Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini tuzilishi Reja: Informatika va axborot



Yüklə 33,15 Kb.
tarix18.11.2022
ölçüsü33,15 Kb.
#69650
Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini tuzilishi


Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini tuzilishi
Reja:

  1. Informatika va axborot

  2. Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini tuzilishi

O’rta asrlar davrida kutubxonashunoslik g’oyalari o’ziga xos qarashlar bilan boyidi.Ushbu davrda G’arb mamlakatlari kutubxonachilik ishida cherkovning to’liq xukumronligi ostida bo’lsa, Sharq mamlakatlarida ayrim xukmdorlar saroyida va diniy muassasalar qoshida kutubxonalarni shakllanishi, ularni diniy yo’llanishda faoliyat yuritishga olib keldi.
Kutubxonalar ―diniy-klerikal madaniyat‖ni tarqatish o’chog’i sifatida qaraldi va va bunday yondoshish ularni ish mazmuni va shaklini belgilab berdi. Asosiy e‘tibor kitob boyliklarini saqlash va ularni asrash, xisobini olib borish, joylashtirish, kataloglashtirishga qaratildi. Undan foydalanishga e‘tibor kam qaratildi1.
Markaziy Osiyo mintaqasida dastlabki kutubxonalar IV-VI asrlarda paydo bo’lgan. Markaziy Osiyo mintaqasida kutubxonalarni rivojlanishiga VIII asrdan boshlab Samarqanda yuqori sifatli qog’oz ishlab chiqarishni yo’lga qo’yilishi muxim ahamiyat kasb etdi.Ushbu davrlarda Sharqning buyuk allomalari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Axmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy va boshqalar faoliyat yuritdilar.
Abu Ali ibn Sinoning Buxoro amirining saroy kutubxonasi haqidagi estaliklari judda ham qiziq manba sanaladi: ―Men –deydi olim, kitoblar saqlanadigan joyga kirdim. Ular bir qancha xonalardan iborat bo’lib, har bir xonada sandiqlarda kitoblar saqlanar edi.Bir xonada arab tilidagi kitoblar va she‘riy kitoblar, boshqasida huquqshunoslikka oid kitoblar va shu tariqasida har bir xonada fanning qaysidir sohasiga oid kitoblar saqlanar edi.Men u yerda mendan oldin o’tgan ilm axli tomonidan yozilgan va bu yerda saqlanayotgan kitoblarni ro’yhatini o’qib chiqdim.
X asrlarda saroy kutubxonalarida adabiyotlarni klassifikatsiyalashning ba‘zi bir usullari qo’llanila boshlandi va kutubxonalarda mavjud bo’lgan kitoblarning ro’yhatlari tuzilgan, kutubxona ichida esa mehnat taqsimoti yo’lga qo’yilgan.
G’arb mamlakatlarida ushbu davrlarda ― yereticheskiy‖ adabiyotlarni o’qishni taqiqlash ishlari keng avj oldi.O’qish man etilgan‖ otrechennix‖,
―lojnonapisannqx‖ adabiyotlarni ro’yhatlari tuzildi.
Bu davrlarda kutubxonachilik g’oyalari, kitobsaqlovchilar uchun yaratilgan turli xil yo’riqnomalar, eslatmalar va nasixatlarda aks eta boshladi. O’rta asr kutubxonachilik g’oyalarini o’ziga xos xarakterli tomoni shundan iborat ediki, kutubxonalarga faqat tor doiradagi odamlar uchungina kitoblar to’planadigan joy sifatida qarash xos edi.
Kitob bosishni kafsh etilishidan keyin kutubxonachilik ishini boshqarish

bo’yicha dastlabki bosma asarlar paydo bo’la boshladi. Ulardan dastlabkisi Frantsiya kardinali Djuli Mazarini tomonidan kutubxona tashkil etish uchun taklif qilingan teolog va publitsist Gabrielya Node (1627 y.)ning ―Kutubxona tashkil etish bo’yicha maslahat‖ asari edi.


Kutubxonachilik g’oyalarini rivojlanishidagi sezilarli burilishlar Buyuk frantsuz revolyutsiyasi (1789-1794 yillar) davrda paydo bo’la boshladi. Kutubxonalarga ―fuqoralar uchun maktab‖ sifatida qarala boshlandi va ular maktab, maktabdan tashqari ta‘lim tizimini tashkil etishda muxim rol o’ynashi zarurligi qayd etila boshlandi.
XVIII asrning oxiri-XIX asrning boshlarida jaxonda kutubxonashunoslikni fan sifatida shakllanishiga asosiy shart-sharoitlar paydo bo’ldi: yetarli darajada boy emperik bazalar yig’ildi, bir qancha muxim g’oyalar tasdiqlandi. Bularni barchasi yangi fanni asosini tashkil etishi mumkin edi.

1.2. O‟zbekiston respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‟g‟risidagi” qonuni va davlat dasturi


O‘zbekiston respublikasining ―Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi‖ qonuni maqsadi axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
axborot-kutubxona resursi — moddiy ob‘ektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta‘minlash uchun rekvizitlarga ega bo’lgan axborot;
axborot-kutubxona faoliyati — axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni tashkil etish bo’yicha faoliyati;
axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui;
axborot-kutubxona xizmati ko„rsatish — foydalanuvchilarning axborot- kutubxona resurslaridan foydalanishini ta‘minlash;
yig„ma elektron katalog — axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmui;
foydalanuvchi — axborot-kutubxona xizmati ko’rsatilishi uchun axborot- kutubxona muassasasida ro’yxatga olingan shaxs;
elektron katalog — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro’yxatining elektron shakli;

elektron kutubxona — axborot-kutubxona fondining elektron shakli.


Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari


Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta‘minlash;
• foydalanuvchilarning intellektual, ma‘naviy-axloqiy, madaniy va ta‘lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
• milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga ko’maklashish, O’zbekiston xalqining tarixiy, ma‘naviy va madaniy merosini saqlash;
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanishni ta‘minlash.

O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot- kutubxona faoliyati sohasidagi vakolatlari


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
• axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta‘minlaydi;
• axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
• axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
• axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Maxsus vakolatli davlat organi


Maxsus vakolatli davlat organi:
• axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishida ishtirok etadi;
• axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
• axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
• axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;
• axborot-kutubxona resurslarini noyob va alohida qimmatli axborot- kutubxona resurslari sirasiga kiritish tartibini, shuningdek ularni saqlash va ulardan

foydalanish tartibini belgilaydi;


• axborot-kutubxona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
• axborot-kutubxona muassasalarining hisobini yuritadi;
• yig’ma elektron katalogni shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlaydi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

1.3. Axborot-kutubxona muassasalarining turlari va tuzilishi


Axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta‘minot asosida faoliyat ko’rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari majmuidir. Axborot- kutubxona muassasasi mustaqil muassasa bo’lishi yoxud korxona, muassasa yoki tashkilotning tarkibiy bo’linmasi bo’lishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasalariga quyidagilar kiradi:
• O’zbekiston Milliy kutubxonasi;
axborot-kutubxona markazlari;
• axborot-resurs markazlari;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari;
• boshqa kutubxonalar (fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlarining kutubxonalari).
Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarining mazmuni va belgilangan maqsadiga ko’ra universal hamda maxsus axborot-kutubxona muassasalariga bo’linadi2.
Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning turli sohalari bo’yicha shakllantiradi va turli toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari bo’yicha shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va ta‘limini rivojlantirish manfaatlarini ko’zlagan holda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir.
O„zbekiston Milliy kutubxonasi:
- axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirishda ishtirok etadi;
- axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, uning but saqlanishini ta‘minlaydi hamda foydalanuvchilarga milliy va xorijiy nashrlarning eng to’liq to’plamini taqdim etadi;
- O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini, shuningdek dissertatsiyalarning ko’chirma nusxasini oladi;
- O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritadi;
- elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
- kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
- noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini but saqlash, konservatsiyalash va restavratsiya qilish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi;
- yig’ma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi;
- axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
- boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O’zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi to’g’risidagi nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Axborot-kutubxona markazlari


Axborot-kutubxona markazlari Qoraqalpog’istonRespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Axborot-kutubxona markazlari:
- axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta‘minlaydi;
- elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
- tegishli hududda chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini oladi;
- bibliografik, ilmiy-uslubiy va madaniy-ma‘rifiy ishlarni bajaradi;
- tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta‘minlashni amalga oshiradi
- yig’ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
- axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
- boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalarining depozitar saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini to’plashni amalga oshiradi va ularning hisobini yuritadi.
Axborot-kutubxona markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Axborot-kutubxona markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Axborot-kutubxona markazi to’g’risidagi namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Axborot-resurs markazlari


Axborot-resurs markazlari davlat ta‘lim muassasalari huzurida tashkil etilgan, o’quvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Axborot-resurs markazlari:
- Ta‘lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-ta‘limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta‘minlaydi;
- elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
- shaxsning ma‘naviy boy va barkamol ijodiy o’sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda o’zidagi va o’zidan uzoqdagi axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida O’zbekiston xalqining tarixiy, ma‘naviy va madaniy merosidan foydalanuvchilarni bahramand etadi;
- axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanishni ta‘minlaydi;
- boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- yig’ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
- madaniy, ta‘lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta‘lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Axborot-resurs markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.

Axborot-resurs markazi to’g’risidagi namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

O„zbekistondagi maxsus axborot-kutubxona muassasalari
―Maxsus kutubxona‖ atamasi lotin tilidan kelib chiqqan bo’lib, qandaydir predmet yoki xodisaga, mutaxassislikka nisbatan ―alohida‖ degan ma‘noni bildiradi. Maxsus kutubxonalar XX asrning boshlarida maxsus gurux sifatida shakllandi. Bu vaqtda fanlarni bo’linish davri (differentsiatsiyalanish) tugayotgan va birlashish ya‘niy integratsiya davri boshlanayotgan davr edi.
Maxsus kutubxonalarning ijtimoiy ijtimoiy vazifasi-kasbiy o’qishni- ya‘niy mutoalaani tashkil etishdir. Kasbiy o’qish fondni komplektlash sohasini, kitobxonlar kontengegtini, ishlarni tashkil etishning shakl va usullarini aniqlaydi.
Maxsus kutubxonalar o’z fondalarini o’zlari xizmat ko’rsatuvchi tashkilot, muassasa, ishlab chiqarish korxonasi sohasi bo’yicha komplektlaydi.Komplektlash ob‘ekti sifatida kitoblar, vaqtli va davomli nashrlar, standartlar, kashfiyotlarni tavsiflari, ma‘muriy-idoraviy nashrlar, xisobotlar, chizma-konstruktorlik va loyixaviy xujjatlar, shuningdek nashrlarning maxsus turlari-kartografik, musiqa-notalari, audiovizul nashrlar bo’lishi mumkin.
Maxsus kutubxonalar-nafaqat xujjatli fondlarni saqlovchi joy, balki xujjatli- axborot kommunikatsiya markazi, keyingi vaqtlarda esa elektron kommunikatsiya markazi hamdir. Shuning uchun ushbu kutbxonalar faoliyati favat bibliografik ma‘lumotlarni qidirish va birlamchi xujjatlarni yetkazib berish bilan chegaralanib qolmasdan, balki ular faoliyatida faktografik axborotlarni yetkazib berish ushbu faoliyatda muxim o’rinni egallaydi. Masalan, maxalliy ishlab chiqarish va savdo haqidagi ma‘lumotlarni bilish kutubxona xodimidan maxsus bilimlarni talab etadi.
Olimlar va mutaxassislarni axborotga bo’lgan so’rovlarining mazmuniga ularni kasbiy faoliyati ta‘sir ko’rsatadi, ularni kutubxona resurslariga bo’lgan talablarning aniqlanishi esa mavzuli yo’nalish orqali belgilanadi. Shuning uchun maxsus kutubxonalar bir- biri bilan avvalo bilim sohalari bo’yicha farq qiladi.
Maxsus kutubxonalarni uchta asosiy guruxga ajratish mumkin: ijtimoiy- ilmiy (gumanitar), tabiiy-ilmiy va amaliy soxa. Keyingi bo’linish maxsus kutubxonalarni fan tarmoqlari va ishlab chiqarishga mo’ljjalangan fondlarni tashkil etishga qarab amalga oshiriladi (astronomik va geologik, geografik va kartografik, tarixiy va san‘atshunoslik, yuridik, meditsina, qishloq xo’jaligi, texnika va x.k).
Maxsus kutubxonalarni tabaqalashtirishning muxim belgilaridan biri kutubxona mansub bo’lgan tashkilotning ish faoliyati xisoblanadi. Shunga asosan ilmiy, o’quv, ishlab chiqarish va boshqaruv kutubxonalari ajratiladi. Shuningdek

boshqa belgilar bo’yicha ham guruxlarga ajratish mumkin. Masalan, kutubxonalarni statusi bo’yicha- respublika, soha bo’yicha markaziy, regional, bosh kutubxona, shoxobcha. Adabiyotlar turi bo’yicha- (patent kutubxonasi), abonentlarga xizmat ko’rsatish kategoriyasi bo’yicha (ko’zi ojizlar kutubxonasi).


O’zbekiston xududida maxsus kutubxonalar X1X asrning ikkinchi yarmidan paydo bo’la boshladi va ular ma‘lum gurux kishilariga xizmat ko’rsatar edi. Ular dastavval Samarqand va Toshkent shaxrida faoliyat yuritdilar. Bu tipdagi kutubxonalar avvalo ilmiy-texnik jamiyatlar qoshida tashkil etildi va rus axolisiga xizmat ko’rsata boshladi. Ulardan faqat ilmiy va injener-texnik xodimlar, ma‘muriyat va ilmiy muassasalar vakillarigina foydalanishgan.
O’zbekistondagi eng yoshi ulug’ maxsus kutubxonalar- O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti kutubxonasi ( 1873 y.), Samarqand viloyatidagi lalmi tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi (1913 y.), O’zbekiston Davlat madaniyat va san‘at muzeyi ilmiy-ma‘lumot kutubxonasi (1911y.Samarqand) xisoblanadi.
Respublikadagi yirik maxsus kutubxonalar quyidagilardir:
- O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi;
- Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi;
- Respublika ilmiy meditsina kutubxonasi;
- Markaziy ilmiy qishloq xo’jaligi kutubxonasi.
Ushbu kutubxonalarning fondi million nusxadan oshib ketgan.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi 1933 yilda tashkil etilgan. Uni tarixi respublikadagi ilm-fanni rivojlanishi bilan uzviy bog’langan. Ushbu kutubxona akademik kutubxonalar tarmog’ini boshqaradi. Uni tarkibiga 30 ga yaqin ilmiy-tekshirish institutlarini kutubxonalari kiradi.
Maxsus kutubxonalar ichida asosiy o’rinlardan biri texnika kutubxonalari kiradi. Texnika kutubxonalari ichida eng ko’p tarqalganlari ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari qoshidagi kutubxonalari xisoblanadi.Ularni fondida salmoqli o’rinni jurnallar, texnik xisobotlar, ma‘muriy-idoraviy nashrlarning ba‘zi bir xillari, standartlar, chizma-konstruktorli xujjatlar va boshqalar tashkil etadi. Ular kitobxonlarga zudlik bilan ilmiy-texnika xujjatlari haqida axborot berish imkonini beradi. Texnika kutubxonalarida asosan keyingi yillarda chop etilgan adabiyotlar bo’ladi. Chunki texnikaga oid adabiyotlar juda tez eskiradi.
Respublika texnika kutubxonalari ichida yetakchi o’rinni 1957 yilda tashkil etilgan, 2 milliondan ortiq kitob fondiga ega bo’lgan Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi tashkil etgan. Hozirda ushbu kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tarkibiga kirgan.
O’zbekiston sog’liqni saqlash axoliga meditsina xizmati ko’rsatish tizimida

286 ta maxsus kutubxonalar mavjud bo’lib, ular tarkibiga 12 ta viloya meditsina kutubxonalari, meditsina ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy va o’rta maxsus o’quv muassasalari, davolash-profilaktika muassasalari, kasalxonalar qoshidagi kutubxonalar kiradi


Respublikada Qishloq xo’jaligi soxasiga oid maxsus kutubxonalari kamchilikni tashkil etadi. Ularni jami -27 ta. Ushbu kutubxonalari asosan ilmiy- tadqiqot institutlari, tajriba uchastkalari, oliy o’quv yurtlari va kollejlar, umuman Respublika qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga qarashli bo’lgan kutubxonalardir.
―O’quv kutubxonasi‖ atamasi kutubxonashunoslikda uzoq vaqtdan beri qo’llanilib kelinayotgan atamadir. O’quv kutubxonasi deganda o’quv jarayoni davomida paydo bo’ladigan foydalanuvchilarni axborotga bo’lgan talablarini qondiruvchi kutubxonalar tushuniladi.Ushbu kutubxonalarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:oliy o’quv yurtlari kutubxonalari(universitetlar, akademiyalar, institutlar), kollej, akadem litsey kutubxonalari, maktab kutubxonalari.O’quv muassasalari kutubxonalari o’quvchilarni tarbiya va ta‘lim olishlariga yordam berishga mo’ljallangan. O’quv jarayonini ta‘minlash ularni eng muxim ijtimoiy vazifasi va o’ziga xos belgisi xisoblanadi. Ular universal mazmundagi fondga (maktab, universitet kutubxonasi), shuningdek o’quv yurtining sohasiga mos ravishdagi fondga, shuningdek ko’p nusxadagi o’quv adabiyotlariga ham egadir.
O’quv kutubxonalari nafaqat o’quv jarayoninigina qondiribgina qolmasdan, balki ular tarbiyaviy funktsiyani, shuningdek ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishga oid talablarni ham bajaradi3.
―Boshqarma kutubxonasi‖ atamasi maxsus kutubxonalarni yana bir turi sifatida qo’llanib kelinmoqda.Ushbu kutubxonalar boshqaruv faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan axborotga bo’lgan talablarni qondiradi. Boshqaruv kutubxonalarini quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: davlatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari kutubxonalari (Oliy Majlis (Parlament), Prezident kutubxonasi), maxalliy va o’z o’zini boshqarish organlari (xokimiyatlar, maxalla qo’mitalari), sud organlari va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati kutubxonasida 2600 dan ortiq kitoblar mavjud bo’lib, kutubxona har yili 40ta nomdan ortiq respublika, 26 viloyat va 36 nomdagi chet el gazetalarini,respublika va chet ellarda chop etiladigan 98 nomdagi jurnallarni oladi. Kutubxona cheklangan kitobxonlar kontengentiga Prezident ma‘muriyati va O’zbekiston Respublikasi xukumati apparati xodimlariga xizmat ko’rsatadi( 600 ga yaqin odamga).
Maxsus kutubxonalarni aloxida guruxi sifatida ko’zi ojizlar kutubxonalari
xisoblanadi.Respublika markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi va yettita viloyat ko’zi ojizlar kutubxonalari -ko’zi ojiz kitobxonlarga xizmat ko’rsatuvchi Respublikadagi eng yirik kutubxonalar xisoblanadi. Ushbu kutubxonalar O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashlidir. Ular bo’rtma- nuqtali (relefno-tochechnыm) shrifta chop etilgan nashrlar va plastinka va magnit lentalariga yozilgan kitoblar saqlanadigan davlat saqlovxonasi, shuningdek ko’zi ojizlar uchun nashrlarning depozitar kutubxonasi hamda tiflologiya (ko’zi ojizlar xayoti va faoliyati haqidagi fan) adabiyotlari kutubxonasi xisoblanadi. Hozirda 23 ta shaxar va 29 ta rayon kutubxonalari ko’zi ojiz kitobxonlarga xizmat ko’rsatmoqda.
Adabiyotlar turi bo’yicha maxsus kutubxonalar guruxiga Respublika patent idorasining Respublika patent kutubxonasi kiradi.RPK –O’zbekistondagi ixtirolar bo’yicha 50 ta davlatning, Butun jaxon intellektual mulk tashkiloti, Yevropa va Yevroaziya patent idoralarining xujjatlar to’liq saqlanadigan yagona patent bosh fondi xisoblanadi. Kutubxonada 21 milliondan ortiq patent xujjatlari mavjud bo’lib, ularning 6 millioni kompakt optik disklardadir
Respublikada kasaba uyushmalari kutubxonalari tarmog’i keng tarqalgan bo’lib, ular korxona va tashkilotlarning tarkibida bo’lib, aniq bir mexnat jamoasiga adabiyotlar bilan xizmat ko’rsatadi.Ushbu kutubxonalarni fondi unversal xisoblanadi.Lekin ular o’z fondlarini komplektlashda xizmat ko’rsatayotgan korxonaning soxasi, unda mexnat qiluvchilarning tarkibi, hamda kasba uyushmasining o’ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga oladilar.
Shuningdek kasba uyushmalari tarmog’ida statsionar (doimiy, bir joydagi) kutubxonalar ham mavjud bo’lib, ular kasba uyushmasi klublari, madaniyat uylari va saroylari hamda ishlab chiqarish korxonlari xududida joylashgan bo’lishi mumkin. Baxtga qarshi bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’pgina korxonlarning yopilishi munosabati bilan bu turdagi kutubxonalarning soni kamayib bormoqda.
Ushbu turdagi kutubxonalarga kasalxonalar qoidagi bemorlar uchun kutubxonalar, dam olish uylari, sanatoriyalar, qamoqxonalar, xarbiy qismlar va ofitserlar uylari qoshidagi kutubxonalar kiradi.
Shuningdek turli xil diniy tashkilotlarning kutubxonalar tarmog’i rivojlanib bormoqda. O’zbekistonda 15 diniy konfessiyalar mavjud bo’lib, ularni bir qanchasi O’zbekiston uchun noananaviy xisoblanadi.
Axolini ijtimoiy faolligini o’sishi natijasida turli xil yangi jamoat kutubxonalari turlari paydo bo’lishi mumkin.
Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin