“Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi-Buxoro viloyatida Kogon shahridan janubdagi Momojurg`oti platosi etagida joylashgan. O`rta Osiyoda noyob cho`l hayvon turlarini ko`paytirish maqsadida tashkil etilgan. Markaz 1976-yilda tashkil etilgan. Maydoni 5145 gektarni tashkil etadi. Bu yerda jayno sonini saqlash va ko`paytirish bilan birga yo`rg`atuvaloq, qulon, qoplon, xongul va boshqalar ko`paytiriladi.
“Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi qonun- tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir. Ushbu qonun 1992-yil, 9-dekabrda qabul qilingan. Qonun 11 bo`lim, 53 moddadan iborat. 1-modda.O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlari O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlari bilan, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi.
“Tong yulduzi”- “Zuhro yulduz”- yoki Venera - Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi bo`yicha ikkinchi sayyora. Venera — yorqinligi bo`yicha osmondagi uchinchi jism. U qadim zamondan beri tanilgan sayyoralarga kiradi. Venera Quyosh atrofini 224 sutka 14 soat 49 min. (0,62 yil) da to`la bir marta aylanib chiqadi. Quyosh sistemasida Quyosh va Oydan keyin eng yorug` jismdir. Tuprog`i g`oyat issiq, asosan, qum-toshli saxro bo`lishi kerak. Venerada harorat +480 darajagacha ham ko`tariladi.