Orfografiya va orfoepiya



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə13/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

Z- s undoshlari
Z (z) harfi til oldi, sirg'aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Jonli nutqda so'z oxirida kelgan z tovushi jarangsizlanib, s tovushiga moyil talaffuz qilinadi, biroq asliga ko'ra z yozilaveradi: boramiz - boramis, og‘iz-og‘is, Matiz-Matis kabi. Bu holatni z bilan tugallangan o‘zakka jarangsiz undoshlar qo'shilganda ham kuzatish mumkin: yuz so‘m - yus so‘m, so'zsiz - so‘ssiz, izchil - ischil kabi.
S (s) harfi til oldi, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. E, i unlilaridan oldin kelganda yumshoq talaffuz etiladi: sezgi, sekin, silamoq, sim kabi.
J - sh undoshlari
J (j) harfi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Sof o‘zbekcha so'zlarda portlovchi tovush tarzida, fors-tojikcha va ruschao'zlashmalarda sirg'aluvchi tovush kabi talaffuz qilinadi. Qiyoslang: jon, ajoyib, jajji - portlovchi dj; ajdar, mujda, janr -sirg'aluvchi j. Jonli nutqda ch yoki sh tovushlariga moyil aytiladi, ammo asliga muvofiq yoziladi: toj - toch, boj - boch, garaj - garach, massaj- massash kabi.
Sh (sh) harfi til oldi, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifo­dalaydi. Til oldi undoshlari bilan kelganda yumshoq, orqa qator unlilar bilan yonma-yon kelganda esa qattiq talaffuz qilinadi: shirin, ishkal, shol, sho'x kabi.
Rus tili orqali o'zlashgan so'zlarda yumshoq va cho'ziqroq aytiladi va doim sh yoziladi: plash, borsh, obshina kabi.
G‘ - q undoshlari
G‘ (g‘) harfi chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
So'z oxirida g‘ tovushi ba’zan qo'shimchalar ta’sirida x tarzida aytilsa ham, g‘ yoziladi: bog'cha - boxcha, belbog‘cha - belboxcha, zag'cha - zaxcha kabi.
Imlo qoidalariga ko'ra, g‘ bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi va g bilan boshlanadigan boshqa qo'shim­chalar qo'shilsa, o'zakdagi g‘ va qo'shimchadagi g undoshlari q tarzida talaf­fuz etilsa-da, asliga muvofiq yoziladi: sog'ga, tog'ga, sig'guncha, yog'gan kabi.

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin