Avtomobil yo`llari- avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yo`li ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarga bo‘linadi. Xalqaro Avtomobil yo`li ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yo`l stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bog‘lovchi yo‘llar, mahalliy yo‘llarga esa viloyat, qishloq, jamoa xo‘jaliklari yo‘llari kiradi. Yo‘llarning kengligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bo‘lib yurishiga imkon beradi. Bir qatorning kengligi 3 m gacha olinadi. Chekka yo‘llarning eni 2 – 2,5 m bo‘ladi. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlar, himoya vositalari va transportlar harakatini boshqarish qurilmalari o‘rnatiladi.
Avtomobilsozlik kompaniyasi- Aydarko`l- ikkinchi nomi Haydarko`l . Aydarko`l Nurota tizma tog`larining shimoliy etagidagi joylashgan. Aydarko`l 1960-yillar oxirida asosan Janubiy Qozog`istonning Chordara suv omboridan oqib kelgan ortiqcha suvlar hisobidan paydo bo`lgan. Aydarko`lning tog` etagidagi janubiy qirg`oqlari ancha tekis va suv osti yonbag`irlari nisbatan tikroq, shimoliy qirg`oqlari notekis va qiya, orol va yarimorollari mavjud. Aydarko`lning shimoliy qismi ancha sayoz, o`rtacha chuqurligi 10-12 m, chuqur joylari 26-30 m. Aydarko`l tor yo`laklar orqali Tuzkon va Arnasoy ko`llari bilan tutashgan.
Ayiq-(Ursidae) yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Eng yirik yirtqichlar, boshi katta, bo‘yni qisqa va yo‘g‘on. Panjalari kuchli rivojlangan, tovonida yuradi. Dumi kalta, qalin juni orasida deyarli sezilmaydi. Ko‘pchilik ayiqlar o‘simlikxo‘r yoki aralash oziqlanadi. Ayiqlar odamga tegmaydi. Faqat ozuqa kam bo‘lganida, keksa va yarador ayiqlar odam uchun xavfli hisoblanadi. Ayiqlar mo‘ynasi va yog‘i uchun ovlanadi. Shuning uchun ularning soni kamayib ketayotganligi tufayli ko`pgina mamlakatlarda muhofaza qilinadi. Ayiqning 5 turi Xalqaro Qizil kitobga, qo‘ng‘ir ayiq O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Ayiqtovon-(Ranunculus) poyasi to`g`ri, yotib o`suvchi va ildiz otuvchi begona o`t. Gullari oltin rang – sariq bo`ladi. Ayiqtovonning 600 ga yaqin turi bor. Ko`pchilik turi begona o`t holida uchraydi. Pyasining uzunligi 15-60 sm, ba`zan 80 sm ga yetadi. O`rmalovchi ayiqtovon dalalarda, tomorqalarda, zax yerlarda, ariq bo`ylarida o`sadi. Urug`dan va ildizidan ko`payadi. May oyida gullab, avgust oyida meva tugadi. Dala ayiqtovoni begona o`t holida dalalarda, bog`larda, daryo va ariq bo`ylarida, yo`l yoqalarida uchraydi.