Orfografiya va orfoepiya


F (f) harfi lab-tish, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalay­di. Talaffuzda ba’zan p



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə12/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

F (f) harfi lab-tish, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalay­di. Talaffuzda ba’zan p ga o'tsa ham, f yoziladi. Masalan: fasl, safar, futbol, latif, isrof, insof kabi.
G - k undoshlari
G (g) harfi til orqa, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So‘z oxirida jarangsiz k kabi eshitiladi, ammo yozuvda g tarzida yozila­di Masalan: barg, tug, pedagog, eg kabi.
Imlo qoidasiga ko‘ra, oxiri g bilan tugagan so'zlarga g undoshi bilan boshlanadigan -ga,
-gacha, -gach, -gan,-gina kabi qo‘shimchalar qo'shilganda k tarzida talaffuz qilinsa ham, asliga muvofiq g yoziladi. Oarang: bargga, egguncha, dialoggacha, tuggin.
K (k) harfi til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Oxiri k bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda k jaranglashadi va g tarzida aytiladi hamda shunday yoziladi. Masalan: yurak - yuragim, tilak – tilagim, bek - begim kabi.
D –t undoshlari
D(d) harfi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So'z oxiridagi d doimo jarangsiz talaffuz qilinadi. Biroq asliga muvofiq d yozilaveradi: band - bant, avlod - avlot kabi. So'zning oxirida d tovushidan oldin n kelsa va bunday so'zlarga qo'shimchalar qo'shilsa, d talaffuz etilmaydi, ammo yoziladi: payvanchi - payvandchi, balanroq- balandroq, xursanchilik - xursandchilik kabi.
T(t) harfi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. So'z oxiridagi t talaffuzda ko'pincha tushib qoladi, biroq asliga mu­vofiq yozilaveradi: do‘st- do‘s, daraxt- darax kabi. Bunday so'zlarga qo'shimchalar qo'shilganda ham talaffuzda t undoshi eshitilmay qoladi, ammo bu hol imloda aks etmaydi: do‘slik - do'stlik, dasro'mol - dastro'mol, mashinisga - mashinistga kabi.
Jonli nutqda t bilan tugagan so'zlarga ch undoshi bilan boshlanuvchi qo'shimchalar qo'shilganda t ning ch ga aylanish hodisasi yuz beradi: sutchi - suchchi, yigitcha - yigichcha, uyatchan - uyachchan kabi.

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin