Orfografiya va orfoepiya


I (i) harfi lablanmagan, old qator, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi. I



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə10/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

I (i) harfi lablanmagan, old qator, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi. I tovushi tilak, bir, tish, dil kabi so'zlardagi qisqa i unlisi o'rnida; mohir, shoir, ilmiy, adabiy, lirika kabi so'zlarning urg'uli bo'g'inidagi cho'ziq i o'rnida; qish, qir, g'ilof, xizmatchi, xil kabi so'zlarda chuqur til orqa q, g‘, x tovushlari bilan yonma-yon keladigan qisqa va qattiq i unlisi o'rnida va rus tilidan o'tgan vimpel, bilina, vishka, richag kabi so'zlardagi rus­cha ы unlisi o'rnida yoziladi.
So'z o'zagining ochiq bo'g'inida i, e, a unlilaridan biri kelsa, keyingi yopiq bo'g'inda i yoziladi. Masalan: bilim, iliq, etik, beshik, sariq, vakil kabi.
Arab-fors va rus tilidan o'zlashgan bir bo'g'inli so'zlarning qo'sh undoshlari o'rtasida qisqa i talaffuz etilsa-da, ammo yozilmaydi. Masalan: fikr, ilm, ufq, matn, litr kabi.
E (e) harfi lablanmagan old qator, o'rta keng unli tovushni ifodalaydi. So‘z tarkibidagi o'rniga qarab turlicha aytiladi va yoziladi:
- so‘z boshida yopiq bo'g'inda i ga moyil aytilsa ham, e yoziladi: ehtimol, eshik, ehson, ertak kabi;
- so‘z boshida ochiq bo'g'inda va ikki undosh orasida qisqa aytiladi va doim e yoziladi: erta, meva, sezgir, tepki kabi;
- so‘z boshida tutuq belgisidan oldin cho'ziqroq va i ga moyil aytiladi va e yoziladi: e’zoz, e’tibor, e’lon, e’tiqod kabi.
U (u) harfi lablangan, orqa qator, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi.
Quyidagi holatlarda u unlisi i tovushiga moyilroq aytilsa ham, u yoziladi:
- oldingi bo'g'inlarida a, o, u unlilaridan biri bo'lgan va shundan so‘nggi yopiq bo'g'in boshidagi v tovushidan keyin: qovun, ovul, tovuq, sovuq, tarvuz, quvur, chuvur-chuvur kabi;
- birinchi bo'g'inida u bo'lgan so'zlarning ikkinchi bo'g'inida: uzun, uzum, chumchuq, tushuncha, yulduz, yutuq, yumush kabi;
- birinchi bo'g'inida u bo'lgan so'zlarning keyingi ochiq bo'g'ini q yoki g‘ bilan boshlansa: bug‘u, urg‘u, uyqu, tuyg'u, yog'du kabi;
- tarkibida u bo'lgan bir bo'g'inli so'zlarning oxirgi ikki undoshi o‘rtasida u aytilsa ham, yozilmaydi: umr, uzr, rukn, hukm kabi.
O‘ (o‘) harfi lablangan, orqa qator, o'rta keng unli tovushni ifodalaydi. So'zning ochiq bo'g'inlarida nisbatan kengroq, yopiq bo'g'inlarida esa torroq talaffuz qilinadi. Masalan: so'lim, qo‘riq, to‘plam, ko'krak kabi.

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin