A(a) harfilablanmagan, old qator, keng unli tovushni ifodalaydi. Bu unli yumshoq o‘zakdagi til orqa k,g va boshqa til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator ochiq tovush sifatida aytiladi: aka, man,olam, kalla,gala kabi.
Lekin chuqur til orqa q, g‘, x undoshlaridan so‘ng kelganda orqa qator unlidek aytiladi va asliga muvofiq yoziladi: qand,qarz,g‘aliz,xamir, xat kabi.
A(a) harfini to‘g‘ri yozishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- bahor, zamon, palov, tamom kabi so'zlarda a unlisi o ga moyil aytilsa ham a yoziladi;
- mutolaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub kabi so'zlarda cho'ziq talaffuz qilinadi va ikkita a yoziladi;
- xavf, gavda, navbat, vafo, varaq kabi so'zlarda v undoshi bilan yonma-yon kelganda
o ga moyil aytilsa ham, asliga ko'ra a yoziladi;
- ayrim ruscha o'zlashma so’zlarda ya undoshi a aytiladi va yoziladi: sentabr, oktabr, flaga kabi.
O(o) harfilablangan, orqa qator keng unli tovushni ifodalaydi. Yondosh tovushlardan qat’i nazar, so'zlarning barcha bo'g'inlarida kelib, cho'ziq unli sifatida talaffuz qilinadi va asliga ko'ra yoziladi: ona, bobo, nom, havo, oq, qoramol kabi. O‘zlashma so'zlarda u yoki o‘ bilan o o'rtasida aytilsa ham, o tarzida yoziladi. Masalan: opera, bolt, nota, rol, tok (elektr) kabi.
Bunday so'zlarning urg'usiz bo'g'inlarida o unlisi i kabi talaffuz qilinsa ham, o yoziladi: traktor, direktor, ekspeditor, kartoshka kabi.
Qo'shimchalar qo'shilishi natijasida o tovushi imlosiga oid quyidagi o'zgarishlarga diqqat qiling:
parvo, avzo so'zlariga egalik qo'shimchasi qo'shilganda bir y tovushi qo'shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoyingiz, parvoying, parvoyi, avzoyimiz, avzoyingiz, avzoyi kabi.
Fe’l asosli so'zlardan ot yoki sifat yasovchi -v, -q, -qi qo'shimchalari a unlisi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda a tovushi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: sina + v - sinov, sayla + v - saylov, tara + q - taroq, sayra + qi - sayroqi kabi.