Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə52/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Daraxt kovagi-
Daraxt- poyasi va shox-shabbasi yaxshi rivojlangan, aniq ko`rinib turadiganko`p yillik o`simlikdir. O`rmonchilikda daraxtlar balandligiga qarab bir necha guruhga bo`linadi. Birinchi yiriklikdagi daraxtlar – 25 m va undan ham baland bo`ladi. Ikkinchi yiriklikdagi daraxtlarning balandligi 15 – 20 m orasida bo`ladi. Uchinchi yiriklikdagi daraxtlarning balandligi 7 -15 m oralig`ida boladi. Past bo`yli daraxtlar bo`yining balandligi 5 – 7 m orasida bo`ladi. Darxtlar tabiatda juda muhim ahamiyatga ega. Daraxt barglari karbonat angidridni yutib, kislorod chiqaradi. Daraxtlar qurilishda, qog`oz sanoatida, mebelchilikda muhim material hisoblanadi.
Daraxtzor- daraxt ko`p ekiladigan joy. Daraxtzordagi daraxtlar turi bir xil ham, turlicha ham bo`lishi mumkin.
Darg`om kanali- Zarafshon daryosidan suv oladigan qadimiy kanal. Ravotxo`ja qishlog`i yaqinidagi to`g`ondan boshlanib, Ulus cho`ligacha davom etadi. Darg`om kanali Yangi Darg`om, Eski Darg`om va Aylanma Darg`om kanallarini o`z ichiga oladi. Qashqadaryo viloyatiga Darg`om kanalidan suv Eski Angor kanali orqali beriladi. Samarqand shahriga suv Shovdar va Bog`i shamol taqsimlagichlari orqali olinadi. Umumiy uzunligi 100 km. Darg`om kanalida Hishrov, Yerteshar, Tallig`ulon 1 va Tallig`ulon 2 gidroelektrostansiyalari qurilgan. Yangi Darg`om Eski Darg`omga (bosh qismidan 11 km naridan) quyiladi va kanalning suvini ko`paytiradi. Uning uzunligi 10,5 km, 600 m masofada kanal tunnel bo`ylab o`tadi. Aylanma Darg`om kanali Qashqadaryo viloyatiga suv berish zarurati tufayli qurilgan. Bu kanal Bosh to`g`onning so`l rostlagichi orqali Yangi Darg`om bilan umumiy suv olish havzasiga ega va 20,5 km dan so`ng Eski Darg`omga quyiladi. Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Pastdarg`om tumanlaridagi 67,5 ming gektar, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog`, Qamashi, Kitob tumanlaridagi 50 ming gektar yer sug`oriladadi.
Daroyi- yoki doroyi ertapishar jaydari uzum navi. Oq va pushti (qizil) xillari bor. Tupi oʻrtacha o`sadi. Bargi oʻrtacha, uch boʻlakli, kam kertikli, toʻq yashil, sirti silliq bo`ladi. Oq daroyining uzum boshi oʻrtacha (200-250 g), keng konussimon, shingillari zich bo`ladi. Gʻujumi oʻrtacha, tuxumsimon, oq-koʻkish, karsillaydi, etdorligi va mazasi oʻrtacha, po`sti qalin bo`ladi. Iyul oxiri — avgust boshlarida pishadi. Qizil doroyi uzum boshining kattaligi 350-400 g , gʻujumi yirik. Rangi toʻq pushti bo`ladi. Hosil sifati va miqdori jihatidan Chillaki uzum naviga nisbatan ancha ustun. Doroyi novdalari 12-18 koʻz qoldirib kesilib, sugʻoriladigan yerlarda o`stirilsa, yaxshi hosil beradi. Sovuqqa, zamburugʻ kasalliklariga chidamsiz. Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona viloyatlari, qoʻshni davlatlarda oʻstiriladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin