Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə21/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Barxan mushugi-
Barxan-(turkiycha) qumli choʻl va chala choʻllardagi relyefning koʻchma qum shakllari. Shamol yoʻnalishiga koʻndalang boʻladi. Barxan yiliga oʻrta hisobda bir necha sm dan yuzlab m gacha koʻchadi. Qizilqum va Qoraqum choʻllarining baʼzi joylarida qattiq shamol vaqtida yangi barxanlar paydo boʻladi yoki eskilari joyini oʻzgartiradi. Barxanlar tepadan qaraganda koʻpincha yoy, yarim oy shaklida boʻladi. Barxan balandligi 0,7 m dan 20 m gacha, hatto murakkab shakllari 200–300 m va undan ham baland boʻladi. Shamol harakatiga qarab barxanning toʻplanishi turli shakllar oladi: barxan tepalari, barxan zanjirlari, barxan piramidalari va boshqalar. Qum kam boʻlgan qattiq yerlarda, koʻpincha taqirlarda yakka-yakka barxanlar uchraydi. Tutash qumlarda murakkab barxan tizmalari vujudga keladi. Barxan tizmalari Amudaryo sohillarida, Sandiqli, Kanpirak, Qoraqum choʻllarida, shuningdek Markaziy Fargʻonadagi Yozyovon choʻlida uchraydi. Barxanlar nisbatan yaxshi nam toʻplaydi va ihota qilinadigan boʻlsa, daraxtzor boʻlib qolishi mumkin. Avvallari Buxoro, Qorakoʻl vohalarining shimoliy qismidagi bir qancha unumdor yerlar, qishloqlar koʻchma qum ostida qolib ketar edi, endilikda saksovul va boshqa oʻsimliklar ekilib, uzunligi 125 km, eni 3 – 4 km daraxtzorlar barpo qilindi va qum koʻchishi toʻxtatildi.
Bayram- (turkiychada — katta yigʻin, toʻy degan ma`noni bildiradi) — keng nishonlanadigan tantanali kun. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida kelib chiqishi, mazmuni, ijtimoiy hayotda qaror topishiga koʻra anʼanaviy, diniy, milliy va boshqa bayramlar vujudga keldi. Avloddan-avlodga meros tariqasida oʻtib keladigan bayram anʼanaviy bayram deyiladi. Masalan, Navroʻz bayrami. Anʼanaviy bayramlar biror xalq yoki millatning ayni vaqtdagi ijtimoiy turmushi, hayot kechirish tarzi bilan bevosita bogʻliq boʻlmaydi. Diniy bayramda har bir monoteistik dinning aqidalarida belgilab qoʻyilgan marosimlar nishonlanadi. Masalan, Iyd bayrami. Milliy bayramlarda u yoki bu millatning tarixidagi muhim voqea-hodisalar nishonlanali. Masalan, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni. Bulardan tashqari yana kasb-hunar bayramlari ham bor (Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni kabi). Shoʻrolar hukmronligi davrida oʻzbek xalqining qadimiy milliy, anʼanaviy yangi yil bayramlaridandan hisoblangan Navroʻz qatagʻon qilinib, diniy bayramlar (Ramazon hayiti, Qurbon hayiti) tazyiqqa uchradi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach Prezident I.A. Karimovning farmoni bilan Roʻza va Qurbon hayitlarining birinchi kunlari dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Hayit kunlari va ular bilan bogʻliq marosimlar batamom qaror topdi, shuningdek boshqa qadriyatlar ham tiklanmoqda. Chunonchi Navroʻz umumxalq bayrami sifatida har yili katta tantana qilinib, bu kun (21 mart) dam olish kuni deb eʼlon qilindi (yana Qurbon hayiti Bayram kunlari ham).

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin