Asqar Nigmatova- Asr-(arabcha davr, vaqt degan ma`noni bildiradi) yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oralig`i. Masalan, XX asr 1901-yil 1-yanvardan 2000-yil 31-dekabrgacha davrni o`z ichiga oladi.
Asteroid-(yunoncha aster – yulduz va eidos – ko`rinish so`zlaridan olingan) kichik sayyoralardir. Asteroidlar Mars va Yupiter orbitalari oralig‘ida joylashgan kichik jismlardir. Eng birinchi aniqlangan asteroid Serera deb nomlanib 1801-yil 1-yanvar kuni italiyalik astronom J.Piatssi tomonidan aniqlangan. Asteroidni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Soat mexanizmi bilan jihozlangan teleskop yordamida osmonning biror qismi fotosurati olinsa, unda yulduzlar yumaloq shaklda, ularga nisbatan harakatda bo‘lgan asteroid yoki kometa esa biror chiziq shaklida chiqadi. Asteroidlarning ko‘pchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz ko‘rib bo‘lmaydi. Shu vaqtga qadar barcha asteroidning 4–5 foizdan kamrog‘i topilgan. Ularning ko‘pchiligi Yerga eng yaqin kelganda 12– 14 yulduz kattaligida bo‘ladi. Asteroidning Quyosh atrofida aylanish davri 3–7 yil. Asteroidning umumiy massasi Yer massasiga teng bo‘ladi. Eng katta asteroid- Sereraning massasi Yer massasiga barobar. Kichik sayyoralarning paydo bo‘lish masalasi astronomiyaning to‘la hal qilinmagan sohalaridan biridir. Ba’zi farazlarga ko‘ra, asteroid bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki sayyoralar to‘qnashganda maydalanishidan hosil bo‘lgan. Boshqa farazga ko‘ra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik Asteroid hozir ham paydo bo‘lib turadi.O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida asteroidni kuzatish ishlari 1900 yildan boshlab olib borilmoqda. Ikkinchi jahon urushi davrida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan G. N. Neuymin o‘zi ochgan yuzdan ortiq kichik sayyoraning biriga "O‘zbekistoniya" deb nom berdi.
Astragal-(Astragalus)dukkakdoshlar olilasiga mansub bo`lgano`simlik. Barglari juft patli murakkab bo‘lib, bandlari yordamida poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Bargchalari (barg bo‘laklari) juda mayda, nishtarsimon, to‘mtoq uchli tuxumsimon, quriganda asosiy barg bandidan to‘kiladi, asosiy bandi esa uchli bo‘lgani uchun poyada tikan holida saqlanib qoladi. Gullari yayda va sariq rangli bo`ladi. Mevasi esa bir urug‘li, sertuk, pishganda ochilmaydigan dukkak holida bo`ladi. Astragaldan yelim olishda keng foydalaniladi.Astragalning 70 dan ortiq turi bor. Uni o`sib turgan joyida ham, pichan holida ham mol yaxshi yeydi. Ba`zi turlari yem-xashak maqsadida ekiladi.