Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Bulut- havodagi suv bugʻlarining kondensatsiyalanish



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə35/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Bulut- havodagi suv bugʻlarining kondensatsiyalanish mahsuli boʻlgan suv tomchilari yoki muz parchlari (yoki har ikkalasining aralashmasi)dan tashkil topgan, atmosfera (yer yuzasidan tashqari)da vujudga keladigan muallaq tizim. Kondensatsiya nam havo haroratining sovishi natijasida paydo boʻladi. Bulutning vujudga kelishida havodagi hoʻllanadigan muallaq qattiq (kristall) va suyuq zarralar katta ahamiyatga ega. Suv tomchilaridan tashkil topgan bulutda tomchilar radiusi har xil boʻladi. Baʼzi sharoitlarda ular kattalashib, yomgʻir, qor, doʻl, jala va tarzida yogʻadi. Bulutning suvliligi boʻlajak yogʻingarchilik miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Issiq nam havo massalarida vujudga keluvchi bulutda suvlilik darajasi sovuq havodagi bulutga nisbatan ancha koʻp boʻladi. Bulut tashqi koʻrinishiga koʻra, asosan, uchga boʻlinadi; a) patsimon; b) toʻp-toʻp; v) qatlamli. Patsimon bulut oq rangli, yupqa, mayin boʻlib, yuqori balandliklarda vujudga keladi. Toʻp-toʻp bulut minora yoki gulkaram shaklida, asosi yassi boʻladi. Qatlamli bulut kulrang , aniq shaklga ega emas, osmonning koʻz ilgʻaydigan butun qismini qoplab turadi.
Burga- qon so`ruvchi hasharotlarlarga kiradi. Burganing uzunligi 1–6 mm bo`lib, urg`ochisi erkagidan yirikroq. Tanasi ikki yondan kuchli siqilganligidan hayvonlarning yungi va pati orasida yengil va tez harakat qiladi. Burgalarning ko`p turida bir juft oddiy ko`zi bor. Og`zida kesuvchi ,sanchuvchi , so`ruvchilari bo`ladi. Oyoqlari (ayniqsa keyingisi) yaxshi rivojlangangan bo`lib,juda yaxshi sakraydi. Urg`ochilari pol tirqishlari, to`shamalar osti, devor yoriqlari yoki kemiruvchilar iniga bir necha o`nta tuxum qo`yadi. Tuxumlardan oyoqsiz, chuvalchangsimon, tanasi tuk bilan qoplangan qurtlar chiqadi. Ular pilla ichida g`umbakka aylanadi. Burgalar 3 yilgacha, odam burgasi esa 2 yilgacha yashaydi. Burganing 1400 ga yaqin turi bor. Burgalar qarovsiz qolgan uylarda ko`p uchraydi. Burga turli xil kasalliklarni tarqatuvchi hasharot.
Burgut- (Aquila chrysaetos) — yirtqichlar turkumining qirgʻiylar oilasiga mansub qush. Burgut yirik, chaqqon va kuchli qush. Tanasining uzunligi 95 sm gacha yetadi. Qanoti 62—72 sm, yoyganda 2 m ga yetadi. Orqa oyogʻi barmogʻidagi tirnogʻining 4,2 sm dan uzunroq boʻlishi oʻziga xos belgilaridandir. Pat rangi toʻq qoʻngʻir, boshi malla. Burgut Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Oʻrta Osiyoda oʻtroq yashaydi. Togʻ va choʻllarning odam yashamaydigan uzoq joylarida, qoyalar orasida, saksovulzorlarda uchraydi. Togʻ, choʻl va suv burguti boʻladi. Burgut uyasini odam chiqa olmaydigan yerlarga xaschoʻp va latta-puttalardan quradi. Odatda, bir-biriga yaqin 2—3 uyasi boʻlib, bittasidan foydalanadi. Xira oq va qoʻngʻir xollar bilan qoplangan 1—2 ta tuxum qoʻyadi. Burgut parrandalar (kaklik, dudoq), yumronqoziq, toshbaqa, quyon va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Burgut joʻjasini uyadayoq ovga oʻrgata boshlaydi. Oʻrta Osiyoda burgutning yosh joʻjasini qoʻlga oʻrgatishadi. Voyaga yetganida uni quyon, tulki va hatto boʻri oviga olib chiqishadi. Burgut oʻljasini uzoqdan yaxshi koʻradi va tez uchib borib unga tashlanadi. Kemiruvchilarni qirib, qishloq xoʻjaligiga foyda keltiradi. Burgut Oʻzbekiston va boshqa davlatlar Qizil kitobiga kiritilgan.
Burun- odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining boshlangʻich qismi va hid bilish aʼzosi. Ovoz chiqarish va soʻzlashda rezonator vazifasini oʻtaydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi). Tashqi burun, burun boʻshligʻi va burunning yondosh boʻshliqlariga boʻlinib, yondosh boʻshliqlar burun boʻshligʻiga tor teshiklar orqali ochiladi. Tashqi burun suyaktogʻay skeletidan tuzilgan. Togʻay toʻqima borligi tufayli tashqi burun egiluvchan bo`ladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin