Orfografiya va orfoepiya


Eslatma: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə6/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

Eslatma: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘gunchaso‘zlari bunga kirmaydi.
So‘zlarni o‘qing. Asosda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni belgilang.
Angla, sanoqsiz, yashovchan, pasaymoq, susaymoq, yig‘loqi, dumaloq, qaynoq, sayroqi, so‘roqsiz, qulog‘i, bo‘yog‘i, tomog‘i, tilagi, yuragi, shahrimiz, ko‘ngli, singlisi, mening, undan, bunday, ekkani, eshikka, bog'ga, boqquncha, ekkuncha, chohga.
QO‘SHIB YOZISH VA AJRATIB YOZISH
1. Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma sozlar qo‘shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo‘ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug‘doyrang va h.k.
2. -r, -ar, -mas qo'shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi.
3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma otlar va sifatlar qo‘shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, sherdil, otquloq singari.
4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo‘ljallanganligi kabi ma’nolarni bildiruvchi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: ko‘ksulton, oqbosh, achchiqtosh, ko‘zoynak, suvilon kabi.
5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Xo‘jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko‘hna Urganch, G‘arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.
6. Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo‘shma so'zlar qo‘shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto'lqin, elektrarra kabi.
7. Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi: O‘zMU, ToshDPU.
AJRATIB YOZISH
1. Qo‘shma fe’l, shuningdek, ko‘makchi fe’lli qo‘shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo ‘ya qoldi, o ‘qib chiqdi kabi.
2. Har, hech, bir, u, shu, o'sha, hamma kabi so'zlar o'zi birikib kelgan so‘zlardan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, o ‘sha joyda, hamma vaqt kabi.
3.Ko‘makchilar o‘zi bog‘langan so‘zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon.

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin