka bevosita biriktirildi.
Respublikamizda katta quvvatli gaz transport tizimlari va gazni qayta ishlash ob’ektlari mavjud. Bugungi kunda magistral gaz quvurlarining umumiy uzunligi 12 ming km dan ortiq masofani tashkil etadi. Bundan tashqari 28 ta kompressor stansiyalari ishga tushirilgan. Ma’lumki, O‘rta Osiyo - Markaziy Buxoro - Ural kabi magistral gaz quvurlari muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Ularning gaz sarfi yiliga 80 mlrd. m3 dan ortiqroqdir. Ushbu gaz quvurlari orqali o‘zbek gazi Sharqiy Yevropa, Ukraina, Rossiya va boshqa davlatlarga yetkazib berilmoqda. «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi istiqboldagi rejasi bo‘yicha 2014-yilga kelib gaz transport tizimi bo‘ylab gaz etkazib berish yiliga 70 mlrd m3 gacha oshirildi. Sutkasiga 4,2 mln. m3 gaz ishlab chiqaruvchi Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Sho‘rtan gazkimyo majmuasi kabi ob’ektlar jahonda XXI asrning yangi texnologiyalari jalb qilinayotgan eng yirik ob’ektlar hisoblanadi. «O‘zbekneftegaz»ning olgan buyurtmalari ichida chet el firmalari va korxonalari tomonidan Sho‘rtan gazkimyo majmuasi mahsulotlariga buyurtmalar ham mavjud. Shulardan “LUKOIL” kompaniyasi bilan birgalikda amal qilish muddati 35 yil bo‘lgan “Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot” loyihasi bo‘yicha mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim 2004 yil noyabr oyida kuchga kirgan. O‘zbekiston
Respublikada gaz uzatish uzellari umumiy quvvati 1576,6 kVt, 250 DKS, 3 ta yer osti gaz ombori (Gazli, Xo’jaobod, Shimoliy So’x), 6 ta magistral gaz quvurlari («Buxоrо-Gazli-Tоshkent», 522 km; «Muborak — Navoiy», 112 km; «Sho‘rtan - ToshGES», 602 km; «Kelif - Dushanbe», 408 km;» Buxoro-Ural», 489 km; «Markaziy Osiyo - Markaz», 369 km), 540-1020 mm diametrli magistral gaz quvurlarining umumiy uzunligi 13298 km, gaz taqsimlash stansiyasi – 419 ta, 23 ta kompressor stansiyasi (KS) mavjud (2020 yil). Respublikada 115,9 ming km gaz tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular aholini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi, ulardan 24,1 ming km yer osti gaz quvurlaridir.
Inson saxovatli ona yer qa’ridan turli-tuman tabiiy boyliklarni qazib olar ekan, inson hayotining farovonligi yo‘lida xizmat qilaveradi. Respublikamiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, mehnatkash xalqimizning hayoti faravon, baxtli va hayotdan rozi bo’lib yashashlari lozim! Shu boisdan kelajak avlodimiz o’zlarining egallagan dunyoviy bilim va kuch-g’ayratlarini taraqqiyotimiz rivoji uchun ayamasliklari shart!
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasini isloh qilishga doir qaror qabul qildi. Respublikaning neft-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
So‘nggi yillarda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini kompleks rivojlantirish hamda energiya resurslariga tobora oshib borayotgan ehtiyojni ta’minlashning muhim omili bo‘lgan energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, geologiya qidiruv ishlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va narxlarni shakllantirish ishlarining samarasizligi respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlanmasligiga, neft-gaz tarmog‘i korxonalari moliyaviy holatining yomonlashuviga olib keldi.
Jumladan, so‘nggi 20 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmi 8 foizga oshgani holda mamlakat korxonalari tomonidan uni qazib olish hajmi 29 foizga pasaydi, 2008-2018yilda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 4 foizga qisqardi, o‘tgan 5 yil davomida tabiiy gazning tabiiy zaxiralari o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 70 foizga yaqin hajmni tashkil etdi.
2017-2018 yillarda moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi va moddiy-texnik resurslarning taqchilligi natijasida tabiiy gaz qazib olishning o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 42 foizni tashkil etgan xolos.
Tartibga solish funksiyalari va tijorat faoliyatini o‘zida birlashtirgan boshqaruvning eskirgan va shaffof bo‘lmagan tizimi neft-gaz tarmog‘i korxonalarida zamonaviy menejmentni joriy etishga, ularning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, neft-gaz tarmog‘i korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni ta’minlash, qabul qilingan xalqaro amaliyot asosida sog‘lom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni va ilg‘or boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida bir qator chora tadbirlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
«Neft-gaz sanoati aholi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun energiya manbai, ko‘plab mahsulotlar uchun xomashyo yetkazib beradigan muhim sohadir. Shu bois energetika, neft-gaz, geologiya yo‘nalishlarida chuqur tarkibiy islohotlar, raqobatdoshlikni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi takomillashtirildi, uning tarkibida bo‘lgan «O‘ztransgaz» va «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyatlari alohida tuzilma sifatida qayta tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 18 noyabrdagi «Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, yangi konlarni aniqlash, uglevodorod xomashyosi zaxiralarini rivojlantirishning barcha tashkiliy-moliyaviy jihatlari belgilab berilgan edi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga joriy yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida xorijiy ekspertlarni neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga jalb etib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish lozimligini ta'kidlagan edi. Yangidan tasdiqlangan hukumat oldiga shu borada ustuvor vazifalar qo‘yildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilishda neft-gaz sohasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yaratilgan sharoitlarga qaramay, tizimli muammolar barham topmayotgani, boshqa tarmoqlar rivojiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani ta'kidlab o‘tildi.
«Bir narsani hammamiz tushunib olishimiz lozim. Biz sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tgan uch yilda ko‘pgina chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etdik. Lekin natijalarni tahlil etadigan bo‘lsak, hali neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta'minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz. Shuning uchun, har bir masalaga chuqur e'tibor qaratib, yangicha yondashuvlar asosida samarali ish tizimini tashkil etishimiz kerak. Agar bu vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirmasak, iqtisodiyotimizda ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz», – dedi Prezident.
Korxonalarni modernizatsiya qilish ishlari yetarli emasligi, gaz yetkazib berishda yo‘qotish ko‘pligi hamda uzilishlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Energetika vazirligiga joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yoqilg‘i mahsulotlarini barqaror yetkazib berish uchun 2019 yilgiga nisbatan 4,3 milliard kub metr ko‘p tabiiy gaz qazib olish vazifasi qo‘yildi. Ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berish oralig‘idagi texnologik sarf va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Neft-gaz sohasini isloh qilish bo‘yicha «loyiha ofisi»ga ilg‘or xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish, korxonalarda rahbar xodimlarning maoshini faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlariga (KPI) bog‘lash zarurligi ta'kidlandi. Sohadagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «komplayens nazorat» tizimi joriy etilishi belgilandi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga har bir konning holatini tanqidiy tahlil qilib, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi.
Aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasini barpo etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha 3 ta loyihani yakunlash lozimligi qayd etildi.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarish zavodi qurilishining borishi ko‘rib chiqildi. Soha korxonalarida «raqamli kon», xo‘jalik boshqaruvi va resurslarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish dasturlarini (ERP) joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
«O‘ztransgaz» va «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyatlariga joriy yil iyul oyiga qadar 2,5 mingta yirik iste'molchini tabiiy gaz hisobini yuritishning onlayn tizimiga ulash vazifasi yuklatildi. Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida kamida 2 million iste'molchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan chora-tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha mas'ullar belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |