Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Chiqindi- Chirchiq daryosi-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə43/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Chiqindi-
Chirchiq daryosi-(qadimgi nomi Parak, "Boburnoma"da Chir, keyingi kichraytirilgan nomi Chirchiq) — Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning yirik oʻng irmogʻi. Daryo havzasi janubiy va sharqda Qurama tizmasi va Chatqol togʻ tizmalari, shimolida Talas Olatovi va uning gʻarbiy tarmoqlari bilan chegaralangan. Gʻarbiy Tyanshan togʻlaridagi qor va muzliklardan Chatqol, Koʻksuv va Piskom daryolari boshlanadi. 1971-yil gacha Chirchiq Chorvoq soyligida Chatqol va Piskom daryolari qoʻshilishidan hosil boʻlar edi. Endilikda daryo Chorvoq suv omboridan boshlanadi va Chinoz qishlogʻi yonida Sirdaryoga quyiladi. Daryoning uzunligi 154 km. Chirchiq tez oqadigan togʻ daryosi, togʻli qismida chuqur, tor va nishab oʻzanda tez oqadi. Ugom daryosi qoʻshilgandan soʻng Chirchiq vodiysi kengayadi. Chirchiqqa bir necha irmoqlar kelib quyiladi. Eng yiriklari Ugom daryosi va Oqsoqotasoy. Qolgan mayda irmoqlari (Qizilsuv, Shoʻrobsoy, Ozodboshsoy, Oqtoshsoy, Tovoqsoy, Qorangkoʻlsoy, Oltinbeksoy, va boshqalar)ning baʼzilari yoz va kuz oylarida qurib qoladi. Chirchiq qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Zaxariq, Boʻzsuv, Qorasuv, Shimoliy Toshkent kabi kanallar Chirchiq daryosidan suv oladi. Daryodan gidroenergetikada ham keng foydalaniladi. Qodiriya, Tovoqsoy, Oqqovoq, Oqtepa, Salor va uchta Quyi Boʻzsuv, Chorvoq GESlar kaskadi shular jumlasidandir. Chirchiq suvi, asosan, Toshkent viloyati hududidagi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi (Chirchiq — Boʻzsuv sistemasi Oʻzbekiston hududida 100 ming gektardan ziyod yerni sugʻoradi), shuningdek, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Gʻazalkent shaharlarini va koʻp qishloqlarni suv bilan taʼminlaydi. Chirchiq oʻrta oqimida uning oʻng sohilidagi terrasalarda Toshkent shahri joylashgan.
Chirindi qatlam-
Chirindi-(lotincha humus — tuproq, gumus deb ham ataladi) tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari majmui. Nobud boʻlgan oʻsimlik va hayvon organizmining chirishi natijasida hosil boʻladi. Chirindi tarkibiga organik (oqsillar, uglevodlar, lignin, yogʻlar) va boshqa qoldiq moddalar bo`ladi. Gumus tuproq unumdorligini taʼminlovchi eng muhim qismdir. Unda oʻsimlikning asosiy oziq elementlari (uglerod, azot, fosfor va boshqalar) bor. Oʻsimlik qoldiqlarining chirishidan oddiy birikmalar vujudga keladi. Gumusning toʻplanishi har yili tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar (ildiz)ning miqdori, ularning chirishiga bog`liq.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin