Dag`al dalachoy- Dala- qishloq xo`jaligida ekin ekish uchun foydalaniladigan yer maydoni, masalan, bug`doy dalasi, paxta dalasi va boshqalar.
Dalachoy-bo’yi 30-35 santimetr, ba’zan 1 metrga yetadigan ko`p yillik dorivor o`simlik. Dalachoy giyohining tarkibida flanoidlar, efir moyi, vitaminlar, smola, qand, bo’yoq, oshlovchi va S vitamin bor. Xalq tabobatida dalachoy dimlamasi buyrak, qovuq, me`da-ichak kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Dalachoy, asosan, tog` etaklari va tog` yonbag`irlarida o`sadi. U iyun – avgustda gullaydi, iyul – sentabrda esa meva tugadi. Dalachoyning gullayotgan paytida qizil bargchalari xalq tabobatida yarani bituruvchi va qon to`xtztuvchi dori sifatida, shuningdek bod kasalligini davolashda ishlatiladi.
Dam olish maskanlari-dam olish tartibi muayyan tartibga solingan sog`lomlashtirish muassasalari. Dam olish uylari maxsus tibbiy kuzatuv va davoga muxtoj bo`lmagan sog`lom kishilar uchun mo`ljallangan. Dam olish uylarida dam oluvchilar uchun iqlimiy-gigiyenik hamda madaniy-maishiy shart-sharoitlar, shuningdek, to`la-to`kis ovqatlanish tarsi e`tiborga olinadi. Dam olish uylari umumiy (kattalar uchun), maxsus (yosh oilalar uchun), bo`lishi mumkin. 2 kunlik, 12 kunlik va 15 kunlik dam olish uylari keng tarqalgan.
Damlama- Danak- etli meva orasidagi urugʻni oʻrab olgan yogʻochlangan qobiqli qism (endokarp). Shaftoli, gilos, olcha, olxoʻri, togʻolcha, oʻrik va boshqa mevalarda boʻladi. Ayrim mevalarning danagi iste`mol qilinadi. Masalan, o`rikning danagini barcha sevib iste`mol qiladi. Daqiqa(minut)- soatning 1/60 (oltmishdan bir) boʻlagidir. Bir daqiqa 60 (oltmish) soniyadan iborat. Daqiqa minut deb ham yuritiladi.
Dara- ko`pincha tog`li xududlarda qattiq tub jinslarni daryo yuvishi natijasida hosil bo`ladigan tor va chuqur, tik yon bag`irli vodiy. Uning yon devorlari uzoq muddatgacha tik holatda bo`ladi. Vodiy eniga sekin o`sadi va, odatda, chuqurligi enidan ortib boradi. Dara baʼzan yer yuzasi yorilganda tektonik yo`l bilan ham vujudga keladi. O`zbekistonning turli hududlarida vodiy, soy, soylik, tangi deb ham ataladi.