Orfografiya va orfoepiya


ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə5/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI
1. a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi.
Shuningdek, o ‘qi — o‘quvchi, sovi — sovuq, to‘qi — to ‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.
2. Kk harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo`shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak — bilagim,tilak - tilagim; buloq — bulog‘im, quloq — qulog`ing, qishloq – qishlog‘i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi singari so`zlarda bunday holat kuzatilmaydi.
3. Singil, o`rin, ko`ngil, o`g`il, shahar kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga nisbat yasovchi qo'shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo'shilsa, asosda tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi.
4. U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga da, -dan, -day, -dagi, -cha qo‘shimchalari qo'shilsa, bitta n orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va –ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi: bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening kabi.
5. Parvo, obro‘, mavqe so'zlariga egalik qo‘shimchalari (I va II shaxsda) qo‘shilsa, bitta y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyi, obro‘yim, mavqeyim kabi.
6. -boz, -bonqo‘shimchalari-vos, -vonkabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi:dorboz, bog‘bonkabi.
7. -dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir, bordir, quvdir kabi (kel so'zi bundan mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi: ektir, quyultir, kestir kabi.
8. -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil aytiladi va yoziladi: ertaga, ertagacha, borgach, borguncha, borgudek, borgan; eshikka, eshikkacha, chiqqach, chiqquncha, chiqqani kabi.

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin