Ilmiy tadqiqotda erkinlik va ijtimoiy nazorat. Fan «havaskorlik» mashg‘uloti bо‘lgan davrda u asosan adabiy mehnat bilan bog‘liq mavzular bilan cheklangan, keng kо‘lamli va qimmatbaho tadqiqotlarni talab qilmagan. Ammo u xо‘jalik faoliyatida amaliy naf kо‘rish uchun mablag‘lar kiritiladigan ijtimoiy mehnat tarmog‘iga aylangach, vaziyat о‘zgardi.

Ilmiy hamjamiyatda fanning erkinligi tamoyili keng e’tirof etiladi. Bu tamoyil tarafdorlari fan о‘z rivojlanish mantiqiga ega ekanligini va uning shu jumladan ijtimoiy foydalilik nuqtai nazaridan ham eng muhim va istiqboli porloq bо‘lgan yо‘nalishlarini faqat mutaxassislar, professional olimlargina tо‘g‘ri belgilashlari mumkinligini, fan imkoniyatlarini, uning yutuqlarini hayotga joriy etish yо‘llarini baholashga ulardan boshqa hech kim qodir emasligini ta’kidlaydilar. Shuning uchun ham ular fanning ichki ishlariga jamiyat aralashishi mumkin emas, fanni rivojlantirish haqida qarorlar qabul qilish jarayonidan ilmga daxldor bо‘lmagan odamlar chiqarilishi lozim, olimlar bilimlarni ijtimoiy fondlar yordamida, lekin sirtdan aralashuvlarsiz rivojlantirish huquqiga ega bо‘lishlari darkor, deb hisoblaydilar. Olimlarga tadqiqot faoliyati erkinligi, uning muammolarini mustaqil tanlash, fanni rivojlantirish uchun mо‘ljallangan resurslar qaysi ilmiy muammolarga va qay tarzda sarflanishi lozimligini hal qilish imkoniyati berilishi kerak. Aks holda fan imkoniyatlaridan amalda tо‘laqonli foydalanilmaydi.