Mavzu: Idrok turlari



Yüklə 350,6 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü350,6 Kb.
#158706
adabiy til meyorlari

Ozbek adabiy tili meyorlari.

Tayyorladi: Ahmedov Jasur Abdusalom o’g’li ped psixalogiya 303 guruh talabasi

Reja:

  • 1.Fonetk meyor.
  • 2.Leksik-semantik meyor.
  • 3.Orfografik va orfoepik meyor.
  • 4.Morfologik va sintaktik meyor.

ADABIY tili mEyorlari .

  • Adabiy meyor til unsurlaridan til sistemasi qonuniyatlariga uygun,jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiyamaliyot va ananaga muvofiq holda foydalanish qoidalaridir. Adabiymeyorning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatdagi nutqiy amaliyot,ayniqsa, atoqli yozuvchilar soz ustalari hal qiluvchi rol oynaydi. Xuddishu amaliyotda barqarorlashgan soz (yoki boshqa lisoniy birlik)ni qollashdoimiy qoida shaklini oladi. Qizigi shundaki, adabiy til meyori nutqiyamaliyotdan olinadi va yana shu amaliyotni boshqarishga xizmat qiladi. Tilmeyorlari milliy til birligi, butunligining bosh omillaridanhisoblanadi. Ayni shu meyorlar kop shevali ozbek milliy tili egalariningnutqiy muloqotini birlashtiradi. Til meyorining ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganish, ozbek tili nutq madaniyati muammolarini nazariy jihatdan asoslashning muhim shartlaridan biridir. Chunki «til meyori -nutq madaniyati nazariyasining markaziy tushunchasidir». Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, adabiy til meyorlarining umumiy holatani, undagi turgun va noturgun hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib, adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish, adabiy - meyoriy tavsiflar berish mumkin emas.

B.N.Golovin: «Meyor - bu til birliklarni ozaro yaxshi tushunish zarurati tufayli undan foydalaniladigan xalq tomonidan yaratilgan, til qurilishining amalda bolgan xususiyatidir.Aynan mana shu zaruriyat til sistemasining yagonaligiga erishish yolida odamlarga biron variantni maqul ko‘rish, boshqasidan voz kechish istagini tug‘diradi».Demak, meyor deganda til unsurlarining xalq o‘rtasida kopchilikka maqul bolgan variantini qollash tushuniladi.Meyor tushunchasi til taraqqiyoti bilan bogliq bolib, tilda turgunlik kasb etadi va uzoq muddat yashaydi. Lekin bu meyor ozgarmas hodisa degan xulosaga olib kelmaydi. Davr ozgarishi bilan odamlarning bilishi, dunyoqarashi, hayotga bolgan talabi ozgarishi bilan meyor ham ozgarib boradi. Demak, meyor davr xarakteriga egadir. Meyor tilning taraqqiyot qonunlari bilan, jamiyat taraqqiyot qonunlari bilan bogliq.Kopchilik tilshunoslar meyorni faqat adabiy tilga nisbat berib tushunadilar. Bu esa meyorni tor manoda tushunishga olib keladi.Rus tilshunosi V.A.Iskovich fikricha, meyor hodisasi tilning barcha yashash shakllari uchun xosdir. Umumtil boyligi doirasida qaraladigan dialektizmlar, sheva unsurlari, jargon va argolar, kasb - hunarga oid kopgina sozlar ozbek xalqining hammasiga tushunarli bolmasa ham, osha sheva va lahjalarda sozlashuvdagi kishilar yoki malum ijtimoiy guruh uchun tushunarlidir. Masalan, doppi: Samarqandda qalpoq, Xorazmda takya, Buxoroda kallaposh, Fargona va Toshkentda doppi deyish shu lahjalar uchun meyor hisoblanadi. Shuning uchun ham bazi tilshunoslar meyorni ikkiga bolib organishni tavsiya qiladilar.1. Umumiy meyor; 2. Xususiy meyor
Umumiy meyor qardosh tillarga nisbatan belgilanadi. Ozbeklar nutqini qardosh tillardan ajratib turuvchi meyorlar ozbek tilining umumiy meyoridir. Bu meyorga juda qattiq amal qilinadi. Uni buzish til bergan imkoniyatlardan chetga chiqish boladi.Umumiy meyor bir tilning boshqa tillardan ajratuvchi meyorlar bilan birga tilning ichki meyorlarini ham oz ichiga oladi. Umumiy meyor xususiy meyordan tarkib topadi.Xususiy meyor muayyan nutq shakllarida amal qiladigan meyorlar bolib, u umumiy meyorning nutqiy korinishlaridir.Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, ozbek tilining quyidagi xususiy meyorlari haqida gapirish mumkin:1. Ozbek adabiy tili meyori; 2. Ozbek lahja va shevalar meyori; (dialektal meyor)3. Ozbek sozlashuv nutqi meyori;4. Ozbek tilining ijtimoiy tarmoqlari, yani «ijtimoiy dialektlar», «ijtimoiy argolar» meyori.Bulardan bizni adabiy til meyori qiziqtiradi. Ana shu meyor tufayli til yuqorida takidlaganimizdek, umumxalq tilining yashash shakllaridan farq qiladi.Til elementlarining meyoriy holatga keltirishga intilish adabiy tilga xos xususiyatdir, bu jarayon muntazam davom etadi. Adabiy meyor oz holicha shakllanadi. Uning shakllanishi va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, shevalar turlicha hissa qoshadilar.Xalqning madaniyati yuksalib borgan sari meyorni tashkil etuvchi til vositalari qollash jihatdan barqarorlashib, mustahkamlanib boradi. Demak, meyor malum bir til jamoasida mustahkam qollanib kelayotgan lisoniy hodisalar yigindisidir. Meyor til qurilish unsurlarning hammasiga tegishlidir. Shunga kora ozbek adabiy tilining aniq meyorlari quyidagicha belgilanadi:1. Fonetik meyorlar; 2. Talaffuz meyorlari; 3. Soz yasash meyorlari; 4. Morfologik meyor; 5. Sintaktik meyor; 6. Uslubiy meyor;7. Lugaviy meyor; 8. Punktuatsion meyor.
Fonetik meyor. Hozirgi adabiy til uchun 6 ta unli va 25 ta undosh tovushni qollanishi meyor hisoblanadi. Talaffuz meyori. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakli bolgani kabi, nutqda ham imloviy hamda talaffuz meyorlari mavjud. Adabiy talaffuz meyori til birliklarining ogzaki nutq jarayonida adabiy til meyoriga muvofiq kelishidir. Yozuv tufayli ozbek tilining imloviy meyori anchagina durust holga keltirildi, lekin talaffuzda har xilliklar davom etib kelmoqda va bu hol ozbek tili nutq madaniyatiga tasir korsatmoqda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:1. Adabiy tilning ogzaki meyorlarini barcha bir xilda mukammal egallay olmagani sezilib turadi. Ogzaki adabiy tilni egallash yozma adabiy tildan foydalanishga kora sustroq.2. Adabiy tidda sozlovchilar nutqida mahalliy shevalar tasiri kuchli. Bu ayniqsa, lahjaviy talaffuz va lahjaviy aksentlarda sezilib turadi.3. Ozbek adabiy talaffuzi doirasidagi kozga tashlanuvchi xususiyatlardan biri keksa yoki yosh avlod nutqidagi tafovutdir.4. Adabiy tilning ogzaki shakli meyorlarining qatiylashuvida yozma nutq, yozilgan matnlar, talaffuz va imlo lugatlari ijobiy rol oynab keldi.
Grammatik meyor. Tilshunoslikning nazariy jihatdan bir muncha mukammal ishlangan, soz shakllari, qoshimchalar, soz birikmalari va gap tuzilishi ancha meyorlashtirilgan bolimi grammatikadir. Adabiy til uchun turlovchi, tuslovchi hamda soz yasovchi qoshimchalarning eng maqul variantlari shevalar bilan qiyoslangan holda tavsiya etilgan va morfologik meyor sifatida berilgan. Lekin nutqda bu meyorlarning buzilish hollari uchraydi. Kopincha qaratqich va tushum kelishigi qoshimchalari farqlanmaydi, - li va - lik qoshimchalarini qollashda qorishtirish hollari uchraydi: xorazmli paxtakorlar, xorazmlik paxtakorlar.Adabiy tilning soz yasash shakllari ham shevalardan farqlanadi: olaylik olayli, ketaylik - ketayli. Shevalardagi soz yasovchi qoshimchalar soni adabiy tilga nisbatan kop. Yaxshi, namunaviy nutqqa qoyiladigan talab uning grammatik jihatdan togri bolishidir. Bu jihatdan ogzaki va yozma nutq hamda sheriy nutq oziga xos farqlarga ega. Har qanday holatda gap tuzish qoidalarini yaxshi bilish va ulardan togri foydalana bilish zarur. Inversiyaning haddan tashqari qollanishi ham sintaktik meyorning buzilishiga olib keladi.
Imloviy meyor. Imloviy meyor, yani yozuv meyori adabiy tilning madaniylik darajasini boshlab beruvchi asosiy mezondir. Imloviy meyor til vakillari tomonidan kelishilgan holda yuzaga keltiriladi va unga amal qilinishi maxsus qoidalar orqali yolga qoyiladi. Meyor sifatida tavsiya etilgan til unsurlaridan foydalaning millat vakillari uchun majburiy sanaladi.Imlo qoidalari 1995 -yil 24 avgustda tasdiqlandi. Mazkur imlo qoidada 1956 -yil imlo qoidalaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilindi.Imloviy meyorning mustahkamlanishida lugatlarning roli benihoya katta ekanligini qayd etish zarur.
Lugaviy meyor. Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal qilish qonuniyatlaridan kelib chiqib soz tanlash imkoniyatlari uning leksik meyorini belgilaydi. Adabiy til xalq tilida mavjud bolgan soz variantlaridan eng maqulini yani hamma uchun tushunarli bolgan korinishlarini tanlab olib, meyor sifatida takdim etadi. Qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda ijtimoiy guruhlar tilida yashayveradi.Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan ozgarishlar, yangiliklar eng avvalo leksikada oz ifodasini topadi. Shu tufayli ham leksikaning boyib borishi ham tildagi boshqa unsurlarga karaganda bir muncha faoldir.

Semantik - uslubiy meyor. Soz bir yoki bir nechta manoda bolishi mumkin. Soz manolarining qaysi biri hozirgi ozbek adabiy tili uchun meyor ekanligini belgilash Semantik meyor hisoblanadi. Sozlarning manosi tilning izohli, ikki tilli va atama lugatlarda oz ifodasini topadi.Adabiy tilning uslubiy meyori til birliklarining nutqda vaziyat kozda tutilgan maqsaddan kelib chiqib eng maqulini qollash zaruriyatidan paydo boladi. Shu manoda uslubiyat deganda, soz qollash mahorati ham tushuniladi.Tilning uslubiy meyorini belgilashda til birligi qollanilayotgan kontekstga qarab hukm chiqarish eng togri yoldir. Chunki har bir birlik nutq jarayonida ozining u yoki bu stilistik imkoniyatini namoyish etadi. Tilda esa bunday imkoniyat cheksizdir.Xullas, meyor tilning ijtimoiy vazifa bajarishining asosiy sharti bolib, unga amal qilish, shu tilda sozlovchilar va yozuvchilar uchun majburdir. Ozbek tilining qanchalik meyorga keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy ozbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir.

  • Semantik - uslubiy meyor. Soz bir yoki bir nechta manoda bolishi mumkin. Soz manolarining qaysi biri hozirgi ozbek adabiy tili uchun meyor ekanligini belgilash Semantik meyor hisoblanadi. Sozlarning manosi tilning izohli, ikki tilli va atama lugatlarda oz ifodasini topadi.Adabiy tilning uslubiy meyori til birliklarining nutqda vaziyat kozda tutilgan maqsaddan kelib chiqib eng maqulini qollash zaruriyatidan paydo boladi. Shu manoda uslubiyat deganda, soz qollash mahorati ham tushuniladi.Tilning uslubiy meyorini belgilashda til birligi qollanilayotgan kontekstga qarab hukm chiqarish eng togri yoldir. Chunki har bir birlik nutq jarayonida ozining u yoki bu stilistik imkoniyatini namoyish etadi. Tilda esa bunday imkoniyat cheksizdir.Xullas, meyor tilning ijtimoiy vazifa bajarishining asosiy sharti bolib, unga amal qilish, shu tilda sozlovchilar va yozuvchilar uchun majburdir. Ozbek tilining qanchalik meyorga keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy ozbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 350,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin