Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə27/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Bo`kantog`- Markaziy Qizilqumdagi qoldiq togʻlar, gʻarbdan janubi-sharqqa yoʻnalgan. Bo`kantog` Navoiy viloyati hududida joylashgan. Uning eng baland joyi 500 m. Boʻkantog`ga Tuhfabergan, Boʻzdoʻngtov, Boʻkantog` yassitogʻligi kiradi. Qadimda Qizilqum oʻrnida dengiz boʻlgan, oʻsha davrda Boʻkantog` orol tarzida koʻtarilib turgan, keyinchalik usti tekislanib ketgan. Boʻkantog`ning janubiy yon bagʻri tik va qisqa shimoliy yon bagʻri esa qiya hamda keng. Yon bagʻirlarida quruq soy koʻp. Boʻkantog`ning iqlimi quruq va keskin kontinental. Iyulda o`rtacha havo harorati +28, +30°, dekabr-yanvarda esa -30 bi`ladi. Bo`kantog`da doimiy oqar suvlar yoʻq. Suv buloq va quduqlardan olinadi. Boʻzqoʻngʻir tuproq koʻp uchraydi, shuvoq, boyalich, chitir, betaga oʻsadi; toshbaqa, kaltakesak, echkemar, yumronqoziq, charx ilon yashaydi. Boʻkantog` yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.
Bo`ri- (Canis lupus) qashqir deb ham ataladi. Yirtqich sut emizuvchi hayvon. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada tarqalgan. O`zbekistonning cho`l, dashtlari, o`rmon, to`qay, tog` va tog` etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland tog`lar va tundrada ham yashaydi. Bo`ri qoyalar orasiga, to`qaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi. Chorva podalaridan uzoqqa ketmaydi. Yosh bo`ri 3—5 ta, qarisi 6—8 ta, ba`zan 10—13 ta bola tug`adi. Bolasini 5—6 hafta emizadi. Bolasi 3 haftaligida inidan chiqa boshlaydi. Erkagi 2 yoshida, urg`ochisi 2—3 yoshida voyaga yetadi. Bo`ri 15—16 yil yashaydi. Yilda ikki marta — bahor va kuzda tullaydi. Bo`ri kuchli, chidamli va chaqqon, hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan hayvon. Go`sht bilan oziqlanadi, ba`zan olma, qovun, tarvuz kabi mevalarni ham yeydi. Asosan, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, quyon, yumronqoziq kabi kemiruvchilar, qushlar, hatto o`limtiklar bilan oziqlanadi. Bo`ri juda ochko`z, ikkitasi bitta qo`yni yeb qo`yishi mumkin. Podaga hujum qilganda ko`p qo`yni nobud qiladi. Quturgan va ochiqqan bo`rilar odamga ham hujum qilishi mumkin. Bo`rining 12 ta turi bor.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin