Orfografiya va orfoepiya



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə11/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

O (o‘) unlisi, asosan, so'zning birinchi bo'g'inida uchraydi: o‘t, ko‘1, ko‘za, o‘jar, to'lqin kabi.
Ko'pgina so'zlarning birinchi bo'g'inida o‘ kelsa, ikkinchi bo'g'inida i yoziladi: do‘ppi, ko'prik, to'qimoq, so'zlik kabi.
Rus tili orqali o'zlashgan tort, tok, kubok, bochka, nota kabi so‘zlardagi o unlisi o'zbekchada o‘ ga moyil aytilsa ham, asliga ko'ra o yoziladi. Lotin yozuviga asoslangan alifbomizga ko‘ra mo'tabar, mo‘tadil, mo‘jiza kabi so'zlarda o‘ unlisidan keyin tutuq belgisi qo'yilmaydi, ammo o‘ cho'ziqroq talaffuz qilinadi.


QO‘SH UNLILAR
Arab-fors tilidan o'zlashgan so'zlarda unli tovushlar yonma-yon va qo'shaloq holda kelishi mumkin. Adabiy talaffuz va imlo me’yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan:
a) soat, taom, maosh, muallim, muattar, saodat, muallif, tabiat, faoliyat, faol, jamoa, itoat, shoir, majmua, memuar, voqea, doimo, mushoira;
b) badiiy, inshoot, matbaa, mudofaa, murojaat.
UNDOSH TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSl
B - p undoshlari
B(b) harfi lab-lab, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So‘z o'rtasida va, asosan, so'z oxirida jarangsizlashib p tarzida aytilsa ham, doimo b yoziladi. Masalan: sabab - sabap, javob - javop, zarb - zarp, mubtalo - muptalo, ibtido - iptido kabi.
P (p) harfi lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalay­di. Bu tovush ko'pincha b va f undoshlari o'rnida talaffuz qilinsa ham, asliga ko'ra b va f yoziladi. Masalan: kelib - kelip, g'arb - g'arp, insof -insop, ulfat - ulpat kabi.
V - f undoshlari
V(v) harfi lab-tish, sirg'aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Sof o'zbekcha so'zlarda va so'z boshida kelmaydi, arab-fors tilidan o'zlashgan so'zlarda esa turli o'rinlarda kela oladi: vaqt, vafo, tavsif, sovun, qovurg'a kabi. So'z oxirida keluvchi v so'zlashuv nutqida p yoki f ga o'tadi, ammo qoidaga muvofiq v yoziladi. Masalan: Norqulov - Norqulop, Olimov - Olimof, avtomat -aptomat, kooperativ - kooperatip kabi.

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin