Orfografiya va orfoepiya



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə1/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA





2




GRAFIKA


ORFOGRAFIYA VA ORFOEPIYA

GRAFIKA
Grafika – grekcha “graphe” – yozaman degan ma’noni bildirib, yozuv tarixi va alifboni o`rganadi.
Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi.Alifbo so`zi arab yozuvidagi harflar tartibining birinchi va ikkinchi harflari alif va bo (be) nomlarining qo`shiluvidan hosil bo`lgan.
Hozirgi o`zbek alifbosi lotin yozuviga asoslanganligi tufayli lotin yozuvi asosidagi yangi o`zbek alifbosi deyiladi.
Yangi o`zbek alifbosi

1.Aa 5.Ff 9. Jj 13. Nn 17. Rr 21. Vv 25. O`o` 29. ng
2.Bb 6.Gg 10.Kk 14.Oo 18. Ss 22. Xx 26. G`g`
3.Dd 7. Hh 11.Ll 15. Pp 19. Tt 23. Yy 27. Sh sh
4.Ee 8. Ii 12.Mm 16. Qq 20. Uu 24. Zz 28. Chch
O`zbek xalqi o`z tarixida juda ko`p yozuvlardan foydalangan. Avesto,urxun-enasoy, sug`d, xorazm, uyg`ur yozuvlari shular jumlasidandir.Bu yozuvlarda xalqimizning tarixi, urf-odatlari, madaniyati va san’atiga aloqador bo`lgan qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan.
O`zbek xalqi VIII asrdan 1930-yilga qadar (V sinf ona tili darsligida 1929-yilgacha deyilgan) arab grafikasiga asoslangan turkiy yozuvdan foydalanib kelgan. Abu Ali ibn Sinoning tabobatga doir bebaho asarlari, Abu Nasr Forobiy, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug`bek singari buyuk olimlarimizning ilmiy mushohadalari, Navoiy, Bobur, Lutfiy, Mashrab, Furqat, Cho`lpon-u Fitratlarning aql bovar qilmas go`zal satrlari aynan ana shu yozuvda bitilgan.
1930-yildan to 1940-yilga qadar xalqimiz lotin yozuvidan foydalandi. 1940-yilning may oyidan boshlab esa rus grafikasiga asoslangan o`zbek yozuvi amalda tatbiq etildi.
Mustaqillik barcha sohalarda bo`lgani singari yozuv borasida ham milliy davlatchilik siyosatini yurgizish imkoniyatlarini yaratdi.

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin