Referat terapiya O`quvchi



Yüklə 27,84 Kb.
səhifə1/7
tarix23.02.2023
ölçüsü27,84 Kb.
#85280
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
REFERAT-2 (10)


REFERAT
Terapiya


O`quvchi: ______________


O`qituvchi:_____________

ALLERGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
Allergiya (qad. yun. ἄλλος — yot, begona + ἔργον — ta’sir) — immunopatologik jarayon bo’lib, organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo’lgan, masalan, hayvonlar juni, chang yoki ari zahari kabi moddalarga immun tizimining reaktsiyasidir.
Allergik reaktsiyani keltirib chiqaradigan modda «allergen» deb ataladi. Buday moddalar oziq-ovqat, ichimliklar va atrof-muhitda mavjud bo’ladi. Ularning aksariyati zararsiz, ya’ni ko’pchilikda allergiya chaqirmaydi.
Epidemiologiya
Allergiya yer yuzida juda keng tarqalgan patologiya. Sog’liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotiga binoan Shimoliy Amerika va G’arbiy Yevropada taxminan 20% odamlar pollinozga (allergik rinokonyuktivit, allergik rinit) duchor bo’lishgan.
Butun dunyoda allergiya bilan kasallanganlar soni oshishi kuzatilmoqda. «Allergy UK» ma’lumotlariga ko’ra, taxminan 30-40% odamlar hayotining muayyan bir qismida allergiyaga to’qnash keladi. Ushbu holatdan bolalar eng ko’p aziyat chekadi, ayniqsa oziq-ovqatga nisbatan.
Allergiya rivojlanishi sabablari
Inson immuniteti allergenga patogen (tashqi zararli moddalar) deb javob beradi va uni begona bakteriya, virus, zamburug’ yoki toksin kabi yo’q qilishga harakat qiladi. Biroq allergenning o’zi zararli emas, shunchaki immun tizimi bu moddaga juda sezgir bo’lib qolgan.
Immun tizimi allergen ta’sir qilganda uni yo’q qilish uchun antitanalar turi — immunoglobulin E (IgE) chiqaradi. U esa o’z navbatida organizmda allergik reaktsiyaga olib keladigan kimyoviy moddalar ajratadi.
Ushbu kimyoviy moddalardan biri gistamin deb ataladi. Gistamin mushaklarning qisqarishiga olib keladi, shu jumladan qon tomirlarining devorlari va nafas yo’llarida ham. U shuningdek burunda shilliq ajralishiga hissa qo’shadi.
Patologiyaning noxush alomatlarida bemor allergenni ayblaydi — do’stining uy hayvoni, o’simlik changi yoki changni. Biroq, bu noto’g’ri tushuncha. Muammo patologiyani qo’zg’atgan moddada emas, balki bemorning immun tizimida yotadi.
1989-yilda David P. Strachan tomonidan ilgari surilgan Gigienaning ta’siri nazariyasiga ko’ra, gigiena qoidalariga amal qilishga o’tish inson organizmnining ko’plab antigenlar bilan aloqa qilishini oldini oladi. Bu esa immun tizimiga yetarlicha yuk tushmaslikka sabab bo’ladi (ayniqsa bolalarda).
Inson organizmni doimo muayyan xavfga qarshi kurashishga moslashgan qilib yaratilganligi bois, xavf bo’lmaganda immun tizimi bexatar sanaladigan moddalarga ham reaktsiya qila boshlaydi. Ushbu nazariya angliyada ko’p farzandli oilalaridagi bolalar bitta farzandli oilalardagi bolalarga nisbatan ekzema va allergik rinit bilan kamroq kasallanishi sababini tushuntirib berish uchun ishlab chiqilgandi.
Alomatlari
Bemor allergen bilan to’qnashganda reaktsiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oshiradi. Vaqt o’tib, organizm o’ziga xos yuqori sezgirlikka ega bo’ladi — bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi.
Sensibilizatsiya bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Ko’pgina holatlarda sezuvchanlik jarayoni oxirigacha yakunlanmaydi va bemorda ba’zi alomatlar yuz beradi, ammo to’liq allergik reaktsiya kuzatilmaydi.
Immun tizimi allergenga ta’sir qilganda, yallig’lanish va qo’zgalish xususiyati paydo bo’ladi. Namoyon bo’ladigan belgi va alomatlar uning turiga bog’liq. Allergik reaktsiyalar ichakda (ovqat hazm qilish tizimi), terida, sinuslarda, havo yo’llarida, ko’zlar va burun yo’llarida paydo bo’lishi mumkin.

Yüklə 27,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin