Qon va qonning shaklli elementlari eritrotsitlar leykotsitlar trombotsitlar



Yüklə 19,55 Kb.
tarix15.04.2023
ölçüsü19,55 Kb.
#98596
Qon va qonning shaklli elementlari eritrotsitlar leykotsitlar trombotsitlar.


Qon va qonning shaklli elementlari eritrotsitlar leykotsitlar trombotsitlar.
Qon qizil rangli kuchsiz, ishqoriy reaktsiyaga ega bo'lgan, nordonroq mazali, suyuq biriktiruvchi to'qimadir. Katta yoshdagi odamda 5 litrga yaqin qon bo'ladi (tana og'irligining 5-9 %ni qon tashkil qiladi). Lekin organizmdagi qonning taxminan yarmi qon tomirlarida oqib yuradi, qolgani qon depolari (jigar taloq va teri kapillyarlari)da saqlanib turadi. Qonning deyarli 20% jigarda, 6% taloqda va 10% terida bo'ladi. Tomirlarda qon miqdori kamayganda (jarohatlar natijasida) yoki muskullar harakat qilganda, odam kuchli hayajonlanganida qon depolardan tomirlarga o'tib, tomirlarda aylanib yuradigan qon miqdori oshadi. Qon organizmda xilma-xil funktsiyalarni bajaradi:
1) qon hujayra va to'qimalarga oziq moddalar va kislorod olib kelib, moddalar almashinuvi vaqtida to'qimalarda hosil bo'lgan keraksiz va zararli parchalanish mahsulotlarini olib ketadi.
2) qon ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqqan, organlarning ishiga ta’sir etadigan garmonlarni organizmga tarqatadi.
3) qon tarkibidagi hujayralar (fagotsitlar) va maxsus moddalar (antitelolar) organizmga tushgan yot, zararli va kasallik qo'zgatuvchi mikroblardan organizmni himoya qiladi.
4) qon ichki organlar orasida issiqlikni tartibga soluvchi va gavda temperaturasining nisbatan turg'unligini saqlashda ishtirok etadi.
5) qon hujayra va to'qimalarning ishlashi uchun qulay sharoit tug'diradi. Organlarni bir-biri bilan bog'lab, organizmning bir butunligini ta’minlaydi.
Qon hujayra va to'qimalar bilan bevosita aloqada bo'lmaydi. Shu sababli qon bilan kelgan, suvda erigan oziq moddalar va kislorod avvalo hujayra va to'qimalar orasidagi suyuqlikka tushib, undan hujayralarga o'tadi. Hujayralarda hosil bo'lgan parchalanish mahsulotlari, aksincha qonga o'tadi. Qon plazmaning bir qismi tomirlari devoridan hujayra va to'qimalar orasiga o'tib, to'qimalararo suyuqlikni hosil qiladi va to'qimalararo bo'shliqdan maxsus limfa tomirlariga o'tib, yurakka yaqin joyda qonga ko'shiladi. Limfaning harakat qilishi hujayralarning oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlanib turishida katta rolь o'ynaydi.
Qonning tarkibi va xossalari sog'lom odamda deyarli o'zgarmaydi. Qon ikki qismdan: qon plazmasi va qonining shakli elementlaridan iborat. qon plazmasi qon hajmining 60% ni tashkil etadi. Unda 90- 92 % suv va 8- 10 % quruq qoldiq bo'ladi. Kuruk qoldiqda 6,8 - 8,2 % oqsil, 0,1- 0,12 % glyukoza, 0,17 % aminokislotalar, moddalar almashinuvi mahsulotlari, har xil fermentlar va garmonlar bor. Oqsillar organik moddalarning ko'p qismini tashkil etadi. Plazmadagi oqsillarga alьbumin, globulin, va fibrinogen kiradi. Fibrinogen qon ivishida ishtirok etgani sababli ayniqsa katta ahamiyatga ega. Qon ivishida plazma fermentlaridan protrombin ham katta rolь o'ynaydi. Quruq qoldiqning taxminan 1 % anorganik moddalar (natriy, kaliy, kalьtsiy, magniy, fosfor tuzlari va boshqallar)dan iborat. Bu mineral tuzlar plazmadagi osmotik bosimni tartibga solib turadi. Osmotik bosim deb - suyuqlikda erigan moddalar ko'rsatadigan bosimga aytiladi. Hujayra va to'qimalarning normal yashashi uchun osmotik bosim ham past bo'ladi. Plazmaning osmotik bosimi o'zgargan sharoitda qon hujayralari yashay olmaydi, bujmayib nobud bo'ladi yoki yorilib ketadi.
Qizilqon qon hujayralarining yorilishi gemoliz deyiladi. Plazmadagi barcha tuzlar qontsentratsiyasiga muvofiq qilib tayyorlangan eritma fiziologik eritma deyiladi. Issiqqonli hayvonlar uchun 0,9 % va sovuqqonli hayvonlar uchun 0,6% li NaS1 eritmasi fiziologik eritmaga misol bo'ladi.
Qizil qon tanachalari -eritrotsitlar oq qon tanachalari-leykotsitlar va qon plastinkallari- trombotsitlar qonning shakliy elementlariga kiradi.
2. Shaklli elementlarning vazifalari, 1 ml qondagi soni, ularning tuzilishi, tarkibi. Leykotsitlar formula, fagotsitoz. Eritrotsitlar yadrosiz, ikki tomoni botiq, qo'lchasimon qizil qon hujayralaridir. 1 mm3 qonda o'rta hisobda erkaklarda 4-5 ml, ayollarda 3,9-4,7 ml eritrotsit bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ertirotsitlar soni kamayib (3,5-4 ml), bir yoshdan oshganda kattalar qonidagi miqdorga yetadi. Odam oragnizmida eritrotsitlar juda ko'p. Agar ularni bir qator qilib ipga tizsak, uzunligi 187000 km ga yetadigan zanjir hosil bo'ladi yoki ustma - ust qilib taxlasak, balandligi 62000 kmli ustun hosil bo'ladi. Qondagi eritrotsitlarning umumiy satxi 3500 m2, gavdamizning umumiy satxi esa faqat 2 m.
Eritrotsitlar miqdori har doim bir xil bo'lmaydi. Ba’zi fiziologik sharoitda ( jismoniy ish bajarganda,
balandlikka chiqqanda, yugurganda va boshqallarda) va kasalliklar vaqtida eritrotsitlar miqdori o'zgaradi. Eritrotsitlar miqdorining oshishi politsetemiya, kamayishi eritropeniya deb ataladi. Eritrotsitlar maxsus sanoq kameralari yordamida aniqlanadi. Eritrotsitlar organizmda katta ahamiyatga ega. Ular o'pkadan to'qimalarga kislorod olib borib, to'qimalarda bo'lgan hosil bo'lgan karbonat angidridni o'pkaga olib keladi. Eritrotsitlar tsitoplazmasidagi rang beruvchi maxsus modda - gemoglobin tarkibida temir bo'lib, gemoglobin qonning gaz tashish vazifasini bajaradi. Qon o'pka kapillyarlaridan o'tayotganda gemoglobin o'ziga kislorodni biriktiradi. Bunday gemoglobin oksigemoglobin (NVO) deyiladi. Qon organlarga kelganda kislorod to'qimalarga o'tadi. Kislorodni o'zidan ajratgan gemoglobin qaytarilgan gemoglobindir. Gemoglobin kisloroddan tashqari, gazlar, masalan, is gazi (SO) bilan birikadi va karboksigemoglobin (NVSO)ni hosil qiladi. Qondagi 70% gemoglobin is gazi bilan birikkanda organizm zaharlanib, odam o'ladi. Uning bu xususiyati kislorod bilan birikishiga nisbatan 250 marta ortiq, havoda 16% kislorod va 0,10% is gazi bo'lsa, gemoglobinning 80% i karboksigemoglobinga aylanadi, aks holda is gazining miqdori 1% bo'lsa, 95% gemoglobin is gazi bilan birikadi. Amilnitrit, bertole tuzi va boshqa moddalardan zaharlanganda gemoglobin kislorod bilan mustahkam birikma - metgemoglobin(NVO) hosil bo'ladi. Buning natijasida to'qimalar kislorodsiz qolib, odam halok bo'ladi. Qonda o'rta hisobda 13 -14% (100g-qonda 14g) gemoglobin bo'lib, uning miqdorini gemometr yoki gemoglobinometr (asbob) yordamida aniqlanadi. Eritrotsitlarning ko'chish reaktsiyasi (ROE-SOE). Turli kasalliklarga diagnoz qo'yishda eritrotsitlarning cho'kish reaktsiyasini aniqlash katta ahamiyatga ega. ROE qon plazmasidagi alьbumin bilan globulininng o'zaro nisbatiga hamda eritrotsitlar soniga bog'liq. Qonda eritrotsitlarning soni qancha ko'p bo'lsa, ular shuncha sekin cho'kadi. ROE Panchenkov asbobida aniqlanadi. Odatda, erkaklarda ROE bir soatda 3-9 mm, ayollarda 7-12 mm bo'ladi. Ba’zi kasalliklarda eritrotsitlarning cho'kish reaktsiyasi o'zgaradi. Masalan, sil, nur va organizmdagi boshqa o'zgarishlar yuz berganda eritrotsitlarning cho'kish reaktsiyasi oshadi, nur kasalligida ROE soatiga 80 mm bo'ladi. Eritrotsitlar qonda o'rta hisobda 130 kun yashaydi, keyin asosan taloq va jigarda parchalanib ketadi (har sekundda 10 000 000 chamasi eritrotsit parchalanadi). Demak, odam bir kunda 350 mlliard eritrotsit yoki 25 g gemoglobin yo'qotadi. Parchalangan eritrotsitlar o'rniga ko'mik to'qimasi hujayralaridan yangi eritrotsitlar hosil bo'ladi va ular shu yerda yetiladi. Eritrotsitlarda avval yadro bo'ladi. Yetilish protsessida yadro yo'qoladi, shundan keyingina eritrotsitlar qonga qo'shiladi. Ko'p qon yo'qotilganda, ko'mik to'qimasining funktsiyasi buzilganda ba’zan qonda yadroli eritrotsitlar paydo bo'ladi. Leykotsitlar - yadroli qon hujayralari miqdori eritrotsitlar miqdoriga nisbatan 100 barobar kam. Bir mm qonda atigi 4-9 ming leykotsit bor. Ularning miqdori doim o'zgaradi, ovqat yegandan keyin, jismoniy ish bajarganda, xomiladorlar va boshqa ba’zi bir kasalliklarda leykotsitlar miqdori ko'payadi. Qonda leykotsitlar miqdorining ko'payishi leykotsitos, kamayishi leykopeniya deyiladi. Leykotsitlar ikki xil: donador leykotsitlar yoki granulotsitlar va donasiz leykotsitlar yoki agranulotsitlar bo'ladi. Granulotsitlarga neytrofillar, iozinofillar va bazofillar kiradi. Neytrofillar yetilishi va yadrosining shakliga qarab, o'z navbatida yosh, tayoqchasimon yadroli va segment yadroli neytrofillarga bo'linadi. Tsitoplazmasi donasiz agranulitsitlarga, monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Bu hujayralarning yirik yadrosini yupqa qavat tsitoplazma o'rab turadi. Har xil leykotsitlar miqdorining protsent nisbati leykotsitar formula deb ataladi. Leykotsitar formulani aniqlash klinikada katta ahamiyatga ega. Har xil kasalliklar davrida faqat bemor qonidagi leykotsitlarning umumiy miqdori emas, balki leykotsitlar to'rining protsent nisbati ham o'zgaradi. Masalan, nur kasalligi leykotsitlarning, ayniqsa limfotsitlarning kamayishi (limfopeniya) bilan xarakterlanadi. Gijja kasalliklarida eozinofillar, yallig'lanish protsessida neytrofillar ko'payib ketadi va hokazo. Leykotsitlar organizmni zararli mikroblardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Ular qon tomirlarining tashqarisiga chiqib, organizmning bir joydan ikkinchi joyga harakat qilish xususiyatiga ega. Leykotsitlar soxta oyoqlar chiqarib, amyobalarga o'xshab siljiydi. Mazkur organizmdagi biror to'qima mikroblar yoki yot moddalar kirib qolsa, shu joyga juda ko'p leykotsitlar keladi. Ular mikroorganizmga yaqinlashgach, soxta oyoqlari yordamida uni har tomondan o'rab oladi va yutib, tsitoplazmada hazm qilib yuboradi. Leykotsitlar mikroorganizmalar bilan kurashganda ko'pincha o'zi ham nobud bo'lib, yiring hosil qiladi. Mikroblar va yod moddalarni hazm qilish xususiyatiga ega leykotsitlarni atoqli rus olimi I.I. Mechnikov (1845-1916) fagotsitlar deb, leykotsitlar mikroblar va har xil zararli moddalarni yutib yuborishini esa fagositoz deb atagan. Leykotsitlardan tashqari, organizmdagi va har xil moddalar ham organizmni himoya qilish funktsiyasini bajaradi. Organizmga tushgan mikroblar, viruslar, ular zahari va boshqa moddalar antigenlar deb ataladi. Har qaysi antigenga qarshi organizmda maxsus himoya moddasi - antitola hosil bo'ladi. Antitolalar bir necha xil: antitoksinlar, lizinlar va boshqalar bo'ladi. Leykotsitlar qonda 2-4 kunda 12- 15 kungacha yashaydi. Yangi leykotsitlar qizil ilikda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo'ladi.
Trombotsitlar. Har xil shakldagi mayda (Zu) qon palstinkallaridir. 1 mm3 qonda taxminan 200-400 ming trombotsit bo'ladi. Trombotsitlar tarkibida qonning ivishida ishtirok etadigan modda - trombokinaza bor. Trombotsitlar o'rta hisobda 8-11 kun yashaydi.
Yüklə 19,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin