Orfografiya va orfoepiya



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə7/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

Eslatma:bilanvauchunko‘makchilarining qisqarganlavachunshakli chiziqcha bilan yoziladi:onam-la, sen-chunsingari.
4. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to‘q, och, tim, lang,jiqqa kabi so‘zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko‘k, to‘q sariq kabi.
5. Qo'shma sonlar ajratib yoziladi: o‘n to'qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va hokazo.
6. Yildan yilga, kundan kunga kabi ko‘rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi.
7. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.
BOSH HARFLAR IMLOSI
1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi : Zokirjon Shukurjonovich Sobirov, Abdurauf Fitrat kabi.
2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog, tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, Urgut, Tentaksoy, Qo‘ng‘irtog‘, Qashqadaryo, Qora dengiz va h.k.
3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, tran­sport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni,«O‘zqishloqxo’jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili, Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo» jurnali, «Shaytanat» asari va h.k.
4. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Xotira kuni.
5. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Yevropa Ittifoqi Kengashi kabi.
6. Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, «Umid» jamg'armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kabi tashkilotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi.
7. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so’zlarning har biri bosh harflar bilan yoziladi: «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali.
Shuningdek, «Sog'lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» medali singari mukofotlarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.
8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday intilish, izlanish, ijod xalq manfaat- lariga xizmat qilsagina u qadrlidir. (A. Oripov)
CHIZIQCHA BILAN YOZISH VA KO‘CHIRISH QOIDALARI
1. Juft yoki takror so'zlarning o'rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu - umid, kecha- kunduz, qing'ir- qiyshiq; tog‘-tog‘, sekin-sekin kabi.
2. Juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta- yu kech, osh-u non, oy-u quyosh, bola-yu chaqa kabi.
3. Qop-qora, yam-yashil, to‘ppa-to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi.
4. Uyma-uy, oyma-oy, dam-badam singari o‘rtasida -ma yoki -ba qo'shimchalari kelgan so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi.
5. -mi, -gina (-kina, -qina), -oq (-yoq) yuklamalaridan tashqari barcha affiks yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, biz-a, keldi-da, ukasi-ku kabi.
6. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 6-xona, 2001-yil,

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin