Mavzu: ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida elou avt qurilmasi yordamida neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish’



Yüklə 54,07 Kb.
səhifə10/10
tarix05.12.2023
ölçüsü54,07 Kb.
#173403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida elou avt qurilmas-fayllar.org

Mehnat xavfsizligi

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ ishlab chiqarish faoliyatida xodimlarning mehnat xavfsizligini ta’minlash, baxtsiz hodisalar va jarohatlanish holatlarini kamaytirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalalarini har qanday tashkiliy va texnik vazifalardan ustun hisoblagan holda ularga ustuvor ahamiyat qaratadi.


Muvofiqlikni baholash

Boshqaruv tizimining natijadorligini baholash auditi, ishlab chiqarish nazorati, korporativ nazoratni o‘z ichiga olgan monitoring natijalari asosida hamda mehnat muhofazasi va ekologiya bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rik tanlovlar davomida amalga oshiriladi.


Pudrat tashkilotlarini boshqarish

Pudrat tashkilotlarning xavfsizlik faoliyati korxonaning sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi faoliyati natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan biridir.


“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ va pudrat tashkilotlar ishchilari yagona standartlar va Xavfsizlik qoidalari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi siyosatga amal qilishlari lozim.
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ muvaffaqiyatli qo‘shma faoliyatni ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi va muhofazasiga doir eng muhim loyihalar va bu boradagi dolzarb vazifalarni muhokama qilish uchun asosiy pudrat tashkilotlar vakillari bilan muntazam asosda uchrashuvlar o‘tkazadi va ularga jiddiy muammolarni hal etish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ pudrat tashkilotlarning shartnoma majburiyatlari tuzilmaguncha ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsiz xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini faol ravishda baholab boradi.
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ pudrat tashkilotlar bilan hamkorlikda XQ (Xavfsizlik qoidalari), OT va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi talablarning aniqligi va muvofiqligini ta’minlash ustida ish olib boradi; pudratchilar bilan birga XQ (Xavfsizlik qoidalari), OT va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xavflarni baholash hamda kelishilgan muddatda bunday xavflarni bartaraf etish yoki kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar qabul qilish ishlarida ishtirok etadi.
http://fayllar.org
Yüklə 54,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin