H harfi bilan yoziladigan so'zlar: sulh, bahor, subh, sahv, sahifa, sahro, sayyoh, ruhoniy, ruhan, ruhiy, rohat, rahm, rahmat, mehmon, pinhon, ohista, oh-zor, ohu, muhtaram, mahalla, mahkam, lahza, ishtaha, zohid, ahvol, ahd, ahamiyat, muharrir, muhtasham, muhtoj, muhabbat, muhayyo, muhrdor, muhim, muhlat, muhojir, muhokama, muhr, mehr, mehnat, mahsulot, mohtob, mahkum, zahmat, himmat.
M - n undoshlari
M (m) harfi lab-lab, portlovchi, jarangli, burun undosh tovushni ifodalaydi. E, i old qator unlilaridan oldin kelganda yumshoq (meva, mehmon, miqyos kabi), orqa qator unlilar, chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelganda esa qattiq (somon, mol, muborak, mo'min kabi) talaffuz qilinadi.
N (n) harfi til oldi, portlovchi, jarangli,burun undosh tovushni ifodalaydi. Bu tovush b, m undoshlari oldida kelganda m tarzida aytiladi, ammo asliga muvofiq yoziladi: tanburchi - tamburchi, minbar- mimbar, yonbosh - yombosh, manmanlik - mammanlik kabi. Jonli nutqda n tovushining ba’zan o'zidan oldingi undosh ta’siriga uchrab o'sha tovush tarzida qo'shaloq aytilishi adabiy talaffuz me’yoriga ziddir: gapni - gappi, yo‘lni- yo‘lli, ko'zni- ko‘zzi kabi.
Ch - ng harflari
Ch(ch) harfi til oldi, qorishiq, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Ch harfi bilan tugallanuvchi o'zakka qo'shimcha qo'shilganda hamda ayrim so'zlarda ch tovushi sh kabi aytiladi, ammo asliga muvofiq yoziladi: uchta - ushta, uchdi - ushdi, kichkina - kishkina, qarich - qarish kabi.
Ng (ng) harfi til orqa, portlovchi, jarangli,burun undosh tovushni ifodalaydi. Bu tovush so'z boshida uchramaydi. So'zning o'rtasi (manglay, ingichka kabi) va oxirida (teng, ong kabi) kela oladi. Mazkur harfning imlosida quyidagi holatlarga e’tibor berish lozim:
a) jang, zang, so'ng, ko'ndalang, durang, ingramoq kabi so'zlarda uchraydigan til orqa ng tovushi o'rnida yoziladi. Bunday so'zlarni bo'g'inlarga ajratganda
Dostları ilə paylaş: |