Bakteriya-(yunoncha bakterion — tayoqcha degan ma`noni bildiradi) — bir hujayrali mikroorganizm. Bakteriya ko`ndalangiga bo`linish (ba`zan cho`zilish yoki kurtaklanish) yo`li bilan ko`payadi. Bakteriyaning ko`p turi tayoqcha shaklida bo`ladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki ilon izi shaklli mikroorganizmlar ham bakteriyaga kiradi. Bakteriyalar tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqa joylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh bo`lmay, har xil yo`llar bilan vujudga kelgan organizmlardir. Ba`zi bakteriyalar ko`k-yashil suvo`tlarga yaqin. Bakteriya sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. Bakteriyaning ko`pi oval yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. Bakteriya sporalari yuqori temperatura va zaharli moddalar ta`siriga juda bardoshli. Sporalar qulay muhitga tushganda tez ko`payadi.
Baliq-(Pisce) juda keng tarqalgan umurtqali suvda yashovchi hayvon. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Baliq sezgi organlari ko'z, quloq, burun, mo'ylov va yon chiziqlardan iborat. Baliq uzoqni ko'rolmaydi. U bir metr uzoqlikdagi narsalarni ko'ra oladi xolos. Ammo o'roqsimon o'simtaning qisqarishi tufayli u 12 metr uzoqlikdagi narsanini ham ko'ra oladi. Baliq juda yaxshi eshitadi. U hatto qirg'oqdagi qadam tovushinini ham eshita oladi. Hamma hayvon sigari uning ham hid sezish qobiliyati kuchli. Ba'zi baliqlarda mo'ylov ham bor. Mo'ylov his tuyg'u vazifasini bajaradi. Yon chiziqlar nerv hujayralaridan iborat. Yon chiziqlar orqali oldindagi to'siqlarni, harakatlanayotgan o'ljani bemalol sezadi. Agar baliq ko'r bo'lib qolsa, yon chiziqlar orqali bemalol yashay oladi.
Baliqko`z-(Salsola crassa) sho`radoshlar oilasiga mansub bo`lib, bo`yi 10-45 sm ga yetadigan bir yillik o`simlik. Poyasi ostidan shoxlangan, barglari etli. Tanasi, shoxlari kulrang ko`kish rangda. U fevral-mart oyida unib chiqadi. Baliqko`z iyul-avgustda gullaydi. Gullari boshoqsimon, qizg`ish yoki sariq rangda bo`ladi. Mevasi avgust-sentabr oylarida pishadi. Uning mevasi qanorchali bo`lgani uchun gulag o`xshaydi. Urug`I shamolda yaxshi uchadi. Baliqko`z qurigandan keyin molar uchun yaxshi ozuqa bo`ladi.
Bangidevona-(Datura stramonium) tomatdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tarqoq, tik shoxlanib oʻsadi, boʻyi esa 1,2 m gacha bo`ladi. Bargi tuxumsimon, bandli, uchi qirrali. Gullari oq, barg qoʻltigʻida bittadan joylashgan. Mevasi yashil, tikan bilan qoplangan toʻrt chanoqli tuxumsimon koʻsakcha: uzunligi 4,5 sm gacha boradi, 500 ga yaqin buyraksimon, qora tusli urugʻ beradi. Bangidevona maydan iyungacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. O`simlik bargidan revmatizm, nevralgiya kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorilar tayyorlanadi.