Orfografiya va orfoepiya


-mart. Rim raqamlaridan so‘ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə8/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

8-mart.
Rim raqamlaridan so‘ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob.


KO'CHIRISH QOIDALARI
1. Satrga sig‘may qolgan so‘zlar keyingi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi: tad-birkor, tadbir-kor, kol-lej, ma’-lum, ta’-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo‘g‘inda qoldiriladi).
2. So‘z boshida kelgan yolg‘iz unli hech vaqt yakka o‘zi qoldirilmaydi: e '-lon emas e’lon, u-ka emas uka, mudofa- a emas mudo-faa singari.
3. So‘z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono- grafi-ya, foto-grafiya kabi.
4. Sh, ch, ng harflar birikmasi doim birgalikda yozi­ladi: ko-shona, pu-chuq, de-ngiz kabi.
5. Qisqartma so‘zlar, yil, oy, raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga ko‘chirilmaydi: O‘zMU, ToshDPU, 2001, 19, XX kabi.
6. 10-«A» sinf, 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko'rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi.
TALAFFUZ VA IMLO ME`YORLARI
Talaffuz va imlo bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Adabiy til qonuniyati asosida to‘g‘ri yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so‘zning talaffuzi bilan yozilishi doim mos kelavermaydi. Buni tovushlarning so‘zdagi o‘rni va o‘zaro ta’siri bilan izohlash mumkin.Og`zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo`shimcha va so`zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi to`g`ri talaffuz me’yori sanaladi.
Yozma nutqda bir necha xil yoziluvchi tovush, qo`shimcha va so`zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me’yori sanaladi.
To`g`ri talaffuz me’yorlarini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limiga orfoepiya(yunoncha : orfo – “to`g`ri”, epos – “so`zlamoq”, “nutq”) deyiladi.
To`g`ri yozish me`yorlarini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limiga orfografiya(yunoncha: orfo – “to`g`ri”, grafo – “chizmoq” ) deyiladi.
So`zlarning birinchi bo`g`inida r,l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi yoziladi: biroq, bilan, sira.
Ikki bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`inida lablangan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo`g`indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo`g`inida u yoziladigan otlardan farqlanadi.Masalan, urish – urush.
Adabiy talaffuz va imlo me’yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io,oa tarzida aytiladi va shunday yoziladi.
Qator kelgan unlili so`zlar boshqa tillardan kirib kelganligi tufayli bunday so`zlardagi qator unlilarni og`zaki nutqda yo bir cho`ziq unliga aylantirish ( masalan, muallimni ma:lim) yoki qator kelgan unlilar o`rtasiga ayrim undoshlarni qo`shish yo`li bilan tilimizga moslashtirishga harakat qilinadi. Masalan, soat so`zi Farg`onada sohat, Toshkentda sog`at tarzida talaffuz qilinadi.
B,b va M,m harflaridan oldin kelgan n harfi m holida o`qiladi, lekin n yoziladi: yakshanba, o`n bir, bo`linma, bilganmi va h.k.
UNLI TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin