SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MUSIQA TA’LIM YO’NALISHI 1-21-GURUH TALABASI NUSRATOVA CHAROSNING “YOSH ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI” FANIDAN MUSTAQIL ISHI

Qon tomirlar katta-kichik shakldagi naylar tizimidan tuzilgan bo’lib, qonni barcha a’zo va to’qimalarga yetkazib berish va qonni faqat qon tomirlarda oqishini ta’minlaydi. Qon tomirlarga arteriyalar, arteriolalar, qon kapillyarlari(gemokapillyarlar), venullalar, venalar va arteriolavenullar anastomozlar kiradi.

Tomirlar devorining tuzilishi. Kapillyarlardan tashqari boshqa qon tomirlarining devori bir xil qavatlardan iborat bo’ladi. Ammo, ular ham bir biridan bir necha xil xususiyatlari bilan farqlanadi. Tomirlar devori qavatlari: Ichki – tunica intima; O’rta – tunica media; Tashqi – tunica externa seu adventitia.

Tomirlarning ichki qavati endoteliy, endoteliy osti qavati va elastik tolalardan iborat. Endoteliy epiteliy to’qimasining maxsus turi bo’lib, qon va to’qima suyuqligi o’rtasida yarimo’tkazgich vazifasini bajaradi. Endoteliy bazal membranada yotadi.
Tomirlar ichki devorida bir tekis joylashadi, yadrosi bor qismi bo’rtib turadi. Tomir endoteliysining vazifalari turlicha:

O’zidan antitrombotik omil ishlab chiqaradi. U qonning qon tomirlar ichida ivib qolmasligini ta’minlaydi.
Mahalliy qon tomirlari tonusini va qon oqishini ta’minlab turadi.
Ular immun hamda yallig’lanish jarayonlarida ishtirok etadi. Ular maxsus moddalar ishlab chiqaradi, ular interleykinlar deyiladi. Ular yallig’lanish o’chog’ida leykotsitlarning faollashishini ta’minlaydi.
Endoteliy osti qavati siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, o’zida ko’p miqdorda yulduzsimon hujayralar ham tutadi. Bu qavatda shuningdek, ko’ndalang yo’nalgan mushak hujayralarini ham uchratish mumkin. Endoteliy osti qavatidan chuqurroqda siyrak elastik tolalar qavati joylashgan bo’lib, ular halqasiman va bo’ylama tartibda joylashgan. Tomirlarning o’rta qavati halqasimon joylashgan mushak tolalari va ular orasidagi elastik va to’rsimon tolalardan iborat.

Tomirlarning tashqi ya’ni adventitsial qavati shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, unda ko’p miqdorda kollagen va elastik tolalar bo’ladi. Tomirlarning tashqi qavati boshqa a’zolarning biriktiruvchi to’qimasi bilan qo’shilib ketadi. Tashqi qavatda tomirlarning tomiri(vasa vasorum) va nervi(nervi vasorum) joylashgan bo’ladi. Ular tomir devorining oziqlanishi va inervatsiyasini ta’minlaydi. Arteriyalar devorining tuzilishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi: elastik tipdagi, mushak-elastik tipdagi va mushak tipidagi arteriyalar.

Arteriol-venulyar anastomozlar, u shunday tizimki, arteriyalarda oqayotgan qon kapillyarlarga quyilmasdan to’g’ridan to’g’ri venalarga o’tib ketadi. Tomirlardagi qon oqimining boshqarilishida va qon bosimini me’yorida ushlab turishda katta ahamiyatga ega. Ular tufayli qon a’zolarga keraklicha yetkaziladi.