Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə28/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Bo`rsiq-(Meles meles) yovvoyi hayvon bo`lib, tanasining uzunligi 70-78, dumi 18-25sm. Tanasi va dumining yuqori tomoni kulrang yoki o'tkir kulrang bo'ladi. Burnidan boshining orqa tomonigacha oq yoki sarg'ish-oq chiziq tortilgan. Yuzlari ham shu tusda. Uning burnidan quloqlariga qora chiziqlar o'tgan. Bahorda nar bo'rsiqlar 7-8 kg bo'lishadi. Kuzda yoshi katta bo'rsiqlar qishgi uyquga ketishdan oldin 20 kg gacha yetadi. Urg'ochi bo`rsiqlar kichikroq bo'ladi. Bo'rsiq O'zbekistonda tog' o'rmonlarida va Chotqol arofidagi bog'larda ko'p miqdorda yana Chirchiq, Ohangaron, Surxandaryo va Amudaryoning quyi oqimidagi to'qaylarda, kam miqdorda Xorazm viloyatida, Zarafshon tizmasi va Bobotog' atroflarida uchraydi. Bo'rsiq keng bargli, igna bargli o'rmonlarda, to'qaylardagi daryolar bo'yida, yarim cho'llar va qumli cho'llarda suvga yaqin joylarda yashaydi. Ularga boshpana vazifasini chuqurligi 3 m ga yetadigan uyalar bajaradi. Yozda bo'rsiq kunni uyada emas, biron-bir buta tagida o'tqazadi. Noyabr oyi oxirida qishgi uyquga ketadi va fevral-mart oyida uyg'onadi. Bo'rsiq kechki va tun paytda faol bo'ladi. Erta tongda u uyasiga shoshiladi. Ba'zan bu yirtqich erta tongda ham ov qilishda davom etadi. Bo'rsiq oziqasi chigirtka, qo'ng'izlar va ularning lichinkalaridan iborat. Hasharotlarni nafaqat yer yuzasidan ovlaydi, balki ularni qazib topadi. Qulay vaziyatda kemiruvchi va kaltakesaklar bilan ham oziqlanadi. Tog' o'rmonlarida yerga tushgan olcha, o'rik, olma mevalari bilan oziqlanadi. U yana o'simliklar ildizi va piyozchalari bilan ham oziqlanadi. Yosh bo'rsiqchalar (2-6 ta, ko'pincha 4 ta) fevral oyi oxiri- mart oyi boshida paydo bo'ladi. 33-38-kunda ko'zlari ochiladi. Iyun oyiga kelib, uyadan chiqa boshlashadi. Kuzgacha onalari bilan yashashadi.
Bo`tako`z-(Centaurea depressa) — murakkabguldoshlar (murakkabgullilar oilasi) ga mansub bir yillik begona oʻt. Bugʻdoy, zigʻir kabi ekinlar orasida uchraydi, adir va togʻ etaklaridagi toshloq yerlardaoʻsadi. Bo`tako`z may—iyunda gullaydi, guli och koʻk, binafsha yoki havorang bo`ladi. Urugʻidan ko`payadi.
Bo`yin-gavdaning bosh bilan tanani biriktiruvchi qismi. Tepadan bosh, pastdan ko`krak qafasi bilan chegaralangan. Bo`yinning orqa qismi ensa, oldingi yuzasi esa haqiqiy bo`yindir. Ensa qismi faqat muskulardan tashkil topgan bo`lib, oldi tomonida hiqildoq, kekirdak va ularning oldingi yuzasida qalqonsimon bez joylashgan. Bo`yinning ikki yonida qon tomirlar, nervlar va nizik muskullar bor. Bo`yinda teri osti muskuli borligi uchun teri harakatchan bo`ladi.
Bo`yoq-maydalangan mineral yoki organic birikmalar, alifmoy va lok kabilarning aralashmasi. Bo`yoq bo`yaluvchi buyumlarni yemirilishdan (yog`ochni chirishdan, temirni zanglashdan) saqlaydi. Bo`yoqning o`ziga xos xususiyati shundaki, u quritilganda buyum sirtida yupqa parda hosil qiladi. Bo`yoqning moyli va likli turlari bor. Moyli bo`yoq aifmoyda tayyorlanadi. Sanoatda quyuq pasta holida ishlab chiqariladi, asosan qurilishda ishlatiladi. Lokli bo`yoqlar benzin, kerosin, issiq suv muhitida ishlatiluvchi metal buyumlarni, yog`och, beton, qog`oz, asbob va boshqalarni yemirilishdan saqlash maqsadida qo`llaniladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin