Atamalar
Morfema – yunoncha morphe –“ shakl” degan ma’noni bildirib ,o’ziga xos shakl va ma’noga ega bo’lgan boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydigan , so’z yasash yoki so’zning shaklini hosil qilush uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik.
Affiks –lotincha “biriktirilgan” degan ma’noni bildirib , so’zning qismi shakllanishiga xizmar qiladigan morfema.
Differensiatsiya – lotincha differentia – “farqlanish , farq” degan ma’noni bildirib , ixtisoslashish – dastlab bir xil elementlardan iborat bo’lgan sistemaning sifat jihatdan farq qiladigan bir qancha qismlarga ajratib ketishi.
Fonema – yunoncha phonema – “tovush” qurilishining ma’noli birliklar – morfemalarni tanib olish va farqlash uchun xizmat qiladigan birlik.
Morfologiya – yunoncha morphe –“ shakl va loyiha “degan ma’nolarni ifodalab , 1- dan tilning morfologik qurilishi ,2- dan esa so’z shakllari haqidagi ta’limotdir .
Leksema – yunoncha lexis – “so’z , ifoda “ degan ma’nolarni bildirib , til qurilishining leksik ma’no anglatuvchi lug’aviy birligidir .
Metonimiya – aloqadorlikka asoslangan ma’no ko’chish turidir .