Bekobod shahri- Toshkent viloyatidagi shahar (1954-yildan). Toshkentdan 189 km janubida, Dalvarzin choʻlining janubi-sharqida, Tojikiston Respublikasi chegarasi yaqinida joylashgan. Sirdaryoning har ikkala sohilida, shimoli-sharq va janubi-sharqdan togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha havo harorati 28 – 30°, yanvarniki –2, –3° ga yetadi. Shahar aholisi 85,5 ming kishi, asosan oʻzbeklar, shuningdek rus, tatar, koreys, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi. Bekobod yaqinidan Dalvarzin va Doʻstlik kanallari boshlanadi. Bekobod Oʻzbekistonning industriya markazlaridan biri. 1942-yilda metallurgiya zavodi qurila boshladi. Oʻrta Osiyodagi bu yagona qora metallurgiya markazi 1944-yil dastlabki poʻlat va 1946-yil birinchi prokat berdi. Sement kombinati, temirbeton buyumlari (sugʻorish novlari va boshqalar), qum-shagʻal, gʻisht, paxta, sut va non zavodlari, goʻsht kombinati va boshqa bor. Shahar yaqinida 1943-yilda Farhod GES qurilgan. Bekobodda tibbiyot bilim yurti, umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, ommaviy kutubxona, klub, madaniyat uyi, metallurgiya madaniyat saroyi, muzey, kasalxona bor.
Belgi- moddiy, hissiy ravishda idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat. Bu harakat bilishda koʻrsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda namoyon boʻladi. Belgi haqida maxsus fan — semiotika. Belgilar til va gʻayritil belgilariga boʻlinadi. Biron moldiy obʼyektdan iborat boʻlgan belgi boshqa biron narsani belgilash uchun xizmat qiladi.
Belkurak- Benzin-(fransuzcha benzine) — turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, -30, -205 oraligida qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Benzin -60 haroratda muzlaydi. Benzin, asosan, neftni qayta ishlash natijasida olinadi. Benzin, asosan, ichki yonuv dvigatellari uchun yonilgʻi sifatida ishlatiladi. Benzin erituvchi, yuvadigan suyuqlik sifatida va boshqa maqsadlar uchun qoʻllaniladi. Yonilgʻi sifatida ishlatiladigan benzin avtomobil va aviatsiya benzinlariga boʻlinadi.