Mavzu: ikkinchi darajali bo'laklar



Yüklə 84,64 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü84,64 Kb.
#97147
IKKINCHI DARAJALI BO\'LAKLAR

Turon zarmed universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti 4-13BTS-22 guruh talabasi Olimova Mushtariyning ona tili- o’qish savodxonligi va uni o’qitish metodikasi fanidan taqdimoti

Mavzu: IKKINCHI DARAJALI BO'LAKLAR


GAP
BO’LAKLARI
BOSH
BOLAKLAR
IKKINCHI
DARAJALI BO’LAKLAR
BOSH BOLAKLAR
EGA
KESIM
IKKINCHI
DARAJALI BO’LAKLAR
TO’LDIRUVCHI
ANIQLOVCHI
HOL
Ikkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklar orqali ifoda qilingan gapning asosiy mazmum\nini aniqlab, to’dirib, izohlab keladi.
Masalan:
Qahraton qishning achchiq sovug’i badanni achitardi. (R.F).
Yoki
Opa-singil uyda onalarining majlisdan kelish kutar edilar (A.Mux).
Yuqoridagi misollarda sovuq achitardi, opa-singil kutar edilar bo’laklari gapning bosh bo’laklari bo’lib, gapning asosiy mazmunini ifodalaydi. Qolgan b’alaklar ularga bo’g’lanib, gap mazmunini kengaytiradi.
To’ldiruvchi va uning ifodalanishi.
Gapning biror bir bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bo\lanib, uning ma’nosini to’ldirib keluvchi gap bo’lagi to’ldiruvchi deb ataladi.
Boshqaruvchi sozning talabiga ko’ra to’ldiruvchi biror kelishikda (qaratqichdan tashqari) bo’ladi yoki ko’makchi bilan keladi.
Masalan:
U olim va fozil odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi. (M.Osim). Bilim manbai-kitobni seving.
To’ldiruvchi egaga, aniqlovchiga, boshqa bir to’ldiruvchiga ham bo’lanib kelishi mumkin. Bunday hol ko’pincha ega aniqlovchi, to’ldiruvchining sifatdosh va harakat nomi bilan ifodalanganida ro’y beradi.
Masalan:
1. To’diruvchining egaga bog’lanib kelishi
Gulni sevgan tikanni ham sevadi.
2. To’ldiruvchining aniqlovchiga bo’lanib kelishi
Betga aytganni zaxri yo’q.
3. To’ldiruvchining to’ldiruvchiga bo’lanib kelishi
Predmetning belgisini bildirgan ikkinchi darajali bo’lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi predmetning sifatini, rang-tusini, xususiyatini, mazasini, shklini, xajmini, miqdor-darajasini yoki qarashliligini bildiradi. Shu bois aniqlovchining so’roqlari turlichadir: qanday? Qancha?, qanaqa?, qaysi?, nechanchi?, kimning?, nimaning?, qaerning? va boshqalar.
Aniqlovchi doim aniqlanmishga bog’liq holda qo’llanib, undan oldin keladi. Aniqlovchi bilan aniqlanmish birgalikda aniqlovchili birikmani tashkil qiladi.
O’zbekistnning joshqin, sho’h bahori cho’lga gul va ko’kat sepini yoydi. (O).
Mazkur misolda O’zbekistnning (qaerning?) qaratqichli aniqlovchi, joshqin, sho’h (qanday?) sifatlovchi aniqlovchidir.
Aniqlovchi ikki xil bo’ladi.
1. Sifatlovchi aniqlovchi.
2. Qaratqich (ko’rsatuvchi) aniqlovchilar.
3. Sifatlovchi aniqlovchilar.
Predmetni belgisini, vaqtga va o’ringa munosabatini, miqdor,tartibini bildiradigan aniqlovchilar sifatlovchi aniqlovchilar deyiladi. Sifatlovchi bog’lanib kelgan so’z sifatlanmish deyiladi. Masalan: Soyning tagida kom-kok suv oqib o’tadi. Bunda kom-kok sifatlovchi, suv esa ifatlanmishdir.
Ish-harakatning qaytarzda bajarilishini, sabab yoki maqsadini, uning bajariishi bilan bog’liq bolgan o’rin va paytni bildiruvchi gap bo’lagi hol deyiladi. Hollar qanday?, qanday qilib?. Qaytarzda? Qachon?, qachongacha?, qaerda?, qayerdan?, qancha?, nima maqsadda? Kabi so’roqlaridan biriga javob beradi.
Hol ravish, ravishdosh, jo’nalish, chiqish, o’rin kelishigidagi ot yoki ko’makchili ishlatilgan ot bilan, shuningdek, taqlid so’z, son bilan ifodalanadi.
Ravish asosan, hol vazifasida keluvchi so’z turkumidir. Gapda asosan hol vazifasida qo’llanish ravishdosh uchun ham xosdir.
Hol hamma vaqt ham kesimga bog’lanavermaydi, u gapning boshqa bo’lagiga bog’lanishi ham mumkin.
Masalan: Uzoqda qop-qorayib turgan tog’ning usti ko’rindi. (A.K). Tashqirida o’tirgan ayollarni ham qotib-qotib kulgani ichkariga eshitildi.
Birinchi gapda hol (uzoqda) aniqlovchiga (qop-qorayib turgan) ikkinchi gapda esa hol (qotib-qotib) egaga (kulgani) bog’lanib kelgan.
Hollar ma’nolarga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi:
1. Ravish holi.
2. O’rin holi.
3. Payt holi.
4. Sabab holi.
5. Maqsad holi.
6. Miqdor daraja holi.
Ravish holi
Ish – harakatning qay tarzda bajarilishini yoki qanday bo’lishini bildiradi. Ravish holi ish – harakatning qanday bajarilishini bildirib kelganda, qanday? Qanday qilib? So’roqlarining biriga javob bo’ladi.
O’rin holi harakat bo’lishidagi eng so’nggi chegarani ifoda qilib, -gacha, -ga,
-qadar, -ga dovur kabi formada kelishi mumkin:
Sayohatchilar Hamzaobodga qadar mashina bilan borishdi.
3. Harakatning boshlanish o’rnini ifoda qilib, qaerdan so’rog’iga javob bo’ladi. Bu hol chiqish kelishigidagi so’z bilan shuingdek, ko’makchili ishlatilgan so’z bilan ifodalanadi: qirdan g’ir- g’ir shabada esadi.
Payt holi.
Ish-harakatning bajarilish payitini, uning chegarasini bildirib, qachon? Qachongacha?, qachondan beri?, kabi so’roqlaridan biriga javob bo’ladi.
Payt holi payt ravishi bilan, o’rin, chiqish, jo’nalish kelishigidagi so’z bilan, ko’makchi ishlatilgan so’z bilan, birikma bilan ifodalanadi.
Payt holi.
1. Harakatning bajarilishidagi paytni bildiradi. Kechqurun xayat a’zolari yana klubga to’plandilar.
2. Harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi. Bunda hol “payt
bildiruvchi so’z + ga dovur”, “payt bildiruvchi so’z + ga qadar”, shaklida bo’ladi
Sabab holi.
Ish harakatning bajarilish sababini bildirib, nimaga? Nima sababli?, so’roqlaridan biriga javob bo’ladi.
Sabab holi vazifasidagi so’z kopincha uchun, sababli, tufayli kabi ko’makchilar bilan keladi.
Maqsad holi.
Ish harakatning bajarilishidagi maqsadni bildirib, nima uchun?, nimaga? Nima maqsadda?, kabi so’roqlarning biriga javob bo’ladi.
Masalan: Nozimbek qishloq ahli turmash-tarzini tekshirish uchun yo’lga chiqdi.
Maqsad holi jo’nalish kelishigidagi so’z bilan, maqsad ravishdoshi bilan ham ifodalanadi.
Miqdor – daraja holi.
Ish Harakatning bajarilishini miqdor va daraja jihatidan aniqlab qancha? Qanchalik? Nech marta? Qanchalab? kabi so’roqlarning biriga javob bo’ladi.
Miqdor – daraja holi ko’pincha miqdor – daraja ravishlari bilan ifodalanadi.
Masalan: Ko’p bilgan oz so’zlar. (maqol).
Sonlar ayrim hollarda marta so’zi bilan kelib, gapda miqdor – daraja holi bo’lib keladi.
Masalan: Notanish yo’lovchi Manzuraning yuziga bir-ikki marta erostidan qarab qo’ydi.
Yoki:
Bugun qurilishda odam kundagidan ikki-uch marta ko’p edi. Miqdor daraja holi birikma bilan ham ifodalanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Yüklə 84,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin