Mavzu: Fayl tizimlarini tashkil etish



Yüklə 475,3 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü475,3 Kb.
#183274
  1   2   3   4
4-Amaliy ish Mavzu Fayl tizimlarini tashkil etish


4-amaliy ish

Mavzu: Fayl tizimlarini tashkil etish


Ishdan maqsad: Maxfiylik darajasi har xil bo'lgan hujjatlar (fayllar) ga kirish darajasi har xil bo'lgan foydalanuvchilar hisoblari uchun OT fayl tizimining kataloglariga kirishni mandatli boshqaruvi va yaxlitligini mandatli nazorat qilish xususiyatlarini o'rganish.

Qisqacha nazariy ma’lumotlar


OTda kirishni mandatli boshqarish fayl tizimiga faqat ixtiyoriy kirish huquqlarini emas, balki MROSL DP modelida aniqlangan qo'shimcha maxsus atributlarga ega bo'lgan fayl teglarini saqlash orqali kiritiladi. Har bir fayl tizimi subyektining kirishni mandatli boshqarish va yaxlitligini nazorat qilish parametrlari mavjud:

  • maxfiylik darajasi;

  • ierarxik bo'lmagan toifalar to'plami;

  • yaxlitlik darajasi;

  • maxsus atributlar (CCNR, CCNRI, E_Hole, W_Hole).

Fayl tizimi subyektlari bilan ishlashda maxsus atributlar quyidagicha ko'rsatiladi: agar EHole atributi o'rnatilgan bo'lsa, u holda ehole (W_Hole uchun whole), CCNR va CCNRI uchun ko'rsatiladi - mos ravishda ccnr va ccnri; agar CCNR va CCNRI o'rnatilgan bo'lsa, CCNRA ko'rsatiladi.
Maxsus CCNR atributi katalogning maxfiylik darajasini hisobga olmagan holda konteynerning ichki qismiga kirishga (katalog mazmunini o'qishga) ruxsat beradi. CCNRI atributi xuddi shu tarzda ishlatiladi, faqat mandatli yaxlitlik darajasi bilan ishlaydi.
Fayl tizimi subyektida mandatli yaxlitlik belgilarining mavjudligi OT xavfsizligiga ta'sir qiluvchi fayllarni ruxsatsiz o'zgartirishdan himoyalanishni yanada kuchaytirish imkonini beradi. Bu fayl tizimining muhim ob'ektlari (fayllari) uchun yaxlitlik darajasini "Высокий" ga o'rnatish orqali amalga oshiriladi, bu esa yaxlitligi past bo'lgan jarayonlarni bunday fayllarni o'zgartirish yoki o'chirishga to'sqinlik qiladi.
Mandatli kirishni boshqarish va fayl tizimining yaxlitligini mandatli nazorat qilish parametrlarini boshqarish uchun quyidagi buyruqlar va grafik yordamchi dasturlardan foydalaniladi:

  • pdpl-file - fayl tizimi ob'ektlarining kirishni mandatli boshqarish parametrlarini o'zgartirish buyrug'i;

  • userlev - OTda o'rnatilgan kirish darajasini ko'rish va tahrir qilish buyrug'i;

  • fly-admin-smc - bu foydalanuvchi va guruh hisoblarini boshqarishning barcha vazifalarini, shu jumladan kirishni mandatli boshqarish va yaxlitlikni nazorat qilish parametrlarini boshqarishga imkon beradigan grafik yordamchi dastur.


Yüklə 475,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin