Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə26/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Bo`g`ma ilon-(Boinae) — soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Hozirgi ilonlar orasida eng yiriklari shu oilaga kiradi. Uzunligi 0,5 m dan 11 m gacha bo`ladi. Boshqa ilonlardan koʻz kosasi ustidagi suyagining boʻlmasligi bilan farq qiladi. Bo`gma ilonning 16 urugʻi, 38 turi maʼlum. Janubiy Amerika, Janubiy Gʻarbiy va Shimoliy Amerika, Afrika, Madagaskar orollari, Markaziy va Gʻarbiy Osiyo, Malayya arxipelagida tarqalgan. Daryo va koʻllar sohili yaqinidagi oʻrmon va chakalakzorlarda yashaydi. Faqat sharq boʻgʻma iloni (Eryx tartricus) va qum boʻgʻma iloni (Eryx miliaris) ochiq choʻl va dashtlarda, eng yirik ilon — anakonda suvda hayot kechiradi. Boʻgʻma ilonlar zaharsiz. Ogʻzi katta ochiladi, muskullari kuchli, dumi qisqa. Boʻgʻma ilonlar tungi hayvon, koʻzlari kechasi koʻrishga yaxshi moslashgan. Oʻljasini poylab kulcha boʻlib oladi. Oʻljani sezgan boʻgʻma ilonlar boshini koʻtarib, tilini tez-tez chiqara boshlaydi, yoʻlidagi narsalarni tili bilan paypaslab oʻljasiga tomon oʻrmalab keladi. Oʻljasiga yaqinlashgach dumi va tanasini yigʻishtirib, yana kulcha boʻlib oladi. Soʻngra ogʻzini katta ochib oʻljaga tashlanadi va tanasini halqa qilib uni oʻraydi. Ilon oʻldirilgan oʻljani boshidan boshlab astasekin yuta boshlaydi. Oshqozonga tushgan ovqat 3—4 kun davomida hazm boʻladi. Bu davrda qimir etmasdan yotadi. Boʻgʻma ilonlar ovqatsiz bir necha oy yashay oladi. Boʻgʻma ilonlar tirik tugʻadi. Koʻpchilik turlari daraxtlarda va nam joylarda hayot kechiradi. Boʻgʻma ilonlar asosan umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Yirik Boʻgʻma ilonlar kiyik va toʻngʻizlarni yutishi mumkin. Mayda qum boʻgʻma ilonlar kalamush va sichqonlarni tutib yeydi. Asl boʻgʻma ilonlar Constrictor urugʻiga kiradi. Asl boʻgʻma ilonlar ning yagona turi oddiy boʻgʻma ilon, yaʼni boa. Boʻgʻma ilonlar , odatda, odamga hujum qilmaydi. Ularning yogʻ va goʻshti ovqatga ishlatiladi. Terisi jomadon, sumka va poyabzal tikishda qoʻllaniladi. Ayrim boʻgʻma ilonlar dan sichqon, kalamush kabi ombor zararkunandalarini qirishda foydalaniladi. 8 turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin